2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

Abdullo Rudakiy
ning prozaik asarlari, Abo`lkosim Firdavsiyning «Shoxnoma»si, 
Gardiziyning «Zayn-ul-baxor» («Guzal xabarlar») asari, Nizomulmulkning 
«Siyosatnoma»si, Yusuf Xos Xojibning «kutadgu bilik» asarlari shu davrga oid 
bo`lib, undan tashkari shu davrlarda Zamaxshariy, Maxmud Qoshgariy, Amak 
Buxoriy, Suzani Samarkandiy kabilar xam ijod etdilar. 
Bu davr Urta Osiyoda mе'morchilik san'ati xam gurkirab rivojlandi. Buxoroda
Dеxgaron, 
Masjidi 
kalon, 
Namozgox, 
Magoki 
Attoriy 
masjidlari, 
Surxondaryodagi
Jarkuton minorasi, Ko`xna URGANCHda Faxriddin Roziy makbarasi, Marvdagi 
Sulton Sanjar makbarasi va boshqa yodgorliklar mе'morchilik san'atining yorqin 
namunalari xisoblanadi. IX-XII asrda dunyoviy fanlar bilan birga diniy bilimlar xam 
kеng rivojlandi. Ismoil Buxoriy, Iso Tеrmiziy, Burxonuddin Margiloniy, Abu Xafs 
Kabir Buxoriy kabi ulamolar islom ta'limotining rivojiga ulkan xissa qo`shdilar. 
Islom dini ta'limotining ravnaqi va targibotining kеngayishida Buxoro shaxri 
markaziy urin egalladi.Tasavvuf ta'limoti rivojlanib, Orta Osiyoda uning turli xil 
yo`nalishlari (XII asrda Turkistonda Yassaviya, XIII asr oxirida Xorazmda 
Kubraviya, XIV asrda Buxoroda Nakshbandiya) paydo bo`ldi va tarqaldi. 
Ma'lumki milodning IX-XI asrlari Markaziy Osiyoda tabobat va kimyo ilmlarini 
chuqur o'rganib, ularni rivojlantirgan Abu Bakr ar-Roziy, buyuk faylasuf Abu Nasr 
al-Forobiy, ilmu-n-nujum va jo'g'rofiya fanlarining taraqqiyotiga munosib hissa 
qo'shgan Abo`l Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nasir al-Farg'oniy, olamga 
mashhur xoziq tabib Abu Ali ibn Sino kabi buyuk allomalar davri edi. 
O'sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-
Xorazmiydir. Bu olim haqida juda kam ma'lumot saqlanib qolgan.
Olimning to'lik ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Xorazmiy. Uning 
yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o'tgan. U bu 
shaharlarda yashadi, ta'lim oldi va ilmning bir qancha jabhalarida katta 
muvaffaqiyatlarga erishdi. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi 976-
997 yillarda hukmronlik qilgan Somoniylar podshohi Nuh II ning vaziri Abu Hasan 
al-Utbiy (977-982) huzurida kotib bo'lib xizmat qilgan davrida cho'qqiga chiqqan. 
Shu vazifasi tufayli u “al-kotib al-Xorazmiy” ismi bilan ham tanilgan. O'z xizmat 
vazifalari yuzasidan Somoniylar poytaxti Buxoroga tez-tez borib turgan va u yerda 
ko'pgina allomalar bilan hamsuhbat bo'lgan bo'lsa ajab emas. Abu Abdulloh al-
Xorazmiy 997 yilda vafot etgan. 
Olimning dunyoqarashi o'sha davrda keng taralgan qadimgi Yunon falsafasi va 
madaniyati, Sharq namoyondalari YOqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy 
hamda Abu Bakr ar-Roziy ta'siri ostida shakllandi. 
Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan 
foydalanish huquqiga ega ham edi. Bu kutubxonaning tavsifi Abu Ali ibn Sinoning 
o'zi yozgan tarjimai holida quyidagicha berilgan: “Bir kuni shohdan kutubxonasiga 
kirishga va u yerdagi tibbiyotga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruxsat so'radim. Shoh 


52 
menga ruxsat berdi. Men ko'p xonalardan iborat kutubxonaga kirdim. Har bir xonada 
kitob sandiqlar turar, kitoblar esa ustma-ust taxlab quyilgan edi. Xonalarning birida 
arab kitoblari, she'rlari, boshqasida fiqhga oid asarlar turardi. Shu tartibda har bir 
xonada ma'lum bir fanga oid kitoblar to'plangan edi. Keyin bizdan oldin o'tgan 
olimlar kitoblari ro'yxatini o'qib chiqdim va undan keraklarini talab qildim.
U yerda shunday narsalarni ko'rdimki, ko'pchilik hatto ularning nomlarini ham 
eshitmagan bo'lsa kerak. O'zim ham ularni bundan avval ko'rmagan edim. Bundan 
keyin ham uchratmadim. O'sha kitoblarni o'qib, ulardan bahramand bo'ldim, shu bilan 
har bir muallifning ilmdagi darajasini bilib oldim. 
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko'pchilik asarlari 
singari o'z davrining ilmi arab tilida bitilgan, yagona ma'lum bo'lgan asari – “Mafotih 
al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asaridir. “Mafotih al-ulum”ning qo'lyozma nusxalari 
uncha ko'p emas. Yaqin-yaqingacha uning to'rt nusxasi bor deb hisoblab kelinadi. 
Ana shu to'rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya mo'zeyida hamda Berlin 
qutubxonasida saqlanadi. 
Asrimizning 60-yillarida amriqolik olim Bosvart Turkiya kutubxonalarida 
ushbu asarning yana olti nusxasi borligini aniqladi. Bu olti nusxaning hammasi 
Istanbo`l shahridagi kutubxonalarda saqlanadi. 
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari o'rta asrlarda fanlarning rivojlanish 
tarixiga molik kamyob manba sifatida davrimizning ko'pgina olimlarning e'tiborini 
o'ziga jalb etdi. 
Birinchi bo'lib bu manbani o'rgangan va 1160 yildagi qo'lyozma nusxasi 
asosida uning aniqlangan 1895 yilda kashf qildirgan olim – gollandiyalik olim Van 
Flotendir. Akademik I.YU.Krachkovskiyning fikricha, bu asar 976 va 991 yillar 
orasida yaratilgan. Olim Broqelman uni qisqa va aniq ma'lumotlarni o'z ichiga olgan 
hamda ko'p fanlar yoritilgan qomusiy asar deb baholasa, E.Videman asar muallifi 
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning birinchi musulmon ilmini fan nuqtai nazaridan 
ajratuvchilardan deb ta'kidlaydi.
“Ilmlar kalitlari” o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma 
asosiy fan sohalarini qamrab olgan. Muallif o'rta asrlardagi har bir fan mazmunini 
asosiy voqealarini sharhlash yo'li bilan tushuntirib bergan. Binobarin, akademik 
I.YU.Krachkovskiy ta'kidlaganidek, bu asar o'sha davr bilimlarining barcha 
sohalarini o'z ichiga oluvchi izohli terminologik lug'atdir. 
Abu Abdulloh al-Xorazmiy 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin