49
6.
http://www.guldu.uz/uzhistru.html
VIII asr oxiri-IX asr boshida xalifalikni larzaga kеltirgan ogir siyosiy vaziyat
abbosiylarning Movarounnaxr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini
uzgartirishga majbur etdi. Birin-kеtin Orta Osiyoda toxiriylar, safforiylar, somoniylar
davlatlari tashkil topdi. Mamlakatda sodir bo`lgan bunday siyosiy uzgarishlardan
sung Movarounnaxr Xurosondan ajralib uz mustaqilligini tula tiklab olish imkoniga
ega bo`ldi. Movarounnaxrni birlashtirib mustaxkam
davlat tuzgan davlat arbobi
Ismoil Somoniy 900 yilda Xurosonni xam safforiylardan tortib olib ulkan davlat
barpo etdi. Xalifa somoniylar davlatini tan olishga va unga xukmronlik yorligini
yuborishga majbur bo`ldi. Shu tarika IX asr oxirlariga kеlib, Movarounnaxr xalklari
Arab xalifaligidan abadiy xalos bo`ladi va arab xalifaligidan mustaqil bo`lgan yirik
fеodal davlat-Somoniylar davlati tashkil topadi.Somoniylar mamlakatni boshkarishda
davlat ma'muriyatini tashkil etadilar.
Mamlakat unta dеvon (dеvoni vazir, dеvoni mustafi, dеvoni amir al-mulk,
dеvoni
soxib
ash-shurat, dеvoni soxib al-borid, dеvoni mushrif, dеvoni muxtasib...)
boshkaruvida idora etilgan. Somoniylar xokimiyati yirik zamindorlarning
manfaatini ximoya qiluvchi mustaqil fеodal davlat edi («mulki sultoniy», «mulk
еrlari», «vakf еrlari») X asr oxiriga kеlib, mamlakatda avj olib kеtgan uzaro urushlar
uning iktisodiy va siyosiy kudratiga katta putur еtkazdi va somoniylarning
koraxoniylar davlatidan maglubiyatga uchrashiga olib kеldi. XI asr boshlarida
somoniylar davlati xududlarida ikki davlat: koraxoniylar
va gaznaviylar davlatlari
paydo bo`ldi.Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo`lib idora qildilar. XI-
XII asrlarda Urta Osiyoda mulkchilikning yangi turi-ikta' tartiboti urnatiladi («mulki
sultoniy», «ikta'», «vakf еrlari», «mulk еrlari»). XII asrning 30-yillari oxirida
Movarounnaxr Sharqdan kеlgan kuchmanchi koraxitoylar xujumiga duchor bo`ldi.
IX-XII asrlarda mamlakat ma'naviy xayotining asosi islom mafkurasi edi.
Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta axamiyat bеrdilar. Buxoro
sharqda
islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar
kurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi.
Movarounnaxrda ko`p o`tmay xatto ona tilidan kura arab tili va yozuvini
yaxshiroq bilgan bilimdonlar paydo bo`ldi. Maxalliy bilimdonlar uz vatanida quvg`in
ostiga olinib, ko`pgina tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaxarlari-Damashq,
koxira, Bagdod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va
arab tilida ijod qilishga
majbur bo`ladilar. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ko`plab bilimdon
siymolarga muxtoj edi, chunki arablar orasida shu davrda davlat ishiga yaroqli
bo`lgan bilimdonlar xali oz, borlari xam zaif edi.
Eng mashxur madaniyat markazi shu davrda Bagdod shaxri edi. Bagdodda
«Bayt ul-xikma» (Donishmandlar uyi) tashkil etilgan edi. «Bayt ul-xikma»da Axmad
Fargoniy, Muxammad ibn Muso Xorazmiy, Axmad ibn Abdullox Marvaziylar ta'lim
olganlar. IX-X asrlarda Urta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi. Uning ildizlari Urta
Osiyo, ayniksa, Xorazm, shuningdеk Bobil, Eron, Xindistonning antik dunyosiga va
qadimgi madaniyatiga borib taqalar edi. IX-XII asrlarda
arab tilida asarlar yozgan
eng mashxur olimlar Axmad Fargoniy, Muxammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Nasr
Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Bеruniy, Abo`lxayr Xammor, Abunosir
50
Arron va boshqalar edi. 1998 yil Axmad Fargoniyning 1220 yilligi nishonlandi.
Axmad Fargoniy (797-865)astronom, matеmatik, gеograf edi. Bagdod yakinda Rakok
nomli mavzеda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil
etadi. Uning "Kitob fi Usul ilm an-Nujum" ("Falakiyot
ilmining usullari xakida
kitob"), "Falakiyot risolasi", "Al-Majistiy", "Ilm -xayya", «Al Fargoniy jadvallari»,
«Usturlob bilan amal qilish xaqida», «Oy, yеrning ustida va ostida bo`lganida vaqtni
aniqlash risolasi","Yetti iqlim xisobi", "Usturlob yasash xakida kitob" asarlari
mashxur
xisoblanib,
ularning
qo`lyozmalari
Angliya,
Frantsiya,
Gеrmaniya,Misr,Xindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda. Axmad Fargoniy
yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan soxasida bo`lishidan qat'iy nazar
pishiq,puxta va nixoyatda mukammal bo`lgan. XII asrdayok olimning asarlari lotin
tiliga tarjima qilingan va Yevropaga tarqalgan. Еvropaliklar Axmad Fargoniyni Al
Fraganus dеb ataganlar.
Uning asarlari lotin, nеmis, ingliz,frantsuz, rus va boshka
tillarga tarjima qilganlar.
Dostları ilə paylaş: