Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/2
tarix06.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#51055
  1   2
2 5258175598311772328


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX”KAFEDRASI

MUSTAQIL TALIM

MAVZU: Qadimgi Yunoniston va Rim tangalari

Bajardi: I kurs TARIX 21/1 gurux talabasi:

Ashirboyev Shohruh

Qadimgi Yunoniston va rim tangalari



Reja:

1. Qadimgi Yunoniston tangalarining davrlashtirishi.

2. Yunoniston tangalaridagi rasmlar va ularda ifodalangan ramziy belgilar.

3.Yunoniston tangalari noyob san`at durdonalari sifatida.

4.Xulosa

Qadimgi Yunoniston tangalarining davrlashtirishi.

Qadimgi Yunonistonda qadimiy tangalar haqida ko’p afsonalar yaratilgan. Yunonistonlik Gomerning "Iliada" dostonida juda qadim zamonda voqealar va ularning urf-odatlari tasvirlanadi. Misol uchun :Lemnos orolidan kelgan dengizchilar bilan aheyliklar orasidagi oldi -sotdini olib kuraylik. Vinoga temir, mis - hukiz va hukiz terilari qullarni almashtirish ajablanarli hol emasmi bu? Hozir biz bemalol pulga sotib oladigan narsalarimizni usha vaqtlarda butunlay kutilmagan narsalarga almashtirilga tug’ri kelardi, Bu faqat Gomer davrida emas, undan ancha avval ham shunday bo’lib kelgan.

Odamzod oz narsaga qanoat kilib yurgan, ayriboshlash har zamon -har zamonda, tasodfiy bol’gan zamonlarda bu tabiiy hol bo’lgan, mehnatning bir mahsuli boshqa bir mahsulga anirbosh qilinardi. Ammo vaqt o’tib borarkan mehnat taksimoti ahirboshlash uchun tobara ko’plab mol -tovar ishlab chiqarishni beradi. Buning natijasida mol ayrboshning eski usuli beo’hshov va noqulay bo’lib qoldi. Bu usul savdo - sotiqqa halal berib., jamiyat taraqqyotiga g’ov bo’la boshladi. Agar odamlar savdo – sotiq qllib bir-birovlari bilan madaniy boyliklari, tehnikaviy yutuqlari mahsulini almashadilar, bir - birlari bilan yaqindan tanishadilar. Avvallari mol ayriboshlash bir qabila orasidagina bo’lgan bo’lsa, so’ngra turli qabilalar orasida ham ko’chdi. Bu zaruriyat muvozanatini saqlovchi - vositachi mol - tovarning paydo bo’lishiga olib keladi. Bu tovar o’z-o’zidan odamlar xohishidan qatiy nazar paydo bo’ldi. Bu xamma jon deb almashtiradigan mol-tavar bo’lib, u boshqa mol -tovarni baholashga yordam berdi va mol aniriboshlash engillashtirdi.

Hamma narsa ham xajmi, masofa, og’irlik, vaqt, harakat tezligi, kuch, shunday ulchamlardir. Tovar qiymati nima bilan ulchanadi? hamma vaqt uni ishlab chikarishga ketgan vaqt bilan ulchab utirmaysiz - ku. Bu juda murakkab narsa Masalan: bu birlikni qo’y deyaylik. Bunda tovarlarning nisbiy narhi darhol osonlashadi. Odamlar bir dona qo’yning bir baliq turiga, - bir hukiz terisiga - bolta - 4 sopol kuzachaga va hokazolar-ga teng ekaligini o’z tajribalaridan bilshnardi.

Hamma narsa qo’yga nisbatan baholanadi. Shunday qilib bir tovar boshqa mollarni ayrirboshlashda vositachi bo’lib uning yordamida boshqa tovarlar almashinaveradi. Ana shunday tovarning o’zi dastlabki pul edi. Ularning paydo bo’lishi bilan oddiy ayirboshlov oldi -sotdiga aylanadi. Har bir mol - tovarning bahosi pul bilan belgilanib, narhi ayatilldigan bo’lib qoladi.

Bu maqsad uchun teri juda bop edi. Teri engil bo’lib uzoq vaqt saqlanardi. Teridan keyim - bosh, poyabzal tiksa, kapa ustiga qoplasa hal bo’lardi. Sparta,Rim, Karfagen kabi qadimiy davlatlarda ham teri pul muomilada bo’lgan.

Yer yuzida aholi ko’payib, shaharlar paydo bo’ldi. Shahar aholisi uchun ko’p hayvon ortiqcha tashvish edi. Kulollar, temirchilar, sarrochlar, duradgorlar, savat tukuvchilar, o’z buyumlarini hayvonga almashtirgilari kelmay qoldi. Insoniyat pul bo’ladigan yana ham mukammalroq tovarni qidira boshladi. Bunday tovar uzoq vaqt izlandi. Hayotning o’z i, zaruriyat boshqalarini eliakdan o’tkazib, metallni tanlamaguncha odamlar ko’p narsalarni sinab ko’rishdi.

Qadimiy greklarda to’rt qirrali temir chiviqlar pul sifatida hizmat qilgan. Shunisi ham borki, pul birligini oltita temir chiviq hisobiga qabul qilingan bo’lib, bularning bir siqimi (drahma) qilib umumlash mumkin edi. "Drahma", nomi ana shundan kelib chiqqan bo’lib, hozir ham grek pul birligi bo’lib qolgan.

Insoniyat oltinni qadim zamonlardan bilgan. Oltin odamlarni hamisha o’ziga qiziqtirib kelgan. Qizigish tovlanadigan sariq metall bezak bo’lib hizmat qilgan. Keyin barcha bezaklar singari u ham pul hizmatini qiladigan tovarga aylangan. Ana shunday sifatlari tufayli oltin boshqa hamma metallarni jumladan ba’zi mamlakatlarda bir vaqtlar oltindan ham yuqori baholangan kumushi ham orqaga qoldirib ketgan. "Oltin" asosiy pul metalli bo’lib qoldi va butun jahonda galaba qildi. "Oltin" so’zi odamlarning tushunchasiga "pul" so’zi bilan singib ketgan.

Eramizdan ancha oldin Kichik Osiyoning g’arbiy qismida qudratli quldorlik davlati -Lidiya mavjud edi. Bu davlat Gresiya va o’zining sharqiy qo’shnilari bilan keng savdo -sotiq olib borardi. Lidiya tuprogi qa`rida oltin ko’p edi. Lidiyaliklarning qadimiy tangasi - oltin stater bo’lgan. Uning bir tomoniga yugurib ketayotgan tulkining tasviri tushurilgan. Tulki Lidiyada muqaddas jonivor bo’lgan. U lidiyaliklarning bosh hudosi - BOSSAREYning ramziy tasviri edi. Staterning orqa yo’l-yo’l botiq tomonida hech narsaning tasviri solinmagan. Ehtimol ana shu stater birinchi tanga bo’lgandir. Lidiyaliklarning tangasidan keyin podsho Feydonning muqaddas toshbaqa surati tasvirlangan egin staterlari keyin Kichik Osiyodagi boshqa grek shaharlarining tangalari paydo bo’lgan. Bular oltin va kumushning tabiiy qotishmasi bo’lmish elektradan yasalgan bo’lgan.

Qadimiy Gresiyada savdo muomilasida dirham (drahma), obol, tetradrahma halqasi hamda mayda chaqa leptalar yuritilgan.

Sharq va Gresiyada sarofflar ancha ilgari bor adi. Metronom Polliy bozorga hamisha birinchi bo’lib kelardi. Bo’lmasamchi, ahir savdo boshlanguncha joyida bo’lishi kerakda. Savdo ishlarida bir -birini aldab qo’ymasliklari ustidaq qattiq nazorat qilib turishi uning vazirasi. Yog’mi, gazmolmi, don yoki boshqa biror buyum sotiladigan bo’lsa o’sha narsa tug’ri o’lchandimi, ulchov idishi kichiklashtirilmaganmi, tarozi toshlari engillashtirilmaganmi tekshirib turishi kerak edi. Xaiq majlisi tomonidan shu vazifaga tayinlangan Polliy va yana to’rt nafar metronomlarning ishlari boshlaridan oshib yotibdi.

Ahir, bu ishlardan tashqari sarroflarinng ishi ustidan ham nazorat qilish kerak. Greklarning har bir shahrida o’z pullari va chet mamlakatlarning pullari yuritilardi. Sarrof kun bo’yi yirik pulllarni maydalab, chetdan keltirilganini shu yerning puliga, eskilarini yangilariga almashtirib o’tirardi. Bu siz savdo qilib bo’lmasdi. Ba`zan ko’p molni sotishga tug’ri kelgan paytlarda sarrofdan dallollik qilib bershini so’rashardi. Uning o’zi shunga molning pulini hisoblab chiqar va qaysi pulga sotish kerakligini aniqlardi. Lekin mana shu pul almashtirishda qalbaki pullarni beradi, deb sarrof Ginesin ustidan Polliyga bir necha marta shikoyat qilishadi. Uni o’ziga bildirmay tekshirish kerak bo’ladi.

Sarrof Ginesiyni tekshirish natijasiga qalbaki pul yasaganligini aniqlayadi. Sarrof Ginesiyni sud qilib, zindonga tashlash va barcha mol - mulkini xamda qullarini shahar foydasiga musodara qilinadi.

Sparta shahriga yashaydigan aholi - orasida hasislik va ochko’zlikni yo’qotmoq uchun qonun chiqaruvchi Likurg oltin va kumush tangalarni muomaladan chiqarib, faqat og’ir, bo’lsada arzimas kiymatga ega temir tangalarnigina qoldirdi. Aytishlaricha Likurg temirni sirkaga botirib olib toblashni buyurgan, bu esa metalni yumshatib, murt qilib kuygan shunda u hech narsaga yaroqsiz bo’lib qolgan, chunki unga boshqatdan ishlov berib bo’lmagan. Gresiyaning boshqa shaharlarida Likurg tangalari hech qanday qiymatga ega bo’lmay, masxara bo’lgan. 9 mingga teng bo’lgan summani saqlash uchun katta omborlar loz im bo’lgan, uni tashish uchun esa ikki ot qo’shilgan arava talab qilingan. Qadimiy tarihchilarizning takidlashlaricha, yangi tangalarning tarqalishi bilan spartada jinoyatning ko’p turlari yuqolgan. Tanga bo’lmasligi bir qancha hunarlarning tanazuliga sabab bo’lgan, chunki tilla va kumush buyumlarni ishlab chiqarish yuqolib-ketgan. Natijada zeb- ziynatlar ham yo’qolgan. Badavlat kishilar o’z ustunliklarini yo’qotganlar chunki boylikni ko’z – ko’z qilib bo’lmagan, bunday narsalar uylaridan tashqariga chiqmagan.

Zeb - ziynat va boylikka hirs qo’yishga yana ham keskin zarba berish uchun Likurg umumiy ovqatlanishni ta`sis qilgan ekan. Aytishlaricha, ana shu yangiliklari uchun Likurgni boylar nihoyatda yomon ko’rishar va bir marta uni toshburon hamkllishgan.

Dunyodagi birinchi tangalar elektrdan, ya`ni tabiiy tabiatning o’zi yaratgan oltin va kumush kotishmasidan qilingan deb aytdik, keyinchalik esa sof kumushdan, ana bir ancha vaqtdan so’ng esa oltilndan qlingan. Qadimiy Gresiyaning ba’zi shaharlarida eramizdan 100 yil muqaddam temir tangalar ham chiqarilgani ma’lum, ammo bu hisobga kirmaydi.

Oltin tangalar asta - sekin ko’p tarqala boshladi. XIX asrning so’nggi yili ichidagina tanga zarb qilish uchun sakkiz million kgdan ortiq oltin ishlatilganligi haqida bizga ma`lumotlar bor.

Eski tangalarning yuzasini odatda hokimning surati, iloh yoki muqaddas hayvoning tasviri, hokimiyatning belgisi, yozuv egallardi. Ammo gardishning chetidagi biron erida ko’pincha kichkina g’alatl suratni, barg shakli, nomsiz gul, olti qirrali hoch, ins shaklida bir -birining ustiga ko’yililgan bolta, qulog’i silliqqina egilgan kuvacha, uch burchak doira, shunga o’hshash tanganing ijodkorlarning belgisi. Keyinchalik esa ljodkorning to’liq ismi ham paydo bo’la boshlagan. Bu tanga yasash bilan mashhur rassomlar shug’ullangani haqida tarihda ko’plab misollar bor.

Masalan: Yer yuzida birinchi paydo bo’lgan tangalardan biri -Lidiya stateri singari tanga. Ammo shunday tangalar ham borki ular “yoshi” jihatidan emas, balki boshqa jihatidan noyob hisoblanadi.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin