Leonardo da Vinchi – buyuk rassomgina bo`lmay mashhur
matematik, mehanik va injener ham edi. Leonardo da Vinchi (1482-1519)ning 6 ming
qulyozmasi, «Qoyadagi Madonna», «Madonna», «Maxfiy kechalar», «Avliyo Anna
Mariyam va go`dak Iso bilan», «Ioan Kristotel’» kabi mashhur asarlari saqlanib
kelgan. Uning fikricha, «Fan-bilimning oliy shakli bo`lib, xar-bir bilm matematik
dalillarga asoslanishi shart, aks xolda u bilm emas» deydi. Xatto u inson tanasini
o`lchash bilan shug`ullanuvchi – Antropometriya nomli fanni yaratgan. Bu bilim
Yevropaning valyutasi – Yevropada ham uz aksini topgan.
Albert Dyure (1471-1538) rassom, xaykaltorosh, arxitektor, matematik edi.
Makiavelli – davlat arbobi, tarixchi, shoir, xarbiy, yozuvchi.
Nikolay Kopernik (1473-1543 y.y.) – koinot tuzilishini urgangan,
geliotsentrik nazariyasiga asos solgan.
Jordano Bruno (1548-1600 y.y.) o`lim to`shagida ham uz g`oyalariga
ishonganligi uchun M.Servet inson organizmida qon aylanadi degani uchun o`tda
kuydirilgan.
Mikelandjelo Buanorotti (1475-1564y.y.) – rassom, haykaltorosh, xarbiy
muxandis, shoir, 700 yaqin suratlari, eng mashxuri «Dovud» xaykali edi.
Rafael’ Santi (1483-1520 y.y) – «Mariyaning unashtirilishi», «Madonna
Alba» kabi mashxur asarlari bor.
SHuningdek tabiatshunoslikda, meditsina va biologiyada dastlabki amaliy
tadqiqotlar o`tkazildi. Meditsinada Vazeliy (italiyan) «inson tuzilishi xaqida» asarini
yozdi. Nemis olimi V.Paratsel’s inson ruhiyati bilan bog`liq fikrlarini bildirdi.
Ispan olimi vrach
M.Servet va angliyalik U.Gervey 1555
yil
birinchi
murakkab operatsiya o`tkazdilar.
H.Belan inson va qush skeletlari modelini yaratdilar. 1600 yilda golland Vend
Gelmond fiziologiyaga oid birinchi tajriba o`tkazdi. Ayniqsa, 1590 yil Z.YAntsen
tomonidan yaratilgan mikroskop kashf etilgandan so`ng, meditsina, biologiya, ximiya
soxalaridagi ilmiy tajribalarni va kashfiyotlari ko`paydi.
Uyg`onish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va g`oyaviy hayotida
katta progressiv rol’ o`ynadi. Bu davrda jaxon madaniyatining eng nodir va bebaho
asarlari yaratildi.
Teleskop, kompas, barometr, termometr, usturlob kabi asboblarining kashf
70
etilishi buyuk geografik kashfiyotlar davriga yo`l ochib berdi. Flandiyaliklar
G.Merkator matematik xaritalar va geografik kartalarni chizishni tartibga soldi.
Buyuk geografik kashfiyotlar XV asrdan XVII asrgacha davom etgan.
Kashfiyotlarning birinchi davrasida, shahzoda