2. MiIliy g'oya erkin va farovon hayot qurish sifatida. O'rta ijtimoiy qatlamning shakllanishi va farovon hayot qurishning o’zaro aloqadorligi


Milliy g'oya erkin va farovon hayot qurish omili sifatida



Yüklə 30,92 Kb.
səhifə2/4
tarix03.05.2023
ölçüsü30,92 Kb.
#106990
növüReferat
1   2   3   4
REFERAT2

2. Milliy g'oya erkin va farovon hayot qurish omili sifatida
Mamlakatimizda demokratik institutlar va fuqorolik jamiyat asoslarining shakilanishi haqida fikr yuritar ekan, Prezident Islam Karimov jamIyatning demokratlashuvinI uzoq muddatli jarayon sifatida baholaydi, demokratiya g'oyalarini shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirish bilan uni odamlarimiz hayotiga singdirib bo’lmasligini uqtiradi.
"Demokratiya" — deb ta'kidlaydi I. A. Karimov jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog'i kerak. Bu esa bir zumda bo’ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzning tarkibiy qismi ham bo’la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko'rish va demokratiya tamoyillarini o’zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir". Demokratiyani jamiyaming ustuvor qadriyatiga, uning barqaror tarqqiyoti omiliga aylantirish uchun adolatli jamiyat orzusi yo' lida insoniyat to’plagan tajriba va amaliyotni musttaqil o`zlashtirish zarur. Bunda sharqona demokratiya tamoyillari tayanch bo`lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining shakllanib borishi jarayonida daromadlari, turmush darajasi va sifatiga ko’ra birbirlaridan farqlanuvchi qatlamlar shakllanmoqda. Bu tabiiy hol.
Ammo bunday holatni hamma ham to’rri baholayvermaydi. Bunga ayrim shaxslarning boylikka ruju qo’yishi, ochko’zlik isrofgarchilik o’zaro yordam va qarindoshurug’chilikning yaxshi jihatlarini mensimaslik o’zini ko’zko’z qilishdek illatlar ham sabab bo’lmoqda.
Bunga ayrimlar uchun hayot tarziga aylangan ta’magirlik poraxo’rlik to’rachilik kabi jirkanch qiyofaga kirayotgan holatlarni qo’shadigan bo’lsak halol mehnat kishisining ruhiy iztiroblarini tushunish qiyin emas. Shu ma’noda Prezidentimizning bozor mexanizmlarini hayotga tadbiq etish bilan birga qonunchshgakni mustahkamlash va bunda ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladigan axloq normalarini ham ijtimoiy hayotda keng yoyish to’g’risida kuyunib gapirishi bejiz emas. Uning qalb so’zlari adolatli jamiyat qurishga nisbatan xalqimizning intilishini ifodalaydi.
Ammo, inson tabiati ziddiyatlidir. U boshqalar intilishlariga teskari bo`lgan intilishlariga ega bo`lishi va shu vaqtning o`zida o`zgalar bilan hamkorlikka moyil bo`lishi mumkin. Gap shundaki, demokratiya bu yolg'iz o'z maqsad va talablarini amalga oshirish vositasi bo`lmay balki o`zaro munosabatlarning maqbul qoidalariga rioya etishdir. Umuminsoniy, xususan, demokratik qadriyatlarga tayangan milliy istiqlol g'oyasi ana shu qutbiy intilishlarni muvofiqlashtirish orqali umumiy manfaatlarni o'zida ifoda etadi.


Yüklə 30,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin