NISBIYLIK PRINSIPI - tinch to‘rgan sistemada va unga nisbatan tug‘ri chiziq bo‘yicha
tekis harakatlanuvchi sistemalarda tabiiy hodisalarning bir xil ro‘y berishini ifodalovchi
qonun.
ONOTOLOGIYA (yunon.
ontos - mavjudlik va
logos - ta'limot) -falsafaning muhim
tarkibiy qismi. U borliqning tub asoslari, shakllari, o‘zgarishi sabablari, bog‘lanishlari,
harakatlantiruvchi kuchlari hamda eng umumiy g‘oyalari va kategoriyalaridan tashkil
topadi.
PIFAGOR (580-500 yillar). Miloddan avvalgi VI asrda Yunonistonda pifagorchilar
maktabi vujudga keldi. Pifagor Samos orolida tug‘ilib, keyinchalik Yunonistondan ketib,
Italiyaning Kaxraton shahriga kelib yashaydi va "Pifagorchilar uyushmasi" nomli siyosiy-
falsafiy tashkilot tuzadi.
RENESSANS (fr.
renaissanee - uyg‘onish) - aynan qadimiy mumtoz yunon madaniyati,
fani, falsafasining tiklanishini ifodalaydi - antik davrga xos xayotni his etishga yakin, lekin
o‘rta asrlardagi kabi moddiy xayotni gunoh deb hisoblab, undan voz kechishning inkor
etilishi, yangicha hissiyotlarning xayot nashidasini sezishning paydo bo‘lishi demAQShir.
SO‘FIYLIK (arab
"suf " - jun) - islom dini paydo bo‘lgandan so‘ng uning doirasida Qur'on
va Hadisga mos ravishda shakllangan ta'limot, VIII asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. S.
musulmon mamlakatlaridagi xalqlarning diniy yunalishdagi ijtimoiy-falsafiy, madaniy-
ma'naviy xayotida keng tarqalgan murakkab hamda ichki ziddiyatlarga to‘la g‘oyaviy oqim.
TeXNOKRATIYa - (yunon -
technike - maxorat, san'at,
kratos - xoqimiyat, hukmronlik) -
jamiyatda texnika mutaxassislari o‘rni va ahamiyatini borgan sari oshib borayotganligi,
buning zarurligi va mukarrarligini asoslovchi, ijtimoiy-falsafiy va iqtisodiy konsepsiya.
Texnokratiya nazariyasi tarafdorlarining fikricha, davlatdagi iqtisodiy va siyosiy xoqimiyat
texnokratlar - injenerlar, menejmendlar, ishlab chiqarish tashkilotlari nazorati ostida bo‘lishi
kerak.