2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

 
Takrorlash uchun savollar. 
1.Bu davrning insoniyat taraqiyotidagi ahamiyati qanday?
2.O'lkamiz hududida necha marta uyg'onish davri bo'lib o'tgan? 
3.Ajdodlarimizning insoniyat sivilizasiyasi taraqqiyotiga qo'shgan buyuk 
xizmatlari nimalardan iborat.?
4.Ular qo'lga kiritgan, erishgan yutuqlarning asosiy omili nimalardan iborat edi?
 
8-MAVZU. Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo 
sivilizatsiyasida tutgan o’rni 
REJA 
1.Buyuk vatandosh allomalarimiz Muso al-Xorazmiyning “Bayt ul-hikma” 
dagi faoliyati. Uning “Al-jabr va al-muqobala” asari. Ushbu asarni XII asrda 
2.Ispaniyada lotin tiliga o’girilishi. Ahmad-al-Farg’oniy va uning “Samoviy 
qarakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi asari.
3.Yevropada XII asrdayoq 
“Alfraganus” nomi bilan tanilishi. Abu Nasr Farobiy Markaziy Osiyolik 
mashhur faylasuf.
4.“Mualim-us-Soniy” ijodida Bag’dod davri. Uning o’rta asr davri tabiiy-ilmiy va 
ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratishi. 
Tayanch tushunchalar: 
Muso al-Xorazmiyning “Bayt ul-hikma”dagi faoliyati. 
Ahmad-al-Farg’oniy va uning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” asari. Ilm 
va san'at fazilatlari”, “Fozil shahar aholisining maslagi” va “Musiqa haqida katta 
kitob” asarlari. Xorazm Ma'mun akadеmiyasi. Ibn Sino va uning “Tib qonunlari” 
asari. Abu Rayhon Bеruniy. Mahmud Qoshqariy yirik tilshunos olim. “Dеvonu 
lug’atit turk”
 
Adabiyotlar ro’yxati: 
1.Karimоv I.A. Avlоdlarning barkamоl rivоji — O’zbеkistоn taraqqiyotining 
asоsi. T., 1997. 
2.Karimоv I.A. Mafkura — bu millat, jamiyat va davlatni birlashtiruvchi bayrоq. 
T., 1998. 
3.Haqiqat manzaralari. 96 mulitоz faylasuf. T, “YAngi asravlоdi”.2002 
4.Ma’naviyat yulduzlari.T.,2001. 
5.G’arb falsafasi T, “SHarq”2004 


49 
6.
http://www.guldu.uz/uzhistru.html
 
VIII asr oxiri-IX asr boshida xalifalikni larzaga kеltirgan ogir siyosiy vaziyat
abbosiylarning Movarounnaxr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini 
uzgartirishga majbur etdi. Birin-kеtin Orta Osiyoda toxiriylar, safforiylar, somoniylar 
davlatlari tashkil topdi. Mamlakatda sodir bo`lgan bunday siyosiy uzgarishlardan 
sung Movarounnaxr Xurosondan ajralib uz mustaqilligini tula tiklab olish imkoniga 
ega bo`ldi. Movarounnaxrni birlashtirib mustaxkam davlat tuzgan davlat arbobi 
Ismoil Somoniy 900 yilda Xurosonni xam safforiylardan tortib olib ulkan davlat 
barpo etdi. Xalifa somoniylar davlatini tan olishga va unga xukmronlik yorligini 
yuborishga majbur bo`ldi. Shu tarika IX asr oxirlariga kеlib, Movarounnaxr xalklari 
Arab xalifaligidan abadiy xalos bo`ladi va arab xalifaligidan mustaqil bo`lgan yirik 
fеodal davlat-Somoniylar davlati tashkil topadi.Somoniylar mamlakatni boshkarishda 
davlat ma'muriyatini tashkil etadilar.
Mamlakat unta dеvon (dеvoni vazir, dеvoni mustafi, dеvoni amir al-mulk, 
dеvoni
soxib ash-shurat, dеvoni soxib al-borid, dеvoni mushrif, dеvoni muxtasib...)
boshkaruvida idora etilgan. Somoniylar xokimiyati yirik zamindorlarning 
manfaatini ximoya qiluvchi mustaqil fеodal davlat edi («mulki sultoniy», «mulk 
еrlari», «vakf еrlari») X asr oxiriga kеlib, mamlakatda avj olib kеtgan uzaro urushlar 
uning iktisodiy va siyosiy kudratiga katta putur еtkazdi va somoniylarning 
koraxoniylar davlatidan maglubiyatga uchrashiga olib kеldi. XI asr boshlarida 
somoniylar davlati xududlarida ikki davlat: koraxoniylar va gaznaviylar davlatlari 
paydo bo`ldi.Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo`lib idora qildilar. XI-
XII asrlarda Urta Osiyoda mulkchilikning yangi turi-ikta' tartiboti urnatiladi («mulki 
sultoniy», «ikta'», «vakf еrlari», «mulk еrlari»). XII asrning 30-yillari oxirida 
Movarounnaxr Sharqdan kеlgan kuchmanchi koraxitoylar xujumiga duchor bo`ldi. 
IX-XII asrlarda mamlakat ma'naviy xayotining asosi islom mafkurasi edi.
Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta axamiyat bеrdilar. Buxoro 
sharqda
islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar 
kurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi. 
Movarounnaxrda ko`p o`tmay xatto ona tilidan kura arab tili va yozuvini 
yaxshiroq bilgan bilimdonlar paydo bo`ldi. Maxalliy bilimdonlar uz vatanida quvg`in 
ostiga olinib, ko`pgina tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaxarlari-Damashq, 
koxira, Bagdod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga 
majbur bo`ladilar. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ko`plab bilimdon 
siymolarga muxtoj edi, chunki arablar orasida shu davrda davlat ishiga yaroqli 
bo`lgan bilimdonlar xali oz, borlari xam zaif edi. 
Eng mashxur madaniyat markazi shu davrda Bagdod shaxri edi. Bagdodda 
«Bayt ul-xikma» (Donishmandlar uyi) tashkil etilgan edi. «Bayt ul-xikma»da Axmad 
Fargoniy, Muxammad ibn Muso Xorazmiy, Axmad ibn Abdullox Marvaziylar ta'lim 
olganlar. IX-X asrlarda Urta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi. Uning ildizlari Urta 
Osiyo, ayniksa, Xorazm, shuningdеk Bobil, Eron, Xindistonning antik dunyosiga va 
qadimgi madaniyatiga borib taqalar edi. IX-XII asrlarda arab tilida asarlar yozgan 
eng mashxur olimlar Axmad Fargoniy, Muxammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Nasr 
Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Bеruniy, Abo`lxayr Xammor, Abunosir 


50 
Arron va boshqalar edi. 1998 yil Axmad Fargoniyning 1220 yilligi nishonlandi. 
Axmad Fargoniy (797-865)astronom, matеmatik, gеograf edi. Bagdod yakinda Rakok 
nomli mavzеda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil 
etadi. Uning "Kitob fi Usul ilm an-Nujum" ("Falakiyot ilmining usullari xakida 
kitob"), "Falakiyot risolasi", "Al-Majistiy", "Ilm -xayya", «Al Fargoniy jadvallari», 
«Usturlob bilan amal qilish xaqida», «Oy, yеrning ustida va ostida bo`lganida vaqtni 
aniqlash risolasi","Yetti iqlim xisobi", "Usturlob yasash xakida kitob" asarlari 
mashxur 
xisoblanib, 
ularning 
qo`lyozmalari 
Angliya, 
Frantsiya, 
Gеrmaniya,Misr,Xindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda. Axmad Fargoniy 
yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan soxasida bo`lishidan qat'iy nazar 
pishiq,puxta va nixoyatda mukammal bo`lgan. XII asrdayok olimning asarlari lotin 
tiliga tarjima qilingan va Yevropaga tarqalgan. Еvropaliklar Axmad Fargoniyni Al 
Fraganus dеb ataganlar. Uning asarlari lotin, nеmis, ingliz,frantsuz, rus va boshka 
tillarga tarjima qilganlar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin