2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
2-курс фан техника мажмуа

DOGMATIZM 
(yunon. 
dogma 
- fikr, mulohaza, ta'limot, qaror) tushunchasini qadimgi 
yunon skeptiklari Pirron va Zenon falsafaga kiritganlar. Ular har qanday falsafani dogmatik 
deb atashgan, chunki ularning ta'limotlari muayyan fikrni, mulohazani qayd etadi. 
Dogmatizm aqidaparastlikni ham bildiradi. 
DUALIZM 
(lotin. 
duo - 
ikki) falsafiy ta'limot bo‘lib, monizm, ya'ni yagonalikni e'tirof 
qiluvchi, plyuralizm (ko‘plikni, turli-tumanlikni e'tirof qiluvchi) ta'limotlarga qarama-qarshi 
bo‘lib, olamning va inson borlig‘ining negizini ikki mustaqil asosdan iborat deb qaraydigan 
ta'limotdir. 


148 
JADIDChILIK 
(arab, 
"jadid " 
- yangi) - yangilanish, yangi zamonaviy maktab, matbaa, 
milliy taraqqiyot usullari, yullari tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilik XIX asrda 
(Turkiston, Qrim, Kavkaz, Bulg‘oriya va Janubiy Ural havzasi) shakllanib kelayotgan milliy 
harakatlar jarayonida vujudga kelgan. U o‘sha davrda ozodlik harakatining mafko‘rasi 
vazifasini ham bajargan. 
ILMIY IZLANISH 
- ilmiy tadqiqotning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, yangilikni topishga 
qaratilgan faoliyat, yangi natijalar olishda davom etish, yangi bilim xosil qilish. Ilmiy 
kashfiyot o‘zining natijaviy xulosalari bilan tafakkurda yangi ufqlar ochishga xizmat qiladi. 
Ilmiy izlanish tadqiqotchining ilm darajasi ijodiy jasurligi, qat'iyat ila intilishiga bog‘liq. 
Tadqiqotchi o‘z zamonasining ilg‘or g‘oyasi bilan qurollangan, mustaqil fikrlaydigan
yangilikni his qiladigan bo‘lgandagina, izlanish samarali va foydali bo‘lishi mumkin. Ilmiy 
izlanish fan oldiga ilmni ma'lum bir ijtimoiy maqsad sari rivojlantirishga doir yangi vazifa 
va masalalarni qo‘yadi. 
KONFUTSIYLIK 
- milodgacha bo‘lgan asrlarda Qadimgi Xitoyda yuzaga kelgan eng 
muhim falsafiy va ahloqiy-siyosiy ta'limotlardan biri. Konfutsiy (Kun Szi, milodgacha 551-
479 yillar) - mazkur ta'limotning asoschisi bo‘lib, u xozirgi Shandun viloyati hududida Lu 
podsholigi davrida tug‘ildi. Konfutsiylar bu vaqtlarda deyarli kambag‘allashgan eski 
zodagonlar oilasiga mansub edi. 
MODEL 
(fransuzcha 
modile, 
lotincha 
modulus 
- nusxa, andaza,o‘lchov, me'yor) - 
o‘rganilayotgan ob'ektning sun'iy ravishda yaratilgan nusxasi, u sxema, chizma, fizikaviy 
konstruksiya va x..k. ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Biron bir narsa, buyumlarning nusxasi 
kichiklashtirilgan, kattalashtirilgan yoki natural xolatda bo‘lishi mumkin. Unda 
o‘rganilayotgan ob'ektning to‘zilishi, elementlarning xossalari, o‘zaro bog‘lanishi va bir-biri 
bilan aloqadorligi aks ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin