3. O`rta ijtimoiy qatlamning shakllanishi va farovon hayot qurishning o'zaro aloqadorligi. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish g'oyasi erkinlashtirish, erkin mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bog'liq. Boqimandalik yoki soxta "umumiy tenglik" g'oyasiga asoslanib erkin va farovon xayot qurib bo'lmaydi. Dunyodagi birorta Jamiyat bu yo’l bilan farovon hayotga erishgan emas, erkin iqtisodiy faoliyatiga asoslangan bozor iqtisodiyoti uchun xos bo'lgan erkin va sog'lom raqobat muxitida o'rta mulkdorlar qatlami shakillanib bordi.
Xo'sh, o`rta ijtimoiy qatlam - bu o'z shaxsiy mulki, ya`ni turar joylari, shaxsiy transport vositalariga ega bo`lgan, o'z oilasining hayotini munosib tarzda ta'minlay oladigan, o'zining va oila a'zolarining fundamental ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli moddiy imkointyatlari mavjud bo`lgan, ma'naviy hayoti mazmunli bo`lgan va eng muhimi bu imkoniyatni o'z ish haqqi va daromadlari evaziga ta'minlay oladigan hamda faol ravishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etadigan fuqorolardir. Jamiyatning aynan o'rta qatlami milliy boylikning asosiy qismi yaratadi, davlat qaramog'ida boqimandalarga kun kechirmay va jamiyatning "umurtqa suyagi"ni tashkil etadi. Bunday qatlamning shakllanishi shuningdek jamiyatning keskin tabaqalashuviga oshib-toshib ketgan boylaru, kambag'al qashshoqlarga bo`linib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Jamiyatda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg'unlashtirish, fuqorolar birdamligini ta'minlash asosida umumiy farovonlikni o'rnatishning eng sinalgan vositalaridan biri hamjamiyatida o’rta qatlamni barpo etish ekanligini kursatadi.
4. Erkinlik va taraqqiyot g'oyalarining mushtarakligi : Ma`lumki mamlakatimizda erkinlashtirish jamiyat demokratlashuvining muxim yo’nalishi sifatida e'tirof etiladi. Bu ham bizning g'oyamiz hisoblanadi. Lekin, bu o`z navbatida. erkinlikni o`ziga xos ijtimoiy – siyosiy qadriyat sifatida anglashni talab etadi.
O`z o’rnida shaxsiy mazmunda erkinlik tushunchasining ijobiy va salbiy jihatlariga ega ekanligini ta'kidlagan bulardik.
Uning ijobiy jihati shaxsning o'z manfaatlariga muvofiq ravishda hatti harakatlar sodir qilish imkoniyatini ifodalaydi. Bunda shaxs ma'lum hatti – harakat sodir qilishi mumkinki, uning uning bu intilishlari, o'z navbatida, boshqalarning manfaatlariga zid kelmagan taqdirda adolat chegarasi, erklar tengligi uyg'unlashadi. Aksincha shaxs hatti-harakati tashqi ta'sirlardan butunlay ozod bo'lgan taqdirda va u o'z erishishga intilishi gohida hech bir aks ta'sirini tan olmagan taqdirda erkinlikning salbiy holati yuz beradi. Albatta, erkinlikning har ikki jihati o'rtasida murakkab, ziddiyatli va hatto qarama-qarshi munosabatlar mavjud. erkinlikning ijobiy va salbiy xususiyatlari muvozanati shaxs erkinligini belgilaydi. Sharq va g'arb jamiyatshunoslari avvaldan shaxs erkinligining ruhiy - lirik (Farobiy, Navoiy, Bedil), ijtimoiy ruhiy (Farobiy, Iboi, Tord, Ortega-i Rassit), hatti harakatli (Veber), sociometrik (Moreno), ijtimoiy (Frankfurt maktabi), fenolenologik (Shyuc),begonalashuv (Fromm), talqinini bayon etib kelganlar.
O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida shu narsa aniq isbotini topdiki, ozod va farovon hayotni barpo etishning asosiy omillaridan biri barqarorlikdir. Oxirgi yillarda jahon hamjamiyatida barqaror rivojlanish konsepsiyasi keng ommaviylashmoqsa. Xususan, BMT hujjatlarida ham barqaror taraqqiyot oliy qadriyat sifatida talqin qilinishi barobarida uning universal xususiyatlari, turli modellarining kuchli va zaif tomonlari tahlil etiladi.
O'zbekiston farovon jamiyat qurish yo’lida aniq natijalarga erishmoqda. Shu o’rinda insonning jamiyat hayotida tutgan o’rni va ro’lining milliy va umuminsoniy mezonlarini anglash muhim. Buning yana bir jihati shundaki, demokratik taraqqiyot yo’liga o’tgan va o’tayotgan mamlakatlarda insonning jamiyatdagi o`rni masalalariga qarashda tub o'zgarishlar sodir bo`lmoqda. Insoniyat taraqqiyoti to'g'risida sifat jihatdan yangi konsepsiyalar ham qaror topdiki, bu jahon hamjamiyatining diqqat sazovor bo`ldi.