“Kitob surat al-arz”
(“Yerning surati”) nomli
asari va uning ilmiy faoliyatini keng yoritib bergan olimlarimizdan Ashraf
Ahmedovning hissalari kattadir. Xorazmiy qalamiga mansub “Astrolyabiyaga oid
risola”, “Quyosh soati haqida risola”, “Tarix to'g'risida risola”, “Musiqa haqida
risola” kabi asarlari o'tmish ajdodlarimizdan biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy-
madaniy meros hisoblanadi.
Xorazmiy arifmetikasi va o'nlik pozision hisoblash sistemasi. Xorazmiyning
arifmetik va algebraik asarlari matematika tarixida yangi davrni - o'rta asrlar
matematikasi davrini boshlab berdi va matematikaning keyingi asrlardagi
rivojlanishiga beqiyos zo'r ta'sir ko'rsatdi. Ular ko'plab tadqiqotlar uchun tayanch
vazifasini o'tadi; ularni ko'plab mualliflar sharhladi va ularning qismlari boshqa
asarlar tarkibiga kirdi; asrlar o'ta bir necha avlodlar matematik ma'lumotlarni shu
asarlardan oldi. Olim o'zining matematik asarlarida kundalik hayot talabi va
ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda olimlar uchun ham, hunarmandlar uchun ham eng
kerakli bo'lgan ma'lumotlarni to'pladi hamda sermazmun va sodda iboralar bilan
qisqagina yozdi.
O'zining arifmetik asarida Xorazmiy arab tilida birinchi bo'lib o'nlik pozision
hisoblash sistemasini va unga asoslangan amallarning bayonini keltirdi. Bu risolaning
Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadigan lotincha qo'lyozmasi Dixit
Algorizmi, ya'ni “Algorizmi dedi” iborasi bilan boshlanadi. Xorazmiy risolasi mazkur
qo'lyozmaning 102a-109b-betlarini o'z ichiga oladi va kasrlarni ko'paytirish misolida
amal oxirigacha yetmasdan risola tugalanadi. Ushbu qo'lyozmaning fotonusxasini
t.f.d., professor Ashraf Ahmedov tomonidan keltirilgan nusxasi Xorazm Ma'mun
Akademiyasining qo'lyozmalar fondida saqlanadi.
Xorazmiy asar nomida faqat asosiy ikki arifmetik amalni ko'rsatgan. Chunki u
ko'paytirish va bo'lish amallari ham shu ikki amalga keltirilishini nazarda tutib,
shunday qaragan bo'lishi ehtimol. Xorazmiy risola avvalida, hamdu sanodan so'ng,
to'qqizta harf, ya'ni raqam yordamida hindlarning hisoblash usulini bayon etmoqchi
ekanligini va bu “harflar” yordamida har qanday sonni osonlik bilan qisqagina ifoda
qilish mumkinligini va ular ustida amallarni bayon etmoqchi ekanligini aytadi.
Lotincha qo'lyozmada hind raqamlari yozilmagan, ular o'rni bo'sh qoldirilgan. Faqat
goho 1, 2, 3, 5 uchun hind raqamlari va nol uchun aylana shakli yozilgan. Misollarda
o'rta asrlarda G'arbiy Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari yozilgan bo'lib, ularga
mos hind raqamlarining o'rni bo'sh qoldirilgan. Xorazmiy arifmetik risolasida hind
arifmetikasigina emas, balki qadimgi yunon falsafasining akslanishi ham seziladi.
Undan tashqari Xorazmiy bu asarida o'zidan avvalgi matematik asarlardan
foydalanganligi ham seziladi. Bunday fikrlarni uning quyidagi so'zlari tasdiqlaydi:
“Demak bir har qanday sonning tarkibida bor. Bu haqda arifmetikaga doir boshqa
kitobda ham aytilgan. Bir har qanday sonning ildizidir va, demak, u sonlardan
33
tashqarida turadi. U shuning uchun sonning ildizidirki, har qanday sonni u tufayli
aniqlanadi. U shuning uchun sonlardan tashqaridadirki, u o'z-o'zicha, ya'ni hech
qanday boshqa sonsiz aniqlanadi”. Bu yerda “bir har qanday sonning tarkibida bor”
ekanligi, “har qanday sonning ildizi” ekanligi va uning “sonlardan tashqarida”, ya'ni
bo'linmas ekanligi bir tomondan pifagoreizm qarashlariga mansub bo'lsa, ikkinchi
tarafdan u aristotelizmga taalluqlidir.
Sonlarni hind raqamlari bilan o'nlik pozision sistemada yozilishini va “0 ga
o'xshash kichik doiracha”ning ishlatilishi haqida mufassal so'zlaganidan so'ng
Xorazmiy katta sonlarni aytishni o'rgatadi va bunda u faqat birlar, o'nlar, yuzlar va
minglarning nomlaridan foydalanadi. Misol tariqasida Xorazmiy mana bu 180 073
051 492 863 sonning o'qilishini ko'rsatadi. U bunday o'qiladi: mingta ming ming
ming ming besh marta va bz ming ming ming ming to'rt marta va sakson ming ming
ming ming to'rt marta va yetmish ming ming ming uch marta va uch ming ming ming
uch marta va ellik bir ming ming ikki marta va to'rt yuz ming va to'qson ikki ming va
sakkiz yuz oltmish uch. Sonlarning bunday noqulay o'qilishi Sharqda ham G'arbda
ham uzoq muddatga saqlanib, o'nlik pozision sistema o'zil-kesil g'alaba qilgandagina
yo'qoladi.
Xorazmiy aytishicha, algebrada uch xil sonlar bilan ish ko'riladi: ildiz (jizr) yoki
narsa (shay), kvadrat (mol) va oddiy son yoki dirham (pul birligi). Ildiz - o'zini o'ziga
ko'paytiriladigan miqdor, kvadrat esa ildizni o'ziga ko'paytirishdan hosil bo'lgan
kattalikdir. Xorazmiy ko'radigan tenglamalar mana shu uch miqdor orasidagi
munosabatlardir.
Muhammad Muso al-Xorazmiy ijodiyotida vasiyatlar kitobi muhim ahamiyat
kasb etadi. Masalan, bir ayol vafot etgan, vorislari - sakkiz qizi, onasi va eri edi. Bir
kishiga u qiziga nasib bo'ladigan mol ulushining beshdan birigacha to'ldiruvchisini
vasiyat etgan, boshqa kishiga u onasiga nasib bo'ladigan molning chorakkacha
to'ldiruvchisini vasiyat etgan. Qoida bunday: kerakli merosning qismlari (sonini)
aniqla, o'n uya qism bo'ladi. Molni olib, undan uning qismsiz, ya'ni qizining ulushisiz
beshdan birini ayir, bu birinchi vasiyat qilingan. Keyin undan, shuningdek ikki
ulushsiz, ya'ni ona ulushisiz, choragini ayir, bu ikkinchi vasiyat qilingandir. Qolgani:
molning yigirmadan o'n biri va uch qism o'n uch qismga teng. O'n uch qismdan uch
qismni uch qism deb ayir, senda qolgani o'n qismga teng yigirmadan o'n bir mol
bo'ladi. Molingni to'ldir, ya'ni o'n bir qismga uning o'n birdan to'qqizini qo'sh. Senda
hosil bo'ladi: mol o'n sakkiz-u o'n birdan ikki qismga teng. Qismni o'n bir deb olamiz,
u holda mol ikki yuz bo'ladi, qism - o'n bir, birinchi vasiyatdagi - yigirma to'qqiz,
ikkinchi vasiyatdagi esa yigirma sakkizdir.
Onasi merosning 6/1 ni, eri 4/1 ni olganligi uchun zaruriy merosni 12 qismga
bo'lish kerak edi, bundan 2 ni onasi, 3 ni eri olardi; har bir qiziga 8/7 qismdan tegardi.
Kasrlardan holi bo'lish uchun Xorazmiy zaruriy merosni 13 qismga bo'ladi, bundan
onasi va eri 2 va 3 qismni oladi, qizlarning har biri 1 qismdan oladi. Agar molni x,
qizining ulushini y desak, x - 13y - (x/5 - y) -(x/4 - 2y), ya'ni x - 200y /11 bo'ladi.
Shuning uchun x-200 , y-11 deb hisoblaymiz; vasiyat qilingan miqdorlar 1/5 x 200 -
11 - 29, 1/4 x 200 - 22 - 28 ga teng.
Yana bitta misol: Bir kishi o'ladigan kasal bo'la turib, bir ayolga yuz dirhamga
uylandi va uning bundan bo'lak moli yo'q edi, ayolning o'zi baravar mahri o'n dirham
edi. So'ngra ayol o'ldi, u molining uchdan birini vasiyat qilgan. Keyin eri o'ldi.
34
Qoidasi: u ayoldagi yuzdan uning mahrini, ya'ni o'nni ayir. Unda to'qson dirham
qoladi, vasiyat qilinganni ana shundan hisoblanadi. Vasiyat qilinganni narsa deb ol va
uni shunda ayir. Narsasiz to'qson qoladi. Ayolning qo'lida o'n dirham va narsa qoladi.
U o'z molining uchdan birini, ya'ni uch-u uchdan bir dirham va uchdan bir narsani
vasiyat qilgan. Olti-yu uchdan ikki dirham va uchdan ikki narsa qoladi. Bundan eri
merosining o'ziga qaytadigani - yarmi, ya'ni uch-u uchdan bir dirham va uchdan bir
narsa. Erining merosxo'rlari qo'lida narsaning uchdan ikkisisiz to'qson uch-u uchdan
bir dirham qoladi. Mana shu xotini merosining ikki baravaridir, ya'ni narsa, chunki
xotin eri qoldirgan merosning uchdan birini vasiyat qilishga haqi bor. Uning vasiyat
qilganining ikki baravari ikki narsadir. To'qson uch-u uchdan birni uchdan ikki narsa
bilan to'ldir va buni ikki narsaga qo'sh. Hosil bo'ladi: to'qson uch-u uchdan bir dirham
ikki-yu uchdan ikki narsaga teng. Bitta narsa shuning sakkizdan uchidir, ya'ni to'qson
uch-u uchdan birning sakkizdan uchi, ya'ni o'ttiz besh dirhamdir.
Muhammad Muso al-Xorazmiyning ushbu kitobida ko'plab vasiyatlar haqida
turlicha misollar keltirilgan.
Buyuk bobomiz Muhammad Muso al-Xorazmiyning matematikaga oid boy
merosi beqiyos qirralidir. Abu Abdulloh Al-Xorazmiy. Milodning IX—XI asrlari
Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. O’sha
davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy
bo’lgan. Bu olim haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar juda kam. Olimning to’liq ismi
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi
Xorazmning Xiva, Zamaxshar va qiyot shaharlarida o’tgan. Bu shaharlarda u voyaga
etgan, yashagan, ta’lim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi
vazir Abul Hasan al-Utbiy ho’zurida kotib bo’lib xizmat qilgan davrida cho’qqisiga
chiqqan. Shu vazifasi tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan ham tanilgan. O’z
xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko’pgina allomalar
bilan hamsuhbat bo’lgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning
boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo’lga kiritgan. Abu Abdulloh al-
Xorazmiy 997 yidda vafot etgan.
Olimning dunyoqarashi o’sha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va
madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy
hamda Abu Bakr ar-Roziy ta’siri ostida shakllandi. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning
bizgacha etib kelgan, ko’pchilik asarlari singari o’sha davrning ilm tili — arab tilida
bitilgan, yagona ma’lum asari — «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari»)dir. «Mafotih
al-ulum»ning qo’lyozma nusxalari juda ko’p emas.
Yaqin-yaqingacha uning to’rt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu
to’rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya mo’zeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari
hamda Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amriqolik olim K.
Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasini Turkiya
kutubxonalarida borligini aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi
kutubxonalardadir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari O’rta asarlardagi fanlar rivojlanishi
tarixiga oid kamyob manba sifatida ko’pgina olimlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb
etdi. Birinchi bo’lib bu manbani o’rgangan va 1895 yilda nashr qilgan olim —
gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V. V.
Bartold, K. Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xayrullaev, U. I. Karimov, G.
35
P. Matvievskaya, H. Hasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli tomonlarini tadqiq
qilganlar.
«Mafotih al-ulum» o’ziga xos qomusiy asar bo’lib, o’sha davrdagi deyarli
hamma asosiy fan sohalarini o’z ichiga qamrab olgan. Mual-lif O’rta asrlardagi har
bir ilm mazmunini sharhlash yo’li orqali tushuntirib beradi. Olim ilmlarni ikkiga
bo’lib, ularga «arab — shar’iy» va «arab bo’lmagan»larga ajratadi Bu hol olim o’z
davrining namoyandalari singari ilmlar tasnifida ularni ikki qismga bo’lish an’anasiga
sodiq qolganligini ko’rsatadi.
Uning birinchi an’anaviy «arab» ilmlari qismi o’n bir bobdan iborat fiqh, etti bobdan
iborat kalom, o’n ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan iborat
ish yurgizish, besh bobdan iborat she’r va aruz hamda to’qqiz bobdan iborat tarixdan
tashkil topgandir.
Ikkinchi qismiga esa «arab bo’lmagan» quyidagi ilmlar kiritilgan: ular — uch
bobdan iborat falsafa, to’qqiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, besh
bobdan iborat arifmetika, to’rt bobdan iborat handasa, shuningdek, to’rt bobdan
iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mexanika va uch
bobdan iborat kimyodir.
Shunday qilib, asar ikki qismdan iborat bo’lib, unda o’n besh ilm to’qson uch
bobda bayon etilgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyidagicha:
Shariat va u bilan bog’liq «arab» ilmlari:
1. Fiqh, ya’ni musulmon huquqshunosligi.
2. Kalom, ya’ni din asoslari.
3. Grammatika.
4. Ish yurgizish.
5. She’riyat va aro’z.
6. Tarix.
«Arab bo’lmagan» ilmlar (yunon va boshqa xalqlar):
1. Nazariy falsafa:
a) tabiiy ilmlar — tibbiyot (tib, samoviy hodisalar — meteorologiya, mineralogiya,
alkimiyo, mexanika) — quyi;
b) riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum, musiqa) — o’rtanchi;
v) ilohiy, ya’ni metafizika — oliy ilm;
g) mantiq.
2. Amaliy falsafa:
a) axloq — etika (odamni boshqarish);
b) uyshunoslik (uyni boshqarish);
v) siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).
36
«Mafotih al-ulum»da ilmlar tasnifi har bir fanning predmetini aniqlash hamda
ularning asosiy atamalarini qisqa va aniq bayon etish bilan birgaliqda olib boriladi.
Bu erda, biz zikr etganimizdek, Abu Abdulloh al-Xorazmiy o’z tasnifida o’sha davr
an’anasi, ya’ni ilmlarni ikkiga bo’lishni qo’llab-quvvatlab, shar’iy va falsafiy
ilmlarga ajratadi.
An’anaviy «arab» ilmlari. Shu ilmlardan biri, fiqhda muallif islom
qonunshunosligining asosi bo’lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi
qur’on, payg’ambar so’zlari, hikmatli gaplari va hayotlarini aks ettiruvchi Sunnat,
Hadis va uning xillari; Ijmo’ — islom jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori;
shariat qonun-qoidalariga amal qilishni, ya’ni tahorat qilish, namoz o’qish, azon
aytish, ro’za tutish, zakot to’lash ustida to’xtab o’tadi.
Ikkinchi bo’lim kalomda o’sha davrda Yaqin va O’rta Sharkda mavjud bo’lgan
ko’pgina mazhablar haqida ma’lumotlar berilgan. Xususan bu mazhablarning ettiga
bo’lib bayon etilishi, ayniqsa, mu’taziliylar haqidagi mukammal tafsilotlar muhim
ahamiyatga egadir. Shu bilan birga grek-xristian mazhablari, islomgacha bo’lgan
davrdagi Eron va Yamandagi diniy e’tiqodlar, Hindistonda tarqalgan ba’zi dualistik
mazhablar va oqimlar hamda zardushtiylik bayon etiladi.
Bu ma’lumotlar Yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi xalqlarning
dinlari tarixini o’rganishda g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Arab adabiy tili grammatikasi, uning qonun-qoidalari grammatika bo’limida bayon
etilgan. Ayni paytda muallif arab she’riyati va uning tarkibiy qismlaridan bo’lgan
aro’z ustida ham mufassal to’xtalib o’tgan.
Ish yurgizish bo’limi davlat devoni, soliq turlari va olinishi, soliq
yig’uvchilarning vazifalari, askarlar ro’yxati, ularning kiyim-kechagi va to’lanadigan
maoshlari, irrigatsiya shahobchacharida foydalaniladigan atamalar, kanal xillari, suv
uskunalari, ikki daryo (Sirdaryo va Amudaryo.— R. B.) oralig’idagi sug’orish
tizimlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib berishi bilan muhimdir.
Asarning tarix bo’limida afsonaviy podshohlardan boshlab, tartib bilan turli davr
va mamlakatlar maliklari, Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi, islomgacha bo’lgan
davrdagi Yaman tarixi, Rum va Yunon tarixi haqida mu.fassal ma’lumotlar
keltirilgan. O’rta asrlarda odamlar jamoasini tabaqalarga bo’linishi ham shu bo’lim-
da zikr etiladi.
An’anaviy bo’lmagan - «Arab Bo’lmagan» Ilmlar. Bu ilmlar qatorida birinchi
bo’lib falsafa qayd etilib, unda ushbu ilm atamalarining sharhi bilan bir qatorda ilmlar
tasnifi masalasi yoritilgan.
Arastuning mantiqqa oid kitoblari sharhi Xorazmiy asarining mantiq bo’limida
o’z aksini topali. Unda muallif Yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi
ushbu ilm haqidagi ma’lumotlar, oldinga surilgan ajoyib g’oyalardan foydalanib,
ularni yanada boyitdi.
37
Asarning tabiiy ilmlarga oid bo’limlari O’rta asr Sharqida ilmiy yuksalish
darajasini o’rganish nuktai nazaridan nihoyatda ma’lumotlarga boydir. Tibga oid
bo’limda kasalliklar, sodda va murak kab dorilar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu bo’limda o’sha davr tabobatida ma’lum bo’lgan va keng tarqalgan mijoz
hamda qon tomiri urushiga qarab kasallikni aniqlash to’g’risidagi nodir tavsiflar
berilgan.
Kimyo bo’limida ham Xorazmiy O’rta asr Sharqidagi kimyoviy bilimlar haqida
nihoyatda qimmatli ma’lumotlarni keltiradiki, ular Sharqda tabiiy fanlar rivojini
o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Riyoziyot bo’limida Urta asr Sharqidagi
matematik ilmlar holati bayon etiladi. Al-Xorazmiy matematik tushunchani aqlning
ixtiyoriy ijodi emas, balki ob’ektiv olamning ma’lum tomonlari, predmetlar
munosabatlarining in’ikosi deb talqin etadi.
Masalan, muallif Forobiy g’oyalarini davom ettirib. arifmetikani ikkiga: nazariy
va amaliyga ajratadi. U kub sonlar bilan bir qatorda shakliy sonlarni ko’rib chiqish
bilan nazariy arifmetikaning ba’zi bir tomonlarini boyitdi. Handasa ham nazariy va
amaliy qismlarga bo’linadi, bu esa o’sha davrda uning boshqa riyoziyot ilmlari kabi
yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Astronomiya bo’limida uning
vazifasi bilan birga tarixiga oid masalalar ham ko’rib o’tiladi.
Xorazmiy o’z tasnifida musiqani riyoziyot ilmlariga qo’shadi va unda musiqaviy
asboblar, tovushlarning o’zaro mutanosibligi, tartibi, sozi(lad) tavsiflanadi va oxirida
ritm haqidagi ta’limot ko’rib chiqiladi.
Mexanika bo’limida, og’ir yuklarni va dalalarni sug’orish maqsadida
ishlatiladigan qurilmalar, ya’ni sodda mashinalar, ularning to’zilishi va vazifalari
ustida to’xtab o’tiladi, Xorazmiy dunyoviy ilmlar ustida to’xtaganda, ularning amaliy
ahamiyatini ochib berishga harakat qiladi.
Umuman, asarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy o’z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini
yaxshi bilganligi, ularni nazariy falsafaga kiritish bilan, bir tomondan, ularning
ahamiyatini oshirish va ta’kidlash, ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga
intilganligi o’z ifodasini topgan. Al-Xorazmiyning «Mafotih al-ulum» asari O’rta asr
madaniyati va ma’naviyatini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Yaqin-
yaqingacha uning to’rt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu to’rt nusxadan
uchtasi Buyuk Britaniya mo’zeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari hamda Berlin
kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amriqolik olim K. Bosvort asrimizning
60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida borligini
aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir. Abu Abdulloh al-
Xorazmiyning bu asari O’rta asarlardagi fanlar rivojlanishi tarixiga oid kamyob
manba sifatida ko’pgina olimlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etdi. Birinchi bo’lib
bu manbani o’rgangan va 1895 yilda nashr qilgan olim — gollandiyalik sharqshunos
Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold, K. Brokelman, E.
Videman, G. Sarton, M. M. Xayrullaev, U. I. Karimov, G. P. Matvievskaya, H.
Hasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli tomonlarini tadqiq qilganlar.
Shu ilmlardan biri, fiqhda muallif islom qonunshunosligining asosi bo’lgan va
islom huquqi posbonining doimiy dasturi qur’on, payg’ambar so’zlari, hikmatli
38
gaplari va hayotlarini aks ettiruvchi Sunnat, Hadis va uning xillari; Ijmo’ — islom
jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori; shariat qonun-qoidalariga amal qilishni,
ya’ni tahorat qilish, namoz o’qish, azon aytish, ro’za tutish, zakot to’lash ustida
to’xtab o’tadi.
Ikkinchi bo’lim kalomda o’sha davrda Yaqin va O’rta Sharkda mavjud bo’lgan
ko’pgina mazhablar haqida ma’lumotlar berilgan. Xususan bu mazhablarning ettiga
bo’lib bayon etilishi, ayniqsa, mu’taziliylar haqidagi mukammal tafsilotlar muhim
ahamiyatga egadir. Shu bilan birga grek-xristian mazhablari, islomgacha bo’lgan
davrdagi Eron va Yamandagi diniy e’tiqodlar, Hindistonda tarqalgan ba’zi dualistik
mazhablar va oqimlar hamda zardushtiylik bayon etiladi.
Bu ma’lumotlar Yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi xalqlarning
dinlari tarixini o’rganishda g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Arab adabiy tili grammatikasi, uning qonun-qoidalari grammatika bo’limida bayon
etilgan. Ayni paytda muallif arab she’riyati va uning tarkibiy qismlaridan bo’lgan
aro’z ustida ham mufassal to’xtalib o’tgan.
Ish yurgizish bo’limi davlat devoni, soliq turlari va olinishi, soliq
yig’uvchilarning vazifalari, askarlar ro’yxati, ularning kiyim-kechagi va to’lanadigan
maoshlari, irrigatsiya shahobchacharida foydalaniladigan atamalar, kanal xillari, suv
uskunalari, ikki daryo (Sirdaryo va Amudaryo.— R. B.) oralig’idagi sug’orish
tizimlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib berishi bilan muhimdir.
Asarning tarix bo’limida afsonaviy podshohlardan boshlab, tartib bilan turli davr
va mamlakatlar maliklari, Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi, islomgacha bo’lgan
davrdagi Yaman tarixi, Rum va Yunon tarixi haqida mu.fassal ma’lumotlar
keltirilgan. O’rta asrlarda odamlar jamoasini tabaqalarga bo’linishi ham shu bo’lim-
da zikr etiladi. An’anaviy Bo’lmagan - «Arab Bo’lmagan» Ilmlar. Bu ilmlar qatorida
birinchi bo’lib falsafa qayd etilib, unda ushbu ilm atamalarining sharhi bilan bir
qatorda ilmlar tasnifi masalasi yoritilgan.
Arastuning mantiqqa oid kitoblari sharhi Xorazmiy asarining mantiq bo’limida
o’z aksini topali. Unda muallif Yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi
ushbu ilm haqidagi ma’lumotlar, oldinga surilgan ajoyib g’oyalardan foydalanib,
ularni yanada boyitdi. Asarning tabiiy ilmlarga oid bo’limlari O’rta asr Sharqida
ilmiy yuksalish darajasini o’rganish nuktai nazaridan nihoyatda ma’lumotlarga
boydir. Tibga oid bo’limda kasalliklar, sodda va murak kab dorilar haqidagi
ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu bo’limda o’sha davr tabobatida ma’lum bo’lgan va
keng tarqalgan mijoz hamda qon tomiri urushiga qarab kasallikni aniqlash
to’g’risidagi nodir tavsiflar berilgan.
Kimyo bo’limida ham Xorazmiy O’rta asr Sharqidagi kimyoviy bilimlar haqida
nihoyatda qimmatli ma’lumotlarni keltiradiki, ular Sharqda tabiiy fanlar rivojini
o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Riyoziyot bo’limida Urta asr Sharqidagi
matematik ilmlar holati bayon etiladi. Al-Xorazmiy matematik tushunchani aqlning
39
ixtiyoriy ijodi emas, balki ob’ektiv olamning ma’lum tomonlari, predmetlar
munosabatlarining in’ikosi deb talqin etadi.
Masalan, muallif Forobiy g’oyalarini davom ettirib. arifmetikani ikkiga: nazariy
va amaliyga ajratadi. U kub sonlar bilan bir qatorda shakliy sonlarni ko’rib chiqish
bilan nazariy arifmetikaning ba’zi bir tomonlarini boyitdi. Handasa ham nazariy va
amaliy qismlarga bo’linadi, bu esa o’sha davrda uning boshqa riyoziyot ilmlari kabi
yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Astronomiya bo’limida uning
vazifasi bilan birga tarixiga oid masalalar ham ko’rib o’tiladi. Xorazmiy o’z tasnifida
musiqani riyoziyot ilmlariga qo’shadi va unda musiqaviy asboblar, tovushlarning
o’zaro mutanosibligi, tartibi, sozi(lad) tavsiflanadi va oxirida ritm haqidagi ta’limot
ko’rib chiqiladi.
Mexanika bo’limida, og’ir yuklarni va dalalarni sug’orish maqsadida
ishlatiladigan qurilmalar, ya’ni sodda mashinalar, ularning to’zilishi va vazifalari
ustida to’xtab o’tiladi, Xorazmiy dunyoviy ilmlar ustida to’xtaganda, ularning amaliy
ahamiyatini ochib berishga harakat qiladi. Umuman, asarda Abu Abdulloh al-
Xorazmiy o’z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilganligi, ularni nazariy
falsafaga kiritish bilan, bir tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va ta’kidlash,
ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga intilganligi o’z ifodasini topgan. Al-
Xorazmiyning «Mafotih al-ulum» asari O’rta asr madaniyati va ma’naviyatini
o’rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |