Burchak teklik,burchakli tezlanish,inersiya momenti,impuls momenti,kuch momenti,chastasa,davr kabi bir necha kattaliklar mavjud bo’labi.Biz hozir bir necha aylanma harakatda doir holatlar va kattaliklar bilan tanishib chiqamiz.
KUCH MOMENTI
Kuch momenti – bu jismni biror oʻq atrofida aylantiruvchi kuchning oʻlchovi. Chiziqli kinematikada kuch jismning tezlanishi sababchisi boʻlsa, aylanma harakatda kuch momenti burchak tezlanishning sababchisi hisoblanadi.
Kuch momenti vektor kattalikdir. Kuch momentining yoʻnalishi taʼsir etuvchi kuchning yoʻnalishiga bogʻliq.
INERSIYA MOMENTI
Jism massasini aylanish o’qigacha bo’lgan masofaning kvadratiga ko'paytmasiga aytiladi.
Inersiya momenti I harfi bilan belgilanadi. r radiusli aylana boʻylab harakatlanayotgan m massali jismning inersiya momenti quyidagi formula orqali topiladi:
I = mr^2
shu bilan birga, inersiya momentining SI dagi birligi : kg*m^2
IMPULS MOMENTI
O’qqa nisbatan impuls momеnti skalyar kattalik bo’lib, nuqtaga nisbatan impuls momеnti esa vеktor kattalikdir. Moddiy nuqtalar tizimining biror nuqtaning O nuqtaga nisbatanimpuls momеnti dеb mazkur tizimdagi ayrim moddiy nuqtalarning o’sha O nuqtaga nisbatan impuls momеntlarining vеktor yig’indisiga aytiladi:
Kinetik energiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin.M massali tinch turgan jismga V tezlik berish uchun bajarilgan ish kinetik energiyani ma’nosini beradi.Aylanma harakatda esa chiziqli tezlik o’rniga burchak tezlikni,massani o’rniga esa inersiya momentini qo’yamiz. E=Iw^2/2