67
Tegirmon toshlari harakatga keltirilar edi. Buning uchun tegirmon parragining
pastki qismi sharillab oqib turgan suv ichiga joylashtirilardi. Bunday parrak quyidan
harakatlantiruvchi parrak deb atalardi. Keyinroq boshqa parrak ixtiro qildi. Suv
yukoridan pastga zarb bilan tushib, uni harakatga keltiradi. Bunday parrak yuqoridan
harakatga keltiruvchi parrak deb atalardi.
Metallarni ishlashda suv parragi vositasi bilan bir tonnagacha og`irlikdagi
to`qmoq harakatga keltirilardi, qog`oz ishlab chiqaruvchi korxonalarda suv parragi
yordamida presslar yukoriga ko`tarilar va maydalar, hamda ulardagi suv nasos bilan
tortib chiqarilardi. Bu shaxtani chuqurroq qazish va rudani ko`proq qazib olish
imkoniyatini beradi.
XIV asrda Gollandiya va Angliyada yangi lentali tikuv dastgoxi deb ataluvchi
dastgoxni ixtiro qilish – to`qimachilik ishlab chiqarishni rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega bo`ldi. XVI-XVII asrlarda Yevropada soat ishlab chiqarish tobora
kengayib bordi. XV asrning oxirida prujinali cho`ntak soatlari ishlab chiqarildi. Soat
ishlab chiqarish markazlari turli mamlakatlarda Frantsiya (Parijda) Islandiyada,
SHvetsariyada bunyodga kelgan edi. XVII asr urtalarida manyatnikli devor yoki
minora soatlari ixtiro qilindi. Ayni vaqtda manifaktura davrda tegirmonlar tobora
keng tarqaldi. Asrning boshlarida va urtalarida tegirmonlar asosan shamol va suv
yordamida ishlar edi. Metallarni eritish va qayta ishlashda ham ancha yangiliklar
bo`ldi. Avvallari metal, qo`l bosqonlari bilan xavo kiritilgan kichik pechlarda
eritilardi. XVI asrlarda temir rudasidan cho`yan eritib olinadigan va balandligi 3-4
metr bo`lgan katta pechlar domnalar qurila boshlandi. Domnalar qurilib ishlay
boshlagach avvalgiga qaraganda ko`proq metall eritiladigan bo`ldi. XVI asrlarda
qamal qilishda og`ir to`plar ham, engil to`plar ham qo`llanilardi, shu bilan birga
snaryadlar ham otishardi. To`pponchalar va og`ir miltiqlar mushketlar paydo bo`ldi.
O`q otadigan qurolni paydo bo`lishi va tarqalishi bilan har bir texnikada katta
uzgarish yuz berishi XV-XVI asrdagi eng muxim texnika kashfiyotlarini hunar
ustaxonalarida, kimyo korxonalarida qo`llash mumkin emasdi. G`arbiy Yevropada
katta qurolsozlik ustaxonalari, kemasozlik va bosmaxona kabi ko`plab odamlar
ishlaydigan korxonalar vujudga keldi.
G`arbiy Yevropada murakkab texnikaning taraqqiy qilishi bilan tabiatga kizikish
kuchaydi. Bu davrda faqat gumanitar fanlar, tasviriy san`atgina rivojlanib qolmasdan,
balki aniq matematika va tabiiy fanlar ham g`oyat zur muvaffaqiyat bilan rivojlana
boshlagan edi. Fan va texnikaning taraqqiy etishi mamlakatda hayotning uzgarishiga
olib keldi.
Dostları ilə paylaş: