2-Modul: Biosfera resurslari va ulardan oqilona foydalanish. Mavzu: Tabiatda moddalarning aylanma harakati reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/5
tarix19.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#157100
1   2   3   4   5
2-LECTURE

Biota

Biomassa

Mlrd.t

% hisobida

Quruqlik biotasi
Oʹsimliklar

1341,3

98,62

Hayvonlar

10,9

0,81

Jami

1352,2

99,43

Okean biotasi
Oʹsimliklar

0,7

0,05

Hayvonlar

7,1

0,52

Jami

7,8

0,57

Hammasi

1360,0

100,0



Ekotizm, populyasiya va biogeotsenoz tushunchalari. Ekologik tizim – deb birga yashovchi har xil organizmlar va ularning yashash muhiti orasidagi qonuniyatli bog’lanishga aytiladi. Bunga o’rmon, o’tloq, ko’l va boshqalar misol bo’ladi. Masalan, o’rmonni shunday ta’riflasa bo’ladi: O’rmon bu geografik shakllangan, o’z-o’zini boshqaruvchi o’simlik va hayvonlar populyatsiyalari yig’indisi bo’lib, ular uchun muhitni boshqaruvchi asosiy ro’lni bir tur, yoki bir necha turga mansub populyatsiyalar o’ynaydi. Ana shunday jamoalarni ifodalash uchun akademik V.N Sukachev(1942) biogeotsenoz terminini tavsiya etgan.
Populyatsiya va biotsenoz tushunchasi: Populyatsiya deganda biz ma’lum territoriya yoki akvatoriyani egallagan bir tur doirasidagi individlarning birlashmasini tushunamiz.
Populyatsiyalar ekologiyasining ob’ekti qilib butun ekotizim, ya’ni o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalarining barqaror kompleksi va ular egallab turgan hudud yoki, akvatoriyasi olinadi. Bu esa tizimli yondashish deyiladi. Ekologiyada bir necha yondashish mavjud bo’lib, ular ichida qabul qilingani ekotizimli va populyatsiyalarni o’rganib yondashishlaridir. Ulardan birinchisi asosiy e’tiborni ekotizimga, ikkinchisi esa populyatsiyaga qaratadi. Demak, ular orasidagi farq ob’ektida.
Populyatsiyali yondashishda asosiy ahamiyat turga, ayniqsa xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan turga beriladi. Bu turlar qishloq xo’jalik zararkunandasi, yoki kasallik tarqatuvchi yoki muhofaza qilinishi lozim bo’lgan noyob turlar bo’lishi mumkin.
Populyatsiyalar ekologiyasining asoschisi ingliz olimi Ch.Elton bo’lib, populyatsiyalar ekologiyasi fani 1930-yilda vujudga keldi. Ch. Elton o’zining “Hayvonlar ekologiyasi” kitobida ayrim organizmlarni o’rganishdan populyatsiyalarni o’rganishga o’tish kerakligini aytgan. Chunki bu darajada moslashish va boshqarish yaqqol ko’rinadi, bunda asosiy masala populyatsiya sonining dinamikasi hisoblanadi.
Populyatsiyalar to’g’risidagi ma’lumot populyatsion genetikada paydo bo’lib, sistematikada tur murakkab tizim deb qaralganidan keyin rivojlana boshladi. Amaliy ehtiyojlar ham populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga S.A.Severtsov, S.S.Shvarts, N.P.Naumov, G.A.Viktorov kabi olimlar katta hissa qo’shganlar. O’simliklar populyatsiyasini o’rganishga E.N.Sinskaya (1948), T.A.Rabotnov, A.A.Uranovlar asos solgan. S.S.SHvartsning "Hozirgi ekologiyaning uslublari" nomli asarining birinchi qismida "Ekologiya populyatsiyalar to’g’risidagi fan" deyilgan, populyatsiya esa hayvonlar uchun asosiy va birdan bir yashash formasidir deyilgan.
Populyatsiyani o’rganishda ikkita metodologik yondashish mavjud: birinchisiga muvofiq, dastlab organizmlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, keyin ular populyatsiyaning xususiyatlari bilan bog’lanadi. Ikkinchisiga binoan populyatsiyaning xususiyatlari, yashash muhiti bilan bog’lanadi–deb ta’kidlanadi.
Populyatsiya, bir butun tizim shaklida, tashqi omillar bilan bog’langan holda o’rganiladi. Hozirgi vaqtda biologiyada “populyatsiyalar biologiyasi” sohasi mavjud. Bunda, populyatsiyaning joydagi roli – konsument, produtsent va redutsentlar, xar-xil yoshdagi jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biotsenozdagi roli o’rganiladi.
Ekologik yondashish (II.10.1-jadval) populyatsiyalarning muhit fizik–geografik omillariga moslashishini o’rganish bilan birga, biotik bog’lanishlarga bog’liq, organizmlarning ko’payish va boshqa organizmlar bilan ekotizimda birga yashashini ham o’rganadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin