UChINChISI ISTISNO QONUNI
(lotin.
Lex exclusi+ertii sive medii inter duo
contradictoria)-
formal mantiqning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunga ko‘ra, bir hil
vaqt va munosabat doirasida aytilgan o‘zaro zid mulohazalardan biri albatta chin bo‘ladi.
FAN
- dunyo haqidagi ob'ektiv bilimlar sistemasi: ijtimoiy ong AQShlaridan biri. Tarixiy
taraqqiyot jarayonida f. jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanib boradi. F. tabiat,
jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar xosil qilishdan to ularni tatbik qilishgacha
bo‘lgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Kishi organizmi atrof-muhit, bepayon olam sirlari va
rivojlanish mexanizmlarini o‘rganib, ulardan kishilik jamiyatining ravnaqi uchun
foydalanish ilm-fanning bevosita maqsadidir. Keng ma'noda f.ning vazifasi - vokelikni
nazariy aks ettirishdir.
XARIZMA
- insonning o‘ta qobiliyatli va o‘ziga xosligi Sotsiologiya faniga E.Terlch
tomonidan kiritilgan bo‘lib, u M.Veber tomonidan hukmdorlikning ideal tiplari
konsepsiyasida tahlil kilingan.
EZOTERIK VA EKZOTERIK
(yunon.
Esoterikos -
ichki va
exoterikos -
tashqi, o‘zaro
bir-biriga qarama-qarshi terminlar).
QONUN
- muayyan shar-sharoitda voqyealar rivojining xususiyati va yunalishini
belgilaydigan, ma'lum bir kat'iy natijani taqozo etadigan, tevarak-atrofdagi narsa va
hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalash uchun
ishlatiladigan falsafiy kategoriya.
Dostları ilə paylaş: |