2-Modul: Biosfera resurslari va ulardan oqilona foydalanish. Mavzu: Tabiatda moddalarning aylanma harakati reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/5
tarix19.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#157100
  1   2   3   4   5
2-LECTURE


2-Modul: Biosfera resurslari va ulardan oqilona foydalanish.
Mavzu:Tabiatda moddalarning aylanma harakati.
reja:
2.1. Biosfera haqida tushuncha, uning tarkibi va funksiyalari.
2.2. Biosferada moddalarning aylanishi;
2.3. Tabiatdagi moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanma harakatlari;
2.4. Ekotizimda barqarorlik va ekologik sukssetsiya. Gomeostaz xodisasi.

2.1 Biosfera va koinot. Yer yuzidagi tirik organizmlar tarqalgan, ularning doimiy taʹsiri ostida boʹlgan va faoliyati mahsulotlari egallagan qobiq biosfera(yunoncha “bios”–hayot, “sfera”–shar) deb yuritiladi. Biosfera yerning qattiq qobigʹi– litosferaning ustki qismi (3 km chuqurlikkacha), havo qobigʹi atmosferaning quyi, troposfera qismini(15 km gacha) va suv qobigʹi–gidrosferani (11 km gacha) oʹz ichiga oladi (2.1.1 -rasm).


2.1.1-rasm. Biosferaning Yer geosferalari oʹrtasidagi oʹrni.

Hayotning yuqori chegarasi sayyorani ultrabinafsha nurlanishdan ximoya qiladigan “ozon qatlami” (22 km)dan oʹtkaziladi va biosferaning umumiy qalinligi 33-35 km deb belgilanadi.


Biosferaning tarkibi: V.I.Vernadskiy boʹyicha biosferaning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi:
- tirik modda(biota)lar –barcha tirik organizmlarning yigʹindisi;
- oʹlik moddalar –hosil boʹlishida tirik organizmlar qatnashmaydigan togʹ jinslari, suv, minerallar va boshqalar;
- biogen moddalar –organizmlar hayot faoliyati mahsuli sifatida hosil boʹlgan koʹmir, torf, neft, gaz va boshqalar;
- oraliq moddalar – biogen moddalarning noobiogen kelib chiqqan mineral jinslar bilan aralashmalari-tuproq, slanetslar va boshqalar.
Tarkibidagi energiya yoki uglerod miqdoriga asoslangan maʹlumotlar boʹyicha biosferadagi tirik, biogen va oraliq moddalar miqdori nisbati 1:20:4000 ga toʹgʹri keladi.
Biosfera haqidagi V.I.Vernadskiy ta’limoti;1875 yilda bu tushunchani birinchi bor avstriyalik geolog olim E.Zyuss ishlatdi. Yerning alohida qobiqlari-geosferalarini oʹrganayotganida hayot tarqalgan qobiqni u “biosfera” deb ajratdi.
Biosfera xaqidagi taʹlimotning asoschisi rus olimi, akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi. V.I.Vernadskiy birinchi boʹlib Yer sayyorasi evolyutsiyasida tirik organizmlarning roli va ahamiyatini ochib bergan, biosferani biogeokimyoviy oʹrganishni boshlagan.
Biosferaning hosil boʹlishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar ajratiladi.
Abiotik bosqichda (4,5-3,5 mlrd. yil oldin) sayyorada hayotning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yuzaga kelgan.
Biotik bosqichda (3,5 mlrd. yil oldin) dastlabki tirik organizmlar suv muhitida paydo boʹlgan. Qurʹoni Karimda, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:«...va suvdan har bir narsani qilganmiz»1.
Boshqa bir oyatda esa: «Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi»2, deyiladi.
Arxey va Proterozoy eralarida hayot sodda koʹrinishda boʹlgan va okean oʹsimliklarida fotosintez amalga oshgan. 600 mln. yil ilgari, Paleozoy erasining Kembriy davriga kelib okeanda hayot turlana boshlaydi. Keyinchalik, hayot quruqlika chiqadi, butun biosferani egallaydi va gurkirab rivojlangan.
Organik evolyutsiya davomida tirik organizmlar atmosfera havosini, Dunyo okeanining suvini, tuproqlarning asosiy massasini, mineral birikmalarining katta massasini aʹzolari, terilari, xujayralari, qonlari orqali minglab martalab oʹtkazgan va butun yer muhitini oʹzgartirgan (Akimova,1998).




Biosferada hozirda 500 mingga yaqin oʹsimlik turlari va 1,5 mln.dan ortiq hayvon turlari mavjuddir.
Noobiotik bosqichining shakllanishi 40-50 ming yil oldin boshlangan deb hisoblanadi.
Biosferaning umumiy massasi boshqa qobiqlardan farqlanadi (2.2.1-jadval). Tirik organizmlar birgalikda juda katta ish bajaradi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin