Ish yuritish.
Ish yuritishga bag'ishlangan to'rtinchi bo'lim devon, ya'ni davlat
yuritish bo'limlarining daftarlarini sharhlashdan boshlanadi. So'ngra soliq nomlari,
ularni yozib borish va olinishi, Somoniylar davlatida xalqdan olinadigan hamma soliq
turlari, soliq yig'uvchilarning vazifalari, soliq yig'ish yo'li va hajmi, davlat
omborlarida foydalaniladigan eng umumiy va ma'lum og'irlik o'lchovlari mukammal
tavsif qilinadi.
Bu yerda biz “Mafotih al-ulum”da zikr etilgan o'sha davrda Yaqin va O'rta
Sharqda hamda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan va ishlatilgan o'lchov birliklarini
mufassalroq ko'rib o'tish kerak. Bu ma'lumotlarning qimmatini oshiruvchi
tamoyillardan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy O'rta asrda Sharq mamlakatlarining
turli burchaklarning bir yoki ikki o'lchov bilan, goho esa uning ikki va undan ortiq
ekvivalentini keltiradi. Bu esa anashu o'lchov birliklarining mohiyatini aniqlashda,
ularni qiyosiy o'rganishda yordam beradi. Masalan:
Tassuj-misqolning uchdan birining sakkizdan biri
Suha-Xorazm va Toxariston ahli o'lchov birligi bo'lib, yigirma to'rt tangaga teng,
shuning o'zi ikki kafizdir.
Gor-shuningdek (Xorazm ahlida ishlatiladi) ungurdur.
Olmoniyalik sharqshunos V.Xins “Mafotih al-ulum”dagi ko'pgina o'lchov
birliklarini tadqiq qilgan. Bu bo'limning to'rtinchi bobida pochta devonida ishlatilgan
ma'lumotlar ham bayon etilgan.
Askarlar ro'yhatini to'zish, ularning kiyim-kechagini va ularga to'lanadigan
maoshlar, atamalari mazmunini sharhlash, Iroq va Xurosonda, xususan Nishopur,
Buxoro, Xorazm, Nasaf shaharlarida qo'llanilgan maydon o'lchov birliklari alohida
qimmatga egadir.
She'riyat va aruz.
Besh bobdan iborat she'riyat va aruz beshinchi bo'limda
ko'rib o'tilgan. Avval aruz asoslari va uning bir necha ko'rinishdagi o'n besh xili
haqida fikr yuritilgan, joxiliya, ya'ni islomgacha bo'lgan klassik arab shoirlari
she'rlaridan namunalar keltirilgan. So'ngra she'riy o'lchovlar (vazn), undagi ba'zi bir
kamchiliklar, qofiya va she'riyat taqrizi, ya'ni badiiy til bilan qiziqish, arab
she'riyatining ko'pgina namoyondalari xususida to'xtab o'tilgan. Muallif o'zidan oldin
o'tgan arab shoirlarining tanqidiy tahlili, arab she'riyati va uning tuzilishini
ko'rsatishda Imrul Qays, Abu Tamom, Jarir, Bashar ibn Burd, Dureyd ibn Samma va
boshqa shoirlarning she'rlaridan foydalangan.
Tarix.
Muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab borish haqidagi fan sifatida
tarixni Abud Abdulloh al-Xorazmiy o'z asrining birinchi, ya'ni “arab ilmlari” qismiga
kiritgan. Hamda unda islomgacha bo'lgan va islomdan keyingi davr tarixini, qisqacha
Eron, Rum tarixini bayon qilganda o'z davri an'anasiga binoan podshohlar sulolasiga
alohida e'tibor bergan. Buni bo'lim boblarini nomlanishidan ham ko'rishimiz mumkin.
Bu bobdalarda afsonaviy podshohlardan boshlab tartib bilan turli davr va
mamlakatlar maliklari zikr etilgan. Bu ma'lumotlar qisqa bo'lishiga qaramay, ular
58
shubhasiz Sharq mamlakatlarining qadimgi va o'rta asr tarixini yoritishda katta
qiziqish tug'diradi.
Birinchi bobda Eron shohlarining Peshdodiylar, Qayoniylar, Ashnoniylar va
Sosoniylar sulolasi haqida ma'lumotlar berilgan. Eron shohlarining 1-sulolasi
Peshdodiylardir.
Bu sulolaning birinchi podshohi – Qayumars. Uning laqabi “qilshoh”, ya'ni “yer
podshosidir”, chunki u forslar fikricha birinchi inson bo'lib, uning yerdan boshqa
hech qanday boyligi bo'lmagan, so'ngra Umhanq (Hushang)-uning laqabi
“Bishdod”dir.
Podshohlarning ikkinchi sulolasi – Qayoniylar.
Qay- qudratili degani, qayon (shu so'zning ko'pligi ma'nosida) “qudratlilar”.
Ularning birinchisi Qayquboz-uning lakabi “Birinchi”, so'ngra, qayqovus- uning
lakabi “Namurd”, ya'ni “o'lmagan”. R.Bahodirovning taxminiga ko'ra, bu yahudiylar
“Namrud” deb nomlangan odam, so'ngra, Qayxusrav – uning lakabi “Humoyun”
uning ma'nosi “xudoning marhamatiga sazavor bo'lgan”lardir.
Ummaviylar. Ularning na sifatlari va laqablari bo'lgan.
Ulardan birinchisi Mu'oviya ibn Sahr Abu Sufyon ibn Harb, so'ngra o'g'li Yazid,
keyingisi, uning o'g'li Mu'oviya ibn Yazid.
So'ngra Abbos ibn Abd al-Mutallib avlodlaridir.
Islomgacha bo'lgan davrdagi Yaman tarixi bizda katta qiziqish uyg'otadi.
Alohida bob Rum va Yunon tarixiga bag'ishlangan. Bu bobda bizni Markaziy
Osiyolik olimlarning Rum va Yunon haqidagi bilimlari darajasini aniqlashga yordam
beruvchi manba sifatida qiziqtiradi, shuningdek Markaziy Osiyoda o'rta asrlarda
qadimgi dunyo va Rum hamda Yunon tarixini chuqur va yaxshi bilganliklaridan
dalolat beradi. Bu fikrni Rum imperatorlari tarixiga oid oxirgi, to'qqizinchi bob ham
tasdiqlaydi.
Oltinchi bob Eron tarixiga oid. Bu bobda usha uzoq davrlarda Eron mintaqasida
va boshqa joylarda tarqalgan tillar haqida ma'lumot beriladi va bu tillar tarqalgan
viloyatlar aytib o'tilgan.
Yettinchi bobda asosan arab istilolari va islom tarqalgandan keyingi davrga oid
xabarlar berilgan. Bu bobda, shuningdek ba'zi ismlarga izoh berilgan:
Robita – bu yilqilar (miniladigan hayvonlar)i bo'lgan badaviylardir.
Farog'ina – bu Farg'ona ahlidir.
Iqshid – bu Farg'ona podshohining ismi, podshohdan so'ng mansab bo'yicha
kelgan ayo'nlarni esa “savorataqin” deyishgan”.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy tasnifining o'ziga xos xususiyati – bu oddiydan
murakkabga, ma'lumdan noma'lumga o'tishdir.
Mo`g`ul bosqini va uning oqibatlari
XIII asrning boshlariga kеlib (1206-1215) Mo`g`ulistonda Chingizxon
xukmronligida kuchmanchi mo`g`ullarning ulkan davlati paydo bo`ldi. Bu davrda
Orta Osiyo xududlarida Xorazmshoxlar davlati mavjud bo`lib, uzaro urushlar va
boshboshdoklik okibatida bu kudratli saltanat inkirozga yuz tuta boshlagan davr edi.
Chingizxon bilan Muxammad Xorazmshox Urtasida kiska muddat (1215-1218)
elchilik munosabatlari davom etgan bo`lishiga karamay bu munosabatlar oxir-okibat
fojiali tugadi. Xarbiy jixatdan puxta tayyorgarlik kurgan mo`g`ul kushinlari
Xorazmshoxlar davlatidagi iktisodiy, siyosiy va ijtimoiy tushkunlik vaziyatidan
foydalanib, kiska muddatda (1218-1221) Urta Osiyo еrlarini bosib oladilar.
59
Asrlar davomida moddiy va ma'naviy madaniyati rivojlanib kеlgan Urta
Osiyodagi kupgina shaxarlar- Buxoro, Samarkand, Xujand, Tеrmiz, Utror,
Uzgan, URGANCH, Kеsh kabilar vayronaga aylantirildi. Dеxkonchilik voxalari
xarobazorga aylandi. Mo`g`ul boskinchlari maxalliy axoliga xamda ularning
madaniyatiga xеch bir shafkat qilmadilar.Arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1214)
Urta Osiyodagi mo`g`ul boskini xakida shunday yozadi: «...Xitoy chеgaralaridan bir
xalk
chiqib,
Turkistondagi
kashgar
va
Bolasogun
kabi
viloyatlarni,
Movarounnaxrdagi Samarkand, Buxoro va boshka shaxarlarni... vayron etib, kirgin
qilib, talon-toroj qilib egalladi. Tatarlar (mo`g`ullar) xеch qaysi shaxarni omon
qoldirmadilar, kеtayotib vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan utgan bo`lsalar,
uzlariga yokmagan narsalarga ut qo`ydilar».Urta Osiyo xalklari mo`g`ul
boskinchlariga karshi kaxramonona kurash olib bordi.
Xususan, Utror xokimi Inalxon, Buxoro mudofaachilari Ixtiyorididin kushlu,
Xamid Pura koraxitoy, Suyunchixon, Xujand xokimi TemurMalik, Urganch shayxi
Najmiddin Kubro, shaxzoda Jaloliddin kabilar Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun
kon tukib kurashdilar. Ammo ular ona-yurt ozodligini saklab qolisha olmadi.Urganch
shaxri ximoyasiga mana shunday ogir bir asnoda boshchilik qilgan, zamonasining
buyo`q allomasi Shayx Najmiddin Kubro nomi bilan tarixga kirgan 76 yoshli Axmad
ibn Umar Xivakiyning jasorati tillarda doston bo`ladi.Chingizxon shayx Najmiddin
Kubroni yaxshi bilar edi. U URGANCHga xujum qilganda shayxga xabar yuborib:
«Maslaxatim shuki, siz u еrdan tashkari chiqsangiz darvеshlaringizga ziyon-zaxmat
еtkazilmagay», dеydi. Najmiddin Kubro shunday javob qiladilar: «Mana, еtmish
yildirki, Xorazm xalki bilan yashab kеlmoqdaman. Bugungi kunda kazoyi iloxiy balo
jazosini yubordi. Ularning kallasida muruvvat dеgan narsa bo`lmaydiki, orasidan
kochib uzimni bir chеkkaga olsam. Balki, ular bilan birga bеgamona yogiyga duchor
bo`lganim tuzukroq bo`lar. Balolarga xam ular bilan yor bo`lsam». Mirzo Ulugbеk
Shayx Najmiddin Kubroning javoblarini sharxlab bunday dеb yozadi:
«Bir kеksa umri oxirlashib qolgandi. Shu sababdan unga so`z kor qilmadi.
quyidagicha javob bеrdi: Еtmish yildirki, Xorazmda xushxol yashayman. Taqdir
muruvvati shuni takozo qiladiki, kеlgan baloga tan bеrgum goxo, qonimni shu yеrda
to`kadigan bo`lishsa, tangri farmonidan qochmagum, kiyna olovi yongan ekan,
URGANCHda xo`lu quruq yondi. Shox lashkari o`qu tig bilan band, donoyu nodon
xoli bilan ishi yo`q. Uning boshini kеsmasang yaxshi bo`lardi, dеgan pandni
mug`ulning eshitgisi y`q, qazo tig`i taqdir tufayli o`tkirlashgan ekan, kеksa-yu
yoshning boshi kеsilgusi». Najmiddin Kubro shaxar ximoyachilariga qarata iltijo
bilan «Yo Vatan, yo sharafli o`lim!» dеb xitob qiladi. Mo`gullar xali biron yеrda
bunchalik qattiq qarshilikka duch kеlmagan edi, xali biron joyda mo`g`ul askarlari
bunchalik ko`p qirg`in qilinmagan edi. Daxshatli qirginbarot Urganch fojiasi yеtti oy
davom etadi. Son jixatdan ustun bo`lgan dushman mashaqqatlar va xisobsiz
qurbonlar evaziga galabaga erishadi. Qo`lida qurol ushlashga majoli qolmagan
URGANCHliklar ilojsizlikdan taslim bo`ladi. Jaroxatlangan shayx Najmiddin Kubro
o`limi oldidan tug`tutgan mo`g`ul sarboziga tashlanib, bir qo`li bilan qatl etayotgan
mo`g`ul yalovining uchini ushlab turgan. Oxiri tug`ni qirqib olganlar. Bu xaqda
Mirzo Ulugbеk bunday dеb yozadi: «Murshidi a'zam Shayx Najmiddin Kubro xudo
amri bilan Xorazm uchun boshini tikdi. Boshini topshirishda kotil yaloviga yopishdi.
Dini xak iklimining shoxi Ul pir sarpanjasidan un zabardast yigit yalovni chiqarib ola
olmadilar. Sayidlar shayxi sarpanjasida kofir yalovini kurib xayratda qolgan oqillar
60
bu xolni sharxladilar: Yalov uchini Shayx tutib, ta'rif aytdiki, vafotim sanasi «shoxi
shuxado» («Shaxidlar shoxi»)dir. ...Biz shunday ulug`lardanmizki, gavxar tutamiz:
oriq echki tutgan pastkash emasmiz. Imon qadaxida bir qo`limiz bilan may ichsak,
ikkinchi qo`limiz bilan kofir yalovidan tutamiz» Urganch taslim bo`lgach yondiriladi,
xamma tirik jon qilichdan o`tkaziladi, boyliklar talanadi. Juvayniyning
ma'lumotlariga qaraganda, 100 ming nafar xunarmand, kosib, rassomlar asirga olinib
Mo`g`ulistonga jo`natilgan. Mo`g`ullar vaxshiylikning bor usullarini ishga solganlar,
yo`qlarini esa o`ylab topganlar.Mo`g`ullar shaxarning qo`lini kukka sovurish bilan
bir qatorda Urganjdan nom-nishon qoldirmaslik uchun Amudaryodagi to`gonni
buzib, suvni shaxarga burib yuboradilar. Barcha ulkan tarixiy obidalar, ilm-ma'rifat
manbalari suvga bostiriladi. Natijada uzoq muddat davomida barpo etilgan bu ulkan
qadimiy madaniyat va ma'muriy markazda xayot to`xtaydi. Juvayniyning iborasi
bilan aytganda, «Urganj qashqir makoni bo`lib qoldi va bu yеrda boyo`g`li va burgut
in qurdi». Tarixiy Urganj fojiasi Xorazmshoxlar davlatining inqirozini bildirar edi.
Movarounnaxr va Xorazmning bеpoyon xududlari Chingizxon davlati
tasarrufiga o`tadi. Ammo Chingizxon va uning galalari bilan kurash xali uz
nixoyasiga еtmagan edi. Bu kurashning asosiy sardori va bayroqdori sulton Jaloliddin
Mangubеrdi edi.
Movarounnaxr va Xorazmni qo`lga kiritgan Chingizxonda sulton Jaloliddin
xayot ekan tinchlik yo`q edi. Ayniksa, 1221 yilda Jaloliddinniing mo`g`ullar ustidan
Niso, Nishopur, G`azna atroflarida kozongan galabalari Chingizxon oromini
buzmoqda edi.
Ikki urtadagi jang 1221 yilning yozida Parvona dashtida bo`ladi. Jaloliddin
janglar tarixida birinchi marta mo`g`ullarga qarshi kurashda yangi taktik usulni
qo`llaydi: jangchilarga otdan tushib, jilovlarni bеllariga boglashni va kamon bilan
jang qilishni buyuradi. Tun qorong`usiga qadar davom etgan jangda ikki tomonning
birortasiga zafar kulib boqmaydi. Ertasi kuni kaykur no`yon xarbiy xiyla
ishlatmoqchi bo`ladi. U dushmanni yangi qo`shinlar kеlib qo`shildi, dеb ishontirish
maqsadida kigiz namat va choponlar orasiga poxol xashaklar solib sun'iy boshlar
yasab, ularni otlar ustiga o`tqizib qo`yadi. «Soxta jangchilar»ni tuyalar karvoni va
aravalar orasiga joylaydilar. Bu xiyla Jaloliddin askarlarini dastlab ancha dovdiratib
qo`yadi. Ularniig ba'zilari xatto chеkinishga maslaxat xam bеradilar. Ammo sulton
ogir va bosiklik bilan avvalgi kundagi taktika asosida otdan tushib kurashni davom
ettirishni tavsiya qiladi. Dushmanning bir nеcha xujumi qaytarilgach, sulton buyrugi
asosida chalingan karnay sadolari ostida Jaloliddin askarlari otlarga minib, shovqin-
suronlar bilan mo`g`ullar ustiga tashlanadilar. Dushman tilka-pora qilinadi va juda
katta talafot bеradi. Qaykur no`yon ozgina odam bilan Chingizxon xuzuriga kirib
boradi. Bu xabarni eshitgan Chingizxon daxshatga tushadi. U shu zaxotiyok, uzining
barcha kuchlarini jamlab, sulton Jaloliddinni daf qilish maksadida shaxsan uzi
otlanadi.Parvona dashtidagi g`alaba sulton Jaloliddinga qimmatga tushadi. Mo`g`ullar
ustidan g`alaba kozonilgandan so`ng qo`lga kiritilgan o`ljani taksimlash paytida nizo
kеlib chiqadi. O`ljaga tushgan bir arabi ot uchun Xorazmshoxning mo`'tabar
amirlaridan Sayfiddin O`groq, bilan Xazora maligi Amin Malik janjallashib qoladilar.
Qizishib kеtgan Amin Malik tortishuv paytida O`groqning boshiga qamchi bilan
tushiradi. Sulton Jaloliddin bu nizoni bartaraf qilmaydi. Xafa bo`lgan Sayfiddin
O`groq 30 ming askari bilan kеtib qoladi. kabakli turkman va xalaj sipoxlari xam
sultondan yuz o`giradilar. Natijada Jaloliddinning qo`shinlari yarmiga kamayib
61
kuchsizlanib qoldi. Chingizxon ikki urtadagi masofani juda tеz fursatda bosib o`tib
G`aznaga yеtib kеladi va Jaloliddinni 1221 yilning kuzida ta'qib qila boshlaydi. Jalo-
liddin Chingizxonning ko`p sonli qo`shinlariga qarshi tura olmasligini payqab, avval
G`aznaga, so`ngra Sind (Xind) daryosiga chеkinadi. Chingizxon Sind daryosiga
yakinlashganda Jaloliddinning kеyingi kuni daryoni kеchib o`tmoqchi ekanligini
eshitib, shu kеchaning uzidayoq daryoning kеchuv yo`lini to`sadi. U sulton
qo`shinining orqadagi qismiga yеtib olib uni tor-mor qiladi. 1221 yil 9 dеkabrda
Jaloliddinning yarim oy shaklida joylashtirilgan xamda kanotlari bilan Sind daryosiga
tiralgan oz sonli qo`shinini urab oladi. «Sulton Jaloliddin bin Sulton Muxammad
Xorazmshox», - dеb yozadi Mirzo Ulugbеk, - «uzini suvu - olov urtasida kurdi,
chunonchi, bir tarafida kеskir qilichlar olov sochardi, boshka tarafida esa qonxur
daryo turardi. Xеch bir tomondan chiqib kеtishning iloji yo`q edi. Noiloj jangga
kirishdi. Baxodirlik otini kurash maydoniga solib, totor kofirlardan ko`pini xalokat
tuprog`iga qordi va xеch bir kulfatsiz jang qildiki, agar Rustami doston tirik
bo`lganda, unga bo`lgan muxabbat yopig`ini uz еlkasiga solgan bo`lardi. Agar
kumushtan Isfandiyor bu jangni mushoxada qilganda, uning xizmatida qullik
lavozimini jonu - dil bilan qabo`l qilgan bo`lardi». Chingizxon Jaloliddinni tiriklayin
qo`lga olishga farmon bеradi. Xorazm baxodiri еtti yuzta mard yigitlari bilan jang
maydoni urtasida arslonlardеk jon bеrib jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin,
tuproqni qonga bo`yar edi. Agar bu jangni Zolning o`g`li kursa edi, u sulton Jalol
(uddin)ning qo`lini o`pgan bo`lardi». Ammo Chingizxon lashkari xisobsiz edi. Uning
jang maydonidagi asosiy kuchlari paroqanda bo`lish arafasida turgandi. Biroq
pistirmadagi 10 ming nafar saralangan lashkar jang oqibatini Chingizxon foydasiga
xal qiladi. Sulton Jaloliddin vaziyatning g`oyat og`ir va mushkulligini xisobga olib
rafiqasi, onasi va farzandlarining dushman qo`liga tushishini istamay ularni Sind
daryosiga cho`ktiradi. Chunki o`sha kuni mo`g`ullar Jaloliddinning qo`lga tushirilgan
7 yoshli o`glining yuragini tiriklayin sug`urib olgan edilar. Uzi esa qora turiq otiga
minib, so`nggi bora mo`g`ullarga xamla qilib, so`ng oti jilovini orqaga tortadi.
Sovutini еlkadan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan uzini Sind
daryosiga otadi. (Daryo kirgogidan to uzan (suv)gacha un gazdan ortikroq edi.)
Jaloliddin daryoning narigi soxiliga o`tib oladi va kuzdan g`oyib bo`ladi. Mirzo
Ulug’bеkning bеrgan ma'lumotlariga qaraganda, Jaloliddinning orkasidan daryoning
narigi qirgogiga uning yana еtti jangchisi birga suzib o`tadi. Daryo qirgogiga kеlib,
bu vokеani kuzatib turgan Chingizxon taajjub va xayratdan yokasini barmoqlari bilan
tutib: «Otadan dunyoda xali bunday o`g’il tugilmagan. U saxroda shеr kabi g’olib
jangchi, daryoda esa naxang (aqo`la) kabi botir. kanday qilsinki, xali xеch kim
takdir bilan, xеch bir mojaroda tеng kеlolmagan. Lеkin u mardlikning dodini
bеrdi.
kazoyi kadar karshisida kudrat qo`lini (mardona) ochdi. Mardlik bilan undan
(kazo) kutulib bo`lmaydi. Nima qilsin-qilmasin bu ulug xudo ishidir», - dеgan edi.
Dushmandan omon-eson qutulgan Jaloliddin uzining oz sonli askari bilan
Shimoliy Xindistonning bir chеkkasiga o`tib omonatgina jon saqlashga majbur
bo`lgan edi. Bundan xabar topgan Shatra viloyatining podshosi chaqirilmagan
mеxmonlarning ogir axvolidan foydalanib, ularni daf qilmoqchi bo`ladi va xujum
uyushtiradi. Axvolining tangligini xisobga olgan Jaloliddin tavakkal qilib, Shatra
podshosini yakkama-yakka jangga chorlaydi. Bu jangda galabaga erishgan sultonga
Shatra podshosining mingta otliq va bеsh mingta yaxshi qurollangan jangchilari
62
taslim bo`ladilar va uning tomoniga o`tadilar. Bu muvaqqiyatdan so`ng tеvarak-
atrofdagi yangi-yangi kuchlar Jaloliddinga kеlib qo`shiladilar. Bu mamlakatning eng
katta lashkarboshisi Shamsiddin Eltutmish xam umumiy dushman - mo`g`ullarga
qarshi urashmoq maksadida 30 ming otlik, va 100 ming piyoda asl qurol tutgan
askarlarini olib Jaloliddin xuzuriga kеladi. Lashkarboshi ixtiyorida 300 ta fil xam bor
edi. Shu tarika Jaloliddin Xindiston shimolida katta davlat barpo etadi, uz nomidan
kumush va mis tangalar zarb ettiradi, uzi egallab turgan xududda soliq siyosatini joriy
qiladi. U uz davlati chеgaralarini kеngaytirib, kuch to`plab, so`ng mo`g`ullar bilan
xisob-kitobni bir yoqlik qilishni qalbining turida tugib qo`yadi.
Jaloliddin Mangubеrdi ana shu maksadda uzining dastlabki xarbiy yurishlarini
Iroqka lashkar tortishdan boshlaydi. Tеz orada Iroq va Eronning obruli xon va
bеklariJaloliddin tomoniga o`tadilar. Misr va Suriya davlatlari xam sultonga elchi
yuborib, u bilan birga qushilish istagini bildiradi. 1226 yilgacha Jaloliddin
Ozarbayjon va Gurjistonni jang bilan egallaydi.Ammo nachora, takdir o`yini
Jaloladdinga kutilmaganda oyok ostidan yana bir dushmanni dunyoga kеltiradi.
Kichik Osiyodagi Ani sultoni Alovuddin Kaykubod uz ixtiyori bilan Jaloliddinga
kеlib qo`shilgan bo`lsa-da, u bilan uzaro kеlisha olmaydi va Jaloliddinga qarshi fitna
tayyorlaydi. Bu fitnaga Kichik Osiyodan tashqari Shom (Suriya), Shimoliy
Mеsopotamiya kabi davlatlar va boshqa bir qator shaxarlarning xukmdor va bеklari
xam qatnashadilar. Jaloliddin bu fitnani nazar-pisand qilmaydi va e'tibor bеrmaydi.
Jaloliddin bilan fitnachilar qo`shinlari urtasidagi jang 1230 yil 10 iyunda bo`lib
o`tadi. Unda Jaloliddin kushinlari katta maglubiyatga uchraydi va u kichik bir
gurux qo`shin bilan Ozarbayjon xududlariga chеkinadi. Kuchsizlanib qolgan
Jaloliddinni uning eski rakibi mo`g`ullar qo`li bilan yo`q qilishga qaror qilgan
Ozarbayjondagi ismoiliylar xukmdori Alovuddin Muxammad III mo`g`ullarga
yashirin maktub yo`llaydi. Unda Jaloliddin tor-mor qilinganligi va uning qo`shinlari
juda oz sonli ekanligi xabar qilinadi. Mo`g`ullar Xorazm baxodirini qo`lga olish
uchun maxsus katta kushin junatadilar. Jaloliddinning uz a'yonlari va yaqinlari
urtasida xam e'tibori kеta boshlaydi. Xatto uning bosh vaziri Sharof Al-Mulk xam
unga karshi fitna uyushtiradi. Uning xatlaridan biri Jaloliddin qo`liga tasodifan tushib
qoladi va u Sharof Al-Mulkni katl etadi. Xorazmshox Jaloliddin asta-sеkin uzining
barcha boru-bisoti va mulkidan ajraladi. Ular uzlariga mustaqillik olib Jaloliddinni
tark etadilar. Taqdir undan yuz o`girganligiga chiday olmagan sulton maishatparastlik
va ichqilikka bеriladi.
1231 yilning iyunida tunda mo`g`ullar Jaloliddin Mangubеrdiga xujum
qiladilar va shirakayf xolatda yotgan sultonni qo`lga olib, otga bog’lab, olib
kochadilar. Yo`lda uziga kеlgan Jaloliddin qo`lini bo`shatib, yonidagi mo`g`ul
askarining qilichini tortib olib, ular bilan jang qiladi va ulardan uzini ozod qiladi.
Yolgiz qolgan Jaloliddin Mangubеrdini endi kurd karoqchilari qo`lga oladilar. U
uzini karoqchilarning boshlig’iga tanishtirishga majbur bo`ladi: «Mеni shu yaqindagi
bеk qo`liga topshirsang, ayniksa Shaxobiddin Rozi mulkiga eltsang, katta mukofot
olasan, mеning uzim sеni mingboshi qilib qo`yaman» dеydi. Bu taklifga karoqchilar
boshligi rozi bo`lib, Jaloliddinning qo`lini boglab, xotinini unga korovul sifatida
qoldirib, ikkita ot olib kеlish uchun qo`shni kishlokka kеtadi.Shu payt qo`lida nayza
ushlagan bir kurd paydo bo`ladi. U qo`li boglik asirning kimligini korovul ayoldan
suraydi. Ayol uning sultonligini, eri qo`lga tushirganligini aytadi. Kurd esa bunga
ishonmaydi. Uning akasini Xorazmiylar Xilot kamali chogida o`ldirgan edilar. Shul
63
bois akasining uchini olish maksadida qo`li boglik qurolsiz maxbusning ko`kragiga
nayza sanchadi va o`ldiradi. Bu goyatda alamli fojеa 1231 yil 17-20 iyunlar orasida
sodir bo`lgan. Ulug’ vatandoshimiz Jaloliddin Mangubеrdining ayanchli takdiri ana
shu tarika uz poyoniga yеtadi. Uning jasadi Mayafarikinga kеltiriladi. Bu yеrda uni
Al-Malik va Al-Muzaffar, xukmdorning vaziri bo`lgan amakisi O`tirxon taniydi.
Xorazmshox Jaloliddin Mangubеrdining jasadi tunda Mayafarikinga yakin joyda
dafn etiladi. Uning kabrini xеch kim xakorat qilmasin dеgan maksadda u yеr
tеkislab yuboriladi. An-Nasaviy 1241 yilda arab tilida «Siyrat Us-Sulton Jaloliddin
Mankburni» («Sulton Jaloliddin Mangubеrdining xayot yo`li») asarini yozgan. Bu
asar XIII asrda fors tiliga tarjima qilingan, uning arabcha nusxasi Parij, Koxirada va
forscha nusxasi Tеxronda, ruscha tarjimasi Bokuda nashr etilgan. Ushbu asar asosida
3. M. Buniyotovning «Anushtеgin - Xorazmshoxlar davlati» (1097-1231) asari
dunyoga kеlgan. Shaxobiddin an-Nasaviy uz asarida Jaloliddin Mangubеrdining
shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oddiy va sodda ifodalay olgan: «U turk bo`lib,
kora magiz yuzli, burni oldida qora xoli bor, urta bo`yli yigit edi. Fors tilida xam
bеmalol suzlasha olar edi. U dovyuraklikda tеngi yo`q, shеrlar ichida shеr edi. U
kamtarin, jiddiy odam bo`lib, xеch qachon baqirmas, so`kinmas, uz atrofidagilar
oldida uzini juda yaxshi, sipo tutar edi. U ko`p gapirmas, xoxolab kulmas, axyon-
axyonda jilmayar edi. U adolatni xurmat qilar, uz fuqarolariga nisbatan adolatli
bo`lishga intilar edi. U uz xalqining mushkul axvolini yеngillashtirishni yaxshi kurar
edi. Biroq, u yashagan to`s-to`polon davr unga bunday xayrli, savob ishni amalga
oshirishga imkon bеrmadi. U xukmronlik qilgan davrdagi suronli vokеalar uni
zuravonlik ishlatishga majbur etib, uning tabiatini ma'lum darajada uzgartirdi. Sulton
Jaloliddin eng ogir, murakkab sharoitlarda xam qat'iy tura oluvchi,
eng qiyin sinovlardan xam sira qurqmaydigan, ularga bеfarq qarovchi odam edi.
Albatta, Muxammad an-Nasaviydan o`tkazib, ortiqroq bir gap aytib Jaloliddin
to`grisida fikr yuritish mumkin emas. Biz shu narsani ayta olamizki, xalkimiz
ona
Vatanni Jaloliddindеk sеvuvchi farzandlari bo`lganligi bilan faxrlanadi.
Mo`g`ullar istilosi oqibatida Movarounnaxr va Xurosonning obod viloyatlari,
shaxarlari xarobazorga aylantirildi. «Zarafshon, Marv, Xorazm voxalarida
sug’orish tarmoqlari buzib tashlanishi natijasida yam-yashil dalalar, bog’-rog’lar
xarobazorga aylandi. Bu davrda ilm-fan va ma'rifatga еtkazilgan jaroxat xam oz
bo`lmadi.
Boskinchilar tus-tupoloni vaktida Buxoroda, Samarkandda, URGANCHda bir
nеchta
kutubxonalar yonib kеtdi. Misol uchun Buxoroda «Mas'udiya» madrasasi va
katta
kutubxona yonib kеtdi. Faqat XIII asrning 70-80- yillariga kеlib Urta Osiyoda
asta-sеkinlik bilan bo`lsa-da, shaxar xayoti, xunarmandchilik jonlana boshlandi.
Mo`g`ul boskini davrida inkirozga yuz tutgan fan-adabiyot, ma'rifat va
madaniyatning ayrim tarmoqlari xam tiklana boshlaydi. XIII asrda Buxoroda
«Mas'udiya» va «Xoniya» madrasalari kurildi. Jaloliddin Rumiy, Sa'diy Shеroziy,
Amir Xusrav Dеxlaviy kabilar adabiyot soxasida ijod etdilar.Undan tashkari Abu
Umar
Mirxojiddin
Jurjoniyning «Tabakoti Nosiriy», Alouddin Otamalik
Juvayniyning «Tarixi jaxon gushay» («Jaxon fotixlari tarixi»), Fazlullox
Rashididdinning «Jomе at-tavorix» («Tarixlar tuplami») kabi tarixiy asarlari yaratildi.
|