Takrorlash uchun savollar
1.
Falsafa faninig boshqa fanlar bilan qanday bog’liqlik tomoni bor?
2.
Ilmlar o’rta asrlarda qanday tasniflangan?
3.
Sharqda birinchi bo’lib ilmlar tasnifi masalasiga yondashgan va uni hal
qilishga harakat qilgan olim kim?
4.
Algebra fanining asoschisi kim?
5.
Bag’dodda faoliyat yuritgan “Bayt ul-Hikma” Ma’mun akademiyasi
haqida nimalarni bilasiz?
6.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning aniq fanlarga qo’shgan ilmiy
hissasi nimalardan iborat?
7-MAVZU. Markaziy Osiyolik allomalarning bashariyat ilmiy
taraqqiyotiga qo’shgan ulushi
REJA
1.Markaziy Osiyodan еtishib chiqqan Daholar. Fan tarixida “Daholik fеnomеni”
Buyuk muqaddis allomalar.
2.Hadis ilmi rivojidagi oltin davr. Imom al-Buxoriy va uning “Al-Jomе' as-sahih”,
“Al adab-al-mufrad” asarlari. Imom Buxoriy hadislari eng ishonchli manba. 3.Abu
Iso Muhammad at-Tеrmiziy va uning “Al-Jomе'”, “Ash-Shamoil an-Nabaviya” kabi
asarlari va
ularning butun musulmon olamidagi ahamiyati.
4.Qaffol ash-Shoshiy buyuk musulmon qonunshunosi
40
Tayanch tushunchalar:
Renessans, IX-XII, XIV-XV asrlardagi, Muhammad
Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Xorazmiy,
Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg'iloniy, “Hisob al-Jabr va al-Muqobala»,
«Hind hisobi haqida kitob», «al-Farg'oniy jadvallari», «Oyning Yer ostida va ustida
bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Alfraganus»
«Najot kitobi», «Tayr qissasi», «Salomon va ipsol», «Quroni Karim»
"Al-Jome' as-Sahix" , «Risola fi-l-xilof va-l-jadal».
Adabiyotlar ro’yxati:
1.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin.-T.:O'zbekiston, 1994 y.
2.Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat.-T.: O'zbekiston, 1994 y.
3.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.-T.:Sharq, 1998 y.
4.Bahodirov R. Abu Abdulloh al-Xorazmiy va ilmlar tasnifi tarixidan.-T.:
O'zbekiston, 1995 y.
5.Jalilov S. Imom al-Buxoriy haqida suhbatlar. Fan va turmush.-1998.-№5.
6.Imom Ismoil al-Buxoriy. Hadislar.-T.: Sharq,1992 y.
7.Irisov A. Hakim ibn Sino.-T.: 1990 y.
8.Ma'naviyat yulduzlari. Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar,
adiblar.-T.: 1999 y.
9.Rustamov A. Mahmud Zamahshariy.-T.: Fan, 1979 y.
10.Saitov YE., Saidov A. Ahmad al-Farg'oniy buyuk matematik. Fan va
Turmush.-1998.-№5.
11.Sulaymonova F. Sharq va G'arb.-T.: 1997 y.
12.Xayrullayev M. O'rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati.-T.: Fan, 1994y.
13.Qodirov A. O'rta Osiyoda medisinaning paydo bo'lishi.-Toshkent: 1990y.
Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar
sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan
ulus-elatlar o'rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga
keldiki, buning orqasida o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish
jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik
o'sdi, aholi farovonligi ko'tarila bordi.
Movarounnahr shaharlarining jug'rofiy nuqtai nazaridan Buyuk ipak yo'lining
eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan,
yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari,
zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida o'lkaning
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi. Buyuk ipak yo'liga
tutash aholi manzilgohlarida obod va ko'rkam shaharlar vujudga keldi. Jumladan,
birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin shaharlar mavjud bo'lsa, XI
asr o'rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi.
Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari
to'xtovsiz kengayib borgan, ko'plab irrigasiya inshootlari, sug'orish kanallari, suv
ayirgichlar qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha o'sadi. Somoniylar
poytaxti Buxoroga har tomondan olimu-donishmandlar, sayyohu-tijoratchilar,
me'moru-hunarmandlar oqib kela boshlagan.
41
Somoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolasiga mansub
ma'rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag'bat berishlari
orqasida ko'plab, iste'dod sohiblarining salohiyati, ijodi o'sib, yuksalib borgan. O'sha
davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko'rsatgan
kutubxonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo'lyozmalar to'planganki,
bo`lardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo'lmoqdalar.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining
ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan,
matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, biologiya, geodeziya, jug'rofiya, falsafa
singari dunyoviy fanlarning ta'mal toshi shu davrda qo'yildi.
Olloh nazari tekkan muborak yurt zaminidan yetishib chiqqan Muhammad Muso
al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr
Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Mahmud az-
Zamahshariy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi qomusiy bilim sohiblarining ilm-fanning
turli-tuman sohalaridagi bebaho ilmiy va ma'naviy meroslari to'la ma'noda dunyoviy
ahamiyatga molikdir.
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy
(783-850) nomi fan tarixida alohida o'rin tutadi. Olim o'zining «Hisob al-Jabr va al-
Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola»,
«Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning
arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi paytda biz
foydalanayotgan o'nlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi.
Allomaning «al-Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi.
Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental
ahamiyatga egaki, u arab tilida ko'plab georafik asarlarning yaratilishiga zamin
yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan Xorazmiy
yaratgan «Zij» Ovro'pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanish
yo'llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi»)
asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalklarining VIII-IX asrlarga oid
tarixini to'laqonli yoritishda muhim qo'llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy
dunyosining yirik markazi Bag'doddagi Ma'mun akademiyasida ishlagan davrlari
uning iste'dodining eng barq urgan payti bo'ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida
ilm ahliga ibrat bo'ldi.
O'rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg'oniy (797-865) nomi
alohida ko'zga tashlanib turadi. Olimning to'liq ismi Abo`l Abbos Ahmad ibn
Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy bo'lib aslida Farg'onaning Quva shahrida tavallud
topgan. Ilm yo'lida zahmat chekib ko'p yurtlarni kezgan. Umrining ko'p qismini
xorijiy ellarda, xalifalik markazlari o'tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati
fan yo'liga bag'ishlangan. Ahmad al-Farg'oniy yetuk astronom, matematik va geograf
olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko'plab fundamental asarlarning muallifi
Bag'doddagi Baytul Hikma (akademiya) ning nomdor namoyondalaridan biridir.
U xalifalik poytaxti Bag'dodda yoki Suriya, Misrda bo'lmasin o'sha joydagi ilm
ahli bilan bahamjihat bo'lib o'sha davr fanining turli yetilgan dolzarb muamolarini hal
etishda faol ishtiroq etdi. Jumladan, uning Yer shari xaritasini tuzishdagi Suriya
shimolida, Sinjor sahrosida yer meridiani bir darajasining uzunligini o'lchashdagi
yohud Misrning qon tomiri-Nil daryosi suvi sathini o'lchashdagi ulkan xizmatlari
benazirdir. Al-Farg'oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo'lgan «Astronomiya asoslari
42
haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «al-Farg'oniy jadvallari», «Oyning
Yer ostida va ustida bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Yetti iqlimni
hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy», «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash nomli
kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. Al-
Farg'oniyning fandagi ulkan shuhrati, Sharqu G'arbda ham birdek ulug'lanib kelinadi.
U g'arb olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur.
Mustaqil O'zbekiston zaminida bu alloma nomini e'zozlab, 1998 yilda bu zoti
sharif tavalludining 1200 yilligini shodiyona sifatida nishonlaganimiz tarixiy
haqiqatning tiklanganligi bo'ldi. «Ahmad al-Farg'oniy,-deb ta'kidlagandi I.A.Karimov
alloma yubileyi tantanalarida so'zlagan nutqida,-kishilik tarixidagi ilk uyg'onish
davrining eng zabardast va yorqin namoyondalaridan biri o'z zamonasi fundamental
fani asoschilaridan edi.
Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho'qqilariga ko'tarilishiga sababchi bo'ldi
butun ma'rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo'lib xizmat qildi».
Jahon fani ravnaqiga benazir hissa qo'shgan uyg'onish fani davri daholari orasida
buyuk yurtdoshimiz Abu Nasr Farobiy (873-950) siymosi yorug' yulduzdek fan
osmonida charaqlab turadi. O'zining qomusiy bilimlari, ayniqsa, falsafa sohasidagi
betimsol xizmatlari bilan «Muallim us-soniy» («Ikkinchi Muallim» Aristoteldan
keyin), «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir.
Ilmu urfonga oshuftalik, insoniyat baxtu saodati yo'liga o'zini baxshida etishlik
Forobiy o'z tug'ilgan ona yurti-Farob (O'tror)ni o'smirlik chog'idanoq tark etib, o'sha
davrning eng mashhur ilm maskanlari hisoblangan Eron va Arabiston shaharlariga
borib bir umr ilm-fan bilan mashg'ul bo'lishga undaydi. U tabiiy va ijtimoiy fanlarga
oid 160 dan ziyod asarlar yaratgan. O'rta asrlar davri sharoitida vatanimiz sharafini
o'zining beqiyos dunyoviy asarlarida ulug'lagan, astronomiya, fizika, matematika,
geologiya, geodeziya, geografiya, mineralogiya, tarix singari fanlar yo'nalishida
mislsiz kashfiyotlar qilgan qomusiy bilim sohiblaridan yana biri Abu Rayxon
Beruniy (973-1048)dir. Asli Xorazm yurtida bo'lgan allomaning butun hayoti
to'laligicha ilm-fanga bag'ishlangan. Uning qalamiga mansub yuzlab noyob asarlar
ichida bizning davrimizgacha saqlanib o'z bebaho ahamiyatini yo'qotmay, bugungi
avlod kishilari uchun o'rganish manbai bo'lib, kelayotganlari ham talaygina. Bo`lar
jumlasiga «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazmning mashhur
kishilari»,
«Hindiston»,
«Ma'sud
qonuni»,
«Mineralogiya»,
«Saydona»,
«Astrologiyaga kirish», «Astronomiya kaliti», «Jonni davolovchi quyosh kitobi»,
«Foydali savollar va to'g'ri javoblar», «Ibn Sino bilan yozishmalar» singari tarixiy
kitoblarni kiritish mumkin. Beruniy asarlari asrlardan buyon Sharqu G'arbda keng
tarqalgan bo'lib ular yuksak qadr topgan. «Hindiston» asari to'g'risida so'z yuritgan
olim V.R.Rozin «Sharq va G'arbning qadimgi va o'rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti
orasida bunga teng keladigan asar yo'q» deb baho beradi. Beruniyning
«Mineralogiya» asari ham o'z zamonasi uchun O'rta Osiyo Yaqin Sharq, hatto
Yevropada ham mineralogiya sohasidagi tengi yo'q asar sifatida e'tirof topgan.
Alloma merosi uning bugungi mustaqil yurtida minnatdor avlodlari nigohida, doimiy
e'tiborida, e'zozidadir.
Abu Rayxon Beruniyning zamondoshi va safdoshi Abu Ali Ibn Sino (980-1037)
ham o'z davrining yetuk allomasi fan fidoyisi sifatida mashhurdir. Buxoroi sharifning
Afshona qishlog'ida tug'ilib voyaga yetgan ibn Sino 18 yoshlik chog'idanoq el orasida
yetuk tabib, olim sifatida tan olingan, uning dovrug'i Somoniylar saroyida ham
43
ma'lum va mashhur bo'lgan. Taqdir hukmi uni qayerlarda yashashga umr guzaronlik
qilishga maxkum etmasin, u dunyoviy ilmlarni o'rganishdan, ularni chuqur tadqiq
etishdan charchamadi. Ibn Sino asarlari umumiy sonining 450 dan oshishi ham bunga
guvohdir. Biroq bo`lardan 160 ga yaqini bizgacha yetib kelgan, xolos. Alloma nomini
dunyoga tanitgan narsa, bu uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn
Sinoning arab tilida yaratgan 5 jildli «Tib qonunlari» asari tibbiyotga oid benazir
dasturul amaldir. Besh mustaqil kitobdan iborat bu majmuani ko'zdan kechirar
ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni
davolash borasida maxoratiga, bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan «Tip qonunlari»
ning ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari bayon etilganligi buning
ayni isbotidir.
Olimning tibbiyotga doir 22 jildan tashkil topgan «Kitob ush-shifo» («shfo
kitobi») asari ham mavjud. Abu Ali Ibn Sino faoliyatining ko'p qirraligi yana
shundaki u ilm fanning boshqa sohalarida ham barakali ijod qilgan. Uning
"Donishnoma ", «Insof kitobi», «Najot kitobi», «Tayr qissasi», «Salomon va ipsol»,
«Xayy ibn yaqzon» kabi falsafiy asarlari, 10 jildli «Arab tili kitobi» buning yorqin
ifodasidir.
Tarix ilmida benazir bo'lgan Muhammad Narshahiy (899-959) o'zining «Buxoro
tarixi» («Tarixi Narshahiy») asari orqali o'z davrining katta, ko'lamli masalalarini
o'rtaga ko'yib, ularni xaqqoniy tarzda yoritib berdi. Kitobda arablarning O'rta Osiyoni
zabt etib kirib kelishi mashhur Muqanna qo'zg'oloni, shuningdek Somoniylar
davridagi davlat boshqaruvi tizimi pul munosabatlari, soliq tizimi, Buxoroning
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ko'plab qiziqarli ma'lumotlar aks etgan.
Buxoro vohasida sug'orish tarmoqlari to'g'risida, shaharsozlik, obodonchilik ishlari
haqida noyob materiallar berilganligi «Buxoro tarixi»ning qimmatli manba
ekanligidan dalolat beradi.
O'z zamonasi olimlari orasida peshqadam sanalgan tilshunoslik, qonunshunoslik,
hadisshunoslik, mantiq kabi kabi sohalarda nodir asarlar yaratgan. Kaffol ash-
Shoshiy (903-976) ijodi ham ko'p qirralidir. Allomaning «Odob al-qozi» («Qozining
fe'l-atvori»), «Odob al-bahs», («Bahs odobi»), «Xusni jadal», («Dialektika
go'zalligi») kabi asarlari unga katta shuhrat keltirgan. U she'riyat sohasida ham o'z
uslubi va yo'liga ega yetuk ijodkor bo'lgan.
Ko'hna Xorazm diyoridan chiqib, o'zining betakror ilmiy ijodiyoti bilan O'rta
Osiyo Uyg'onish jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsata olgan nuqtadon olim Mahmud az-
Zamahshariy (1075-1144) nomi ham fan osmonidagi yorqin yulduzlardan biridir.
Buyuk mutafakkir arab grammatikasi, lug'atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug'rofiya,
tavsir, hadis va fiqh (qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob asarlar muallifidir.
Uning «Al Mufassal», «Muqaddimat ul-adab», «Asos al-balog'a», («Notiqlik
asoslari»), «Xutbalar va va'zlar bayonida oltin shodalar», «Ezguliklar bahori va
yaxshilar bayoni», «Aruzda o'lchov (mezon)», «Nihoyasiga yetgan masalalar»,
«Nozik iboralar», «Qur'on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so'zlar ko'zlarini osish»
kabi asarlari butun Sharq va Arab dunyosida e'tirof topgan.
Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chag'miniy, Burxoniddin al-Marg'inoniy kabi
allomalarimiz yaratgan ilmiy-ma'naviy meros ham vatanimiz shuhratini olamga
taratdi.
Shunday qilib, O'rta Osiyo hududida yuz bergan uyg'onish davrida ko'plab
favqulodda iste'dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon fanining turli
44
yo'nalishlarida betakror kashfiyotlar, chinakam mo'jizalar yaratdilar. Bu bilan ular
Vatanimiz shonu-sharafini yuksaklarga ko'tardilar. Hamda kelgusi minnatdor
avlodlar uchun bitmas tuganmas boy meros qoldirdilar. Shu boisdan ham ulug'
ajdodlarimizning ruhi munavvar siymosi hamisha har birimizning jismu-jonimizda,
mehrimizda namoyon bo'lib turadi.
IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan, shu bilan
birga islomiy madaniyat va ma'naviyatining shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, bu
sohada talay yetuk olimu ulomolarining yetishib chiqib, Vatanimiz nomi va sha'nini
olam aro ulug'langanligi bilan ham tavsiflanadi.
Gap shundaki arablar istilosi va hukmronligi O'rta Osiyo xalklari uchun avvalda
qanchalik haloqatli oqibatlar, mislsiz vayronagarchiliklar olib kelgan bo'lsa-da, biroq
shu bilan birga bu yurtga islom dini ham kirib keldi. Yerli aholining asta-sekin islom
diniga kirishi, odamzod ahli uchun yakka-yu yagona Ollohni tanishi, unga, uning
rasuli (elchisi ) janobu Muhammad Alayxu Vassalomga e'tiqod bog'lashi, itoat etishi,
muqaddas kitob-«Quroni Karim»ni qabo`l qilishi, uning ilohiy so'zlari, oyatlariga,
tamoyillariga amal qilishi, bo`lar pirovardida islom madaniyatining diyorimizda
shakllanishiga asos bo'ldi. O'sha davrda Yevroosiyo, Afrikaning katta hududlariga
yoyilgan islom va uning ta'limoti tufayli O'rta Osiyo xalqlari o'zlarining tor, biqiq
holatidan chiqib, keng musulmon dunyosi bilan tutashdilar. O'lka aholisi arab fani,
madaniyati, ma'naviyati bilan yaqindan tanishish, ulardan bahramand bo'lish
imkoniyatlariga ega bo'ldi. Bu hol, shubhasiz, o'lkaning jahonga yuz tutishiga
imkoniyat yaratdi. Buning orqasida mahalliy xalq orasidan juda ko'p ilm-fanga
ishtiyoqmand yoshlarning arab va ajam mamalakatlariga borib diniy va dunyoviy
bilimlarni egallashi, zamonaning har tomonlama yetuk, bilimdon, ma'rifatli olimu-
ulamolari bo'lib yetishishlariga keng yo'llar ochildi. Xuddi mana shunday keng
ufqlar, imkoniyatlar kashf etilgani bois ham ulug' ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy,
Ahmad Al Farg'oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy, Abu Abdulloh Muhammad
ibn-Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Mahmud az-Zamahshariy singari
allomalar jahon kezib, mashaqqatlar ila ilm o'rganganlar, yetuk komil insonlar bo'lib
sharaf topganlar.
Shu bilan birgalikda o'lkaga islomning kirib kelishi va u bilan bog'liq xolda
yakka xudolik g'oyasining g'alaba qozonishi, yagona Olloh nomini e'tirof etilishi o'z
navbatida mahalliy xalqlar, elatlar birligi, ahilligi va jipsligiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.
Shuningdek yuksak insonparvarlik, do'stlik, birodarlik, o'zaro mehr oqibatlik,
muruvvatlik, ma'naviy poklik, rostgo'ylik, bir-birini qo'llab-quvvatlash tuyg'ulari
bilan sug'orilgan «Quroni Karim» oyatlari, g'oyalari ruhi yurt odamlarining ma'naviy
kamolotiga katta ijobiy ta'sir o'tkazdi.
Yurtimizda islomiy madaniyatning qaror topib, ildiz otib borishi barobarida
uning ulug'vor g'oyalari, asl maqsadlarini keng tashviq, targ'ib qilish, ayniqsa, hadis
ilmini asosli tadqiq etish kuchayib bordiki, bu borda zamonamizdan chiqqan bir qator
buyuk muhaddis olimlarning xizmati katta bo'ldi. Hazrati payg'ambarimiz
Muhammad Alayxu Vassalom nomi va u zoti sharifning muborak so'zlari bilan
bog'liq «Quroni Karim» oyatlari mazmuni moxiyatini teran tushinish va anglab
yetishga muhim kalit bo'lib xizmat qiladigan hadisshunoslik ilmi IX-asrda jiddiy rivoj
topdi. Bugun musulmon olamida eng ishonchli manbalar tan olingan 6 ta ishonchli
hadislar to'plami (as-saxih as-sitta) xuddi shu davrda yaratildi. Ular orasida «Hadis
ilmida amir al-mo'miniyn» degan sharafli nomga sazovor bo'lgan Imom Ismoil al-
45
Buxoriy (810-870) nomi yorqin ko'zga tashlanib turadi. Yuksak aql zakovat sohibi Al
Buxoriy Sharqning yirik ilmiy va ma'rifiy markazlaridan biri-Buxoroi sharifda
tug'ilib juda erta yoshligidan diniy bilimlarni chuqur egallaydi. 16 yoshlik davridan
boshlab u musulmon dunyosining ko'plab shaharlarini kezib, hadis ilmining siri
asrorlarini bilish, ularni to'plash va tadqiq qilish uchun tinimsiz sa'y harakatlarda
bo'ladi. Bu xaqda uning o'zi: «Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan,
Basriyaga to'rt marta borganman. Xijozda 6 yil yashaganman, Bag'dod va Kufa
shaharlariga necha bor borganim hisobini bilmayman», degan ekan.
Imom Buxoriy o'z safarlari davomida turli shaharlardagi 90 yaqin ustozlardan
ta'lim olgan. Ayni chog'da uning o'zi ham son-sanoqsiz shogirdlarga ustozlik qilgan.
Imom Buxoriy shogirdlari orasida Isxoq ibn-Muhammad ar-Ramodiy, Muhammad
al-Masnadiy, Xalaf ibn Qutayba, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-
Marg'oziy, Imom Ahmad ibn Xambal singari zukko olimlar nomi alohida ajralib
turadi.
Imom Buxoriy go'zal insoniylik sifatlariga ega bo'lishi bilan birga uning Quvai
hofizasi, xotirasi nihoyatda o'tkir bo'lgan. Manbalarda uning 600 mingga yaqin
hadisni yod bilganligi qayd etilgan.
Al Buxoriy keyingi nasllar uchun o'zidan katta, boy ilmiy meros qoldirgan.
Uning qalamiga mansub noyob asarlar ruyxati 20 dan oshadi. Bu asarlar orasida "Al-
Jome' as-Sahix" asari («Sahix Al Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi). O'zining
mukammalligi, ahamiyatining benihoyaligi bilan ajralib turadi. Alloma ibn Salohning
ta'kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni
takrorlanadiganlari bilan birga 7275ta, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan
iborat. Eng muhimi shundaki, bu sharafli ishni birinchi bo'lib al-Buxoriy boshlab
bergan bo'lsa, keyinchalik boshqa olimlar unga ergashib, hadislar to'plamini
yaratganlar.
Allomaning «Al-jome' as-sahih» asari asrlar davomida butun musulmon
dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, yer yuzi musulmonlari uchun
dasturilamal qo'llanma bo'lib kelmoqda. Uning 1325 yilda ko'chirilgan 8 jildddan
iborat mukammal nusxasi hozirda Istanbo`l (Turkiya)da saqlanmoqda. Uning asarida
ifodalangan mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq ko'ngillik, kattalarga hurmat, yetim
yesirlarga muruvvat, beva-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, halollik,
pokizalikka da'vat etuvchi yuksak insoniy fazilatlar, olijanob tuyg'ular, hamisha
insonlarga ma'naviy kuch-qudrat bag'ishlab kelgan.
Mustaqillik yillarida ulug' bobomizning boy ilmiy merosi xalqimizga yangidan
to'la nasb eta boshladi. Uning asarlari shu jumladan, «Al-jome' as sahih» asari (4
jildda) ona tilimizda ilk bor nashr etildi. 1998 yil oktabrida esa alloma tavalludining
1225 yilligi keng nishonlandi. Al-Buxoriy hoki-poyi dafn etilgan Samarqand
yaqinidagi Hartang qishlog'ida esa unga bag'ishlab yodgorlik majmua barpo etildi.
Imom Buxoriy yubileyi marosimidagi nutqida Prezidentimiz I.A.Karimov alloma
siymosini ta'riflab shunday degandi: «Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz
ma'naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji-eng ishonchli hadislar to'plami-
«Al-Jome' as-sahix» islom dinida Quroni Karimdan keyin e'zozlanadigan ikkinchi
manbadir. Butun dunyo musulmonlarining e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan
bitilgan kitoblarning eng ulug'idir.
Mana, o'n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan
munavvar etib, xaq va ezgulik yo'liga chorlab kelmoqda». Imom al-Buxoriyning
46
zamondoshi va shogirdi, o'z davrining mashhur allomasi-Abu Iso Muhammad at-
Termiziy (824-892) ham hadisshunoslik ilmini yuksak bosqichga ko'targan yorqin
siymolardandir. O'rta asrlar davrining yirik madaniy markazlaridan sanalgan Termiz
shahri atrofida (Bug' qishlog'ida-Hozirgi Sherobod tumani) tavallud topgan bo'lg'usi
alloma o'z ona yurtida daslabki ma'lumotni olganidan so'ng O'rta Osiyoning
URGANCH, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarida bilimini takomillashtiradi.
Bundan ham yetarli qanoat hosil qilmagan, hamisha ilmga chanqoq at-Termiziy
Sharq mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon,
Xuroson, Makka, Madina singari shaharlarda yashab, ilm-fanning turli sohalaridan-
ilm al-Qiroat, ilm al-Bayon, Fikh, tarix va ayniqsa, hadis ilmidan o'sha zamonning
yirik ustozi buzruklaridan ta'lim oladi. Ayni aytda at-Termiziyning o'zi ham yuzlab
shogirdlarga mehribon ustoz bo'lib, ularning hadis ilmining bilimdonlari sifatida
shuhrat topishlariga katta homiylik ko'rsatgan.
At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros yetib kelgan. Uning asosiy asarlari
sirasiga «Al-Jomi'» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-xadiys»(«Hadislardagi og'ishmalar»),
«Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va baxslar haqida risola»), «At-
tarix» («Tarix») qabilarni nisbat berish mumkin.
At-Termiziyning sara asarlaridan «Al-jami'» asari hadis ilmi bobida 6 ta
ishonchli to'plamlardan biri sifatida nihoyatda noyob asar hisoblanadi. Uning yana bir
mashhur asari «Ash-shamoil an-nabaviya» («Payg'ambarning alohida fazilatlari»)
bo'lib, bu asar payg'ambarimiz Muhammad Alayhu vassalomning shaxsiy hayotlari, u
zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 ta hadisu sharifni o'z
ichiga qamragan. Mazkur asar mustaqilligimiz sharofati bilan 1991 yilda «Shamoiliy
Muhammadiyya» nomi bilan Toshkentda o'zbek tilida birinchi bor ko'p nusxada chop
etildi.
Shunday qilib, hur, ozod yurtimiz kishilari Abu Iso at-Termiziy singari buyuk
o'tmishdoshlarimiz siymosini o'zlariga yangidan kashf qilib, ularning bebaho merosi
duru-javohirlaridan tobora to'laroq bahramand bo'lib bormoqdalar.
Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g'risida gap borganda dastavval ona yurtimiz
Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog'lik
ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu-urfoniga, taraqqiyotiga qo'shgan bebaho
hissasi haqida har qancha g'ururlansak arziydi.
Ulug'bek o'z davrining taniqli tarixchisi va adibi Davlatshoh Samarqandiyning
mana bu so'zlari ham xarakterlidir: «Olim, odil, g'olib va himmatli podshoh Ulug'bek
Ko'ragon.. yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi. Ma'oni ilmida qilni qirq
yordi. Uning davrida olimu-fozillar martabasi nihoyat cho'qqisiga ko'tarildi..».
Ulug'bek ilmiy maktabining eng katta yutug'i avvalo, astronomiya va
matematika sohasida yaratilgan muhim kashfiyotlardir. Masalan, Ulug'bek qalamiga
mansub «Ziji jadidi-Ko'ragoniy» asari o'zining beqiyos to'g'ri ilmiy yechimlari,
xulosalari bilan hozirga qadar ham olimlar e'tiborini qozonib kelmoqda. Asarda 1018
yulduzning o'rni va holatini aniqlab bergan. Shuningdek, bu ilmiy maktab
olimlarining 3 darajali algebrik tenglamalarini yechib, bir darajali yoyning sinusini
aniqlash borasidagi tadqiqotlari ham matematik tafakkurning katta yutug'idir.
Ulug'bek davrining fan peshvolaridan Qozizoda Rumiyning «Risola fil-hisob»
(«Hisobga doir risola», «Sharhi mulaxxas», «Fil-xay'at» (Astronomiya asoslariga
sharh) «Risolagul jayb» («Sinus haqida risola»); G'iyosiddin Jamshidning qomusiy
mazmunga molik 5 kitobdan iborat yirik matematik asari-«Miftoxil hisob» («Hisob
47
ilmi kaliti»), Ali Qushchining «Risola dar ilmi hisob», «Risola darxandasi», «Risola
dar falakiyot», «Risolai mantiq» singari asarlari o'z davri ilmiy tafakkurining bebaho
yutug'i bo'lib qolmay ular ayni chog'da ilm fanning keyingi rivojiga ham samarali
ta'sir ko'rsatdi. Bu davrning yana bir muhim bir yutug'i-bu ijtimoiy fanlar xususan
tarixshunoslik sohasida ham katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishning
kushoyish topishida ham Temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos
bo'lgan. Jumladan Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus
tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir
ko'rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma
olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Hofizu
Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa'dain va
majma' ul bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqishi o'rni va ikki azim daryoning
quyilishi joyi» ), Ibn Arabshohning «Amir Temurtarixi», Mirxondning yetti jildli
«Ravzat ul-safo» («Poklik bog'i»), Xondamirning «Makorimur Axloq» («yaxshi
fazilatlar»), «Habib us-siyar fi-axbor-afrod ul-bashar» («Harbarlar va bashariyat
odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining
yuksaklik darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu
hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid
ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga tilga olinayotgan davrning barcha
murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli
tarzda yoritilganligiga amin bo'lamiz.
Temuriylar davrida hattotlik, tasviriy san'at va musiqa madaniyati rivoj topdi. Bu
sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junayd Naqqosh, Temuriylar davri
xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vaqillari Sulton Ali Mashhadiy, Abdu Jamil
Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mir Ali Qil Qalam, Sulton Muhammad Nur va
boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, Nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-
Kuttab «(Kotiblar peshvosi ) unvoni sohibi bo'lgan, Sulton Ali Mashhadiy, Alisher
Navoiy va Xusayn Boyqaroning ko'plab bebaho qo'lyozmalarini kitob xoliga
keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari, Nizomiy, Farididin, Attor, Xo'ja
Xofuz, Sa'diy, Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz
adabiyotimiz daholarning ko'plab asarlari ham uning betinim say'i harakatlari bilan
ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan.
Musavvirlik san'atining tengi yo'q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-1537)
ijodi ham Temuriylar san'atining yuqori cho'qqisi hisoblanadi. Uning mo'yqalamiga
oid hadsiz, hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning
«Salomon va ipsol», Sa'diyning «Bo'ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa»
asarlariga ishlangan miniatyura namunalari yohud Hirotdagi «Bog'i Behisht», «Ov
qilayotgan Bahrom Go'r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o'xshash rassomlik
asarlari bu tug'ma ijodkor iste'dodining yuksak mahoratidan shahodat beradi.
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa sanati ham shabhasiz, alohida o'rin
tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo'shiqchiligining sakkiz turi
rivojlanganligini
qayd
etadi.
Bo`lar-tuyuq,
changchi,
turkiy,
orzuvoriy
muhabbatnoma, mustahzod va shu qabilar. Amir Temurdavrida san'at va musiqa
olamida mashhur bo'lgan siymolardan biri Abduqodir Go'yanda (1334-1435) bo'lib,
uning hayotining ko'p qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa
san'atida Hirot ijodiy muhitining o'rni kattta bo'lgan. Hirot musiqashunoslari o'z
ijodlarida Navoiyning she'r va g'azallaridan keng foydalanganlar.
48
Shunday qilib Amir Temurva Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy
taqdirida, ularning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishlari
davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu
davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardiki, bu zoti sharif va
uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyatlari tufayli
Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mug'ullarning bir
yarim asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli
salatanatga aylanibgina qolmay, ayni chog'da ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ma'naviy
jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan
moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, duru-javohirlari mana necha
asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib. minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib
kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |