2. MiIliy g'oya erkin va farovon hayot qurish sifatida. O'rta ijtimoiy qatlamning shakllanishi va farovon hayot qurishning o’zaro aloqadorligi


Jamiyat barqarorligi erkin va farovon hayot qurish omili



Yüklə 30,92 Kb.
səhifə4/4
tarix03.05.2023
ölçüsü30,92 Kb.
#106990
növüReferat
1   2   3   4
REFERAT2

5.Jamiyat barqarorligi erkin va farovon hayot qurish omili.
O`zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida shu narsa aniq isbotini topdiki, ozod va farovon hayotni barpo etishning asosiy omillaridan biri - barqarorlikdir. Oxirgi yillarda jahon hamjamiyatida barqaror rivojlanish konsepsiyasi keng ommaviylashmoqda. Xususan, BMT hujjatlarida ham barqaror taraqqiyot oliy qadriyat sifatida talqin qilinishi barobarida uning universal xususiyatlari, turli modellarining kuchli va zaif tomonlari tahlil etiladi.
Mutaxassislar orasida barqarorlik deganda demokratik tuzilmalarning tez o`zgaruvchan ijtimoiy jarayonlarga nisbatan aks-ta`sir ko`rsata olish qobiliyati tushuniladi. Bunda barqarorlik demokratiyaning vazifasi deb qaraladi, u kishilarning fuqarolik jamiyati institutlari vositasida davlatni boshqarishdagi ishtirokini ham o`z ichiga qamrab olishi zarur. "Kuchli davlatdan - kuchli jamiyatga o`tish" qoidasi hozirda demokratik institutlarni joriy etishni jadallashtirish, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik jamoatchilikning faolligiga asoslanishi zarurligini ko'rsatmoqda.
Ulari quyidagi ko'rinishda umumlashtirib yondashuvlarni o'ziga jamlagan. keltirish mumkin :
a) Jamiyatda noqonuniy zo'rlik va kuch ishlatish tahdidining bo'lmasligi;
b) bir muncha uzoq vaqt davomida bir hukumatning amal qilishi, uning o`zgaruvchan sharoitlarga samarali tarzda moslashuvchanligi;
v) konstitusion tartibning barqarorligi;
g) hokimiyatning barqaror mavjudligi;
d) siyosiy tizimda tuzilmaviy o'zgarishlarni boshqarish imkoniyatining mavjudligi; 1) siyosiy kuchlarning muvozanati va h..k
Fikrimizcha, bunday xususiyatlar demokratlashuv jarayonini boshdan kechirayotgan Jamiyatlarga xos umumiy me`yorlardir. Ammo umumiylik doimo xususiylikdan tarkib topadi. Bizning mamlakatimizda barqaror taraqqiyot, uning asosiy omillari va shartlari Islom Karimovning "O`zbekiston XXI asr bo'sag'asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobida batafsil keltirilgan. Mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti mavjud shart-sharoit bilan bog'liq holda tahlil etilgan va uning shartlari ko'rsatilgan. Bular :
a) ma`naviy qadriyatlar va milliy o`zlikni anglashning tiklanishi;
b) davlatchilikni shakllantirish va mudofa qobiliyatini mustahkamlash;
v) demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish;
g) bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi;
d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi.
Bir so'z bilan aytganda, barqarorlik biron-bir siyosiy ob`ekt yoki institutning holatinigina emas, balki ichki va tashqi munosabatlar tizimini ham ifodalashi zarur.
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik demokratik tartib bilan birga uzviylikni, davomiylikni ham talab etishini aytib o'tish zarur.

Adabiyotlar :

  1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T : O`zbekiston 2023.

  2. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy asosiy tushuncha va tamoyillar.

  3. Milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi : falsafiy va huquqiy jihatlar.

  4. Milliy istiqlol g'oyasi : O'zbekiston Respulikasi oliy ta'lim bakalavriyat bosqichi uchun darslik.

  5. Milliy g'oya : targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati. T. Akademiya

Yüklə 30,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin