Mavzu: Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya
Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o'rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo boldi hamda moddiy va ma'naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda katta hissasini qo'shdilar.
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turh mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlichayondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog'oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o'nlik tizircfl. kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo'hsh o'ylab topildi.
Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqah Xitoydan O'rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta'sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.
Ayniqsa, qadimgi yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.
Yunoniston uncha katta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlari- dan tashkil topgan. Uning mo'tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.
Lakoniya (Sparta)da kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar bo'lmaganligi tufayli qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 mingdan ko'proq aholiga hukmronlik qilardi. Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo'hb, uning asosiy maqsadi spartaliklaming bolalarini baquwat, jismoniy soglom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklaming bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog'lom bo'lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga o'rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablari- dagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirjishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini o'rgatishni ko'zda tutar edi».
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo'lib ko'ringan har qanday qulni oldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbat- lar o'tkazib, shu yol bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar, bolalarni savol-javob jarayonida aniq va lo'nda javob berishga o'rgatgan. Yigitlar 18—20 yoshga etganda «Efeblar» o'spirinlar guruhida harbiy xizmatni o'taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ulami harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo'riqlab, qullarni itoatda saqlashini ta’minlar hatto jangga ham qatnashardilar.
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim- tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar, qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat gullab yashnadi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik rivoj topdi.
Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan etuk kishini, Afinada eng ko'rkam va barkamol inson(ideal) hisoblangan.
Bolalar 7 yoshga etguncha uyda tarbiyalanar, o'g'il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko'magida uy-ro'zgor ishlariga o'rgatilar, chunki xotin-qizlaming hayoti uy doirasidan chiqmas edi.
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o'rgatish ma’nosida) yoki «kifarist» (grekcha musiqa o'qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil oiganlar. Bu xususiy maktablarda o'qish pullik bo'lgan. Shuning uchun kamxarj fuqarolaming bolalari ushbu maktablarda ta’lim ololmagan.
Maktablarda «didaskol» deb atalgan o'qituvchilar mashg'ulot olib borar edilar. (Men o'qitaman, degan ma’nodagi «didasko» so'zidan keyinroq «didaktika» — ta’hm nazariyasi kehb chiqqan).
O'g'il bolalami maktabga qullar etaklab borar edi, bunday qul pedagog deb atalgan («pays» - bola, «agogeyn» - etaklab borish degan so'zlardan olingan). Grammatist maktabida o'qish, yozish va hisoblash o'rgatilar edi, o'qishda harflarni hijjalab o'qitish usuli, so'ng qo'shib o'qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o'rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalangan va ingichka cho'p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblagan. Kifarist maktabida adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomatsiyalar o'rgatilar edi.
O'g'il bolalar 13-14 yoshga etganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o'quv yurtiga o'tar, bu yerda ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanardilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurashish, disk va nayza uloqtirish, suvda suzish kabilar. Palestrada o'qish tekin bolgani uchun yoshlaming ko'pchiligi shu yerda o'qish bilan cheklanib qolar edi. Badavlatroq oiladan bolganlari esa palestrani tugat- gach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o'rgatilar, tahsilni tugatganlar davlat boshqaruvihda qatnashishlari mumkin edi.
Nihoyat, Spartada bo'lgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bolgan yoshlar Efeblar qatoriga o'tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirardilar.
Aholining ko'pchilik qismi bolalarni maktablarda o'qita olmaganligi sababh ularga kasb-hunar o'rgatish odat tusiga kirgan edi. Ayrim xat- savodi bor ota-onalar bolalariga o'qishni o'zlari o'rgatar edilar. Bu davlat tomonidan qonunlashtirilib qo'-yilib bechorahol tabaqaga mansub ota- onalar o'z bolalariga biror kasbni o'rgatishga majbur edilar. Aks holda ulaming bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-onalari to'g'risida moddiy g'amxo'rlik qilishdan ozod etilgan.
Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug'ilishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Suqrot(Sakrat). (eramizdan avvalgi 469-399-yillar) O'zining ijtimoiy kehb chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o'g'li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o'z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyu(mlarning fizik holatini bilib bo'lmaydi, odamlar faqat o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo'hshi bilan birga ajoyib notiq ham edi. Keng maydonlarda so'zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar, tinglovchilami savol-javob yo'li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan.
Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. Baxs orqah, ya'ni muayyan masalalarni o'rtaga qo'yish va ularga javob topish yo'li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb uqtiradi faylasuf.
Aristotelning yozishicha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga o'tish haqidagi induktiv ta’limotni hamda har bir narsaning\ mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalami aniqlash haqidagi ta’limotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyidagilardan iborat: ezgulik bilimdir, donishmandlik, ya'ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning ta'biricha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyat bo'hshi mumkin emas. Ulug' faylasuf tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qollarida bo'lmog'i kerak deydi.
Suqrot davlat boshqaruvining monarxiya, tiraniya, aristokratiya, pohtiya va demokratiya kabi shakllarini tanqid qilgani uchun ayblanib, o'hm jazosiga hukm qilinch o'z ixtiyori bilan zahar ichgan.
Aflotun(Platon) eramizdan ilgari (424-347-yillari) yashagan. Qadimgi Yunonistonning mashhur - idealist faylasufi, Suqrotning sho- girdi, ob'ektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g'oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi.
Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g'oyalar dunyosi deb ikkiga boldi. Uning fikricha g'oyalar abadiy va o'zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g'oyalar olamining soyasidir, xolos.
Afina aristokratiyasining namoyondasi bo'lgan Aflotun, aristokrati- yaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokrajtik davlat uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo'lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qihb, mo'l hosil etishtirib, faylasuflar va jangchilami boqadilar. Uning tasawuridagi ideal davlatda qullar ham hunarmandlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos deb ta’kidlaydi u.
Aflotun - davlat tomonidan tashkil etilmog'i va hukmron guruhlaming
- faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko'zlamog'i lozim. Aflotun o'zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.
Aflotunning fikricha, bolalar uch yoshdan 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo'-yilgan tarbiyachilar rahbarhgida maydonchalar- da turh o'yinlar o'ynash bilan shug'ullanishlari lozim. Aflotun o'yinlami maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qihb beriladigan materiallarni sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o'tadi. U bolalarga yoshlik chog'idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi.
Aflotun xotin-qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi.
Umuman Aflotun tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g'oyat nafratlanish ruhi bilan sug'orilgan. Aflotun g'oyasiga ko'ra bo'lajak faylasuflar va jangchilarning «jismoniy mehnat to'g'risida xato o'ylashlari» ham taqiqlab qo'yilgan, shuningdek qullaming bolalarini o'qitmagan ma’qul.
Biroq, Aflotun maktabgacha tarbiya to'g'risida, davlat tomonidan izchillik bilan ohb borilishi lozim bo'lgan tarbiya tizimi to'g'risida bir qancha muhim fikrlarni aytib, ijobiy o'mak namunasida tarbiyalashni talab qilgan.
Aflotun o'zining axloqiy g'oyalarini ilgari surar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, ob’ektiv idealizm yo'lini tutadi. Aflotun etikasining asosiy nazariy tayanch nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo'lgan va mangulik g'oyalari olamida xudoning doimiy nazorati ostida bo'ladigan yagona o'zgarmas «yaxshilik» g'oyasidir. Uning fikricha, erdagi yaxshiliklaming hamma turi o'zida me’yor, go'zallik va haqiqatdan iborat uch tushunchani jamlagan ohy «yaxshilik g'oyasi»ning inikosigina bo'lishi mumkin. Odamning axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik g'oyasi»ga intihshga to'la bo'ysungan va xushbaxtlikni tashkil etadigan, faqat ohy «yaxshilik» g'oyasiga intilishdagina xulqning namunasini ko'rish mumkin.
Platonning shogirdi bolgan, makedoniyalik Iskandami tarbiyalagan, qadimgi Gresiyaning eng yirik ideahst-faylasufi va olimi Arastuning pedagogika nazariyasini yaratishdagi va uni rivojlantirishdagi xizmatlari juda ulkan.
Arastu(Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322-yillar)da yashagan. Aflotunning shogirdi, makedoniyalik Iskandarning ustozi. Qadimgi Yunonistoning yirik ideahst-faylasufi va olimi.
Aflotun olamni g'oyalar va hodisalar dunyosiga bolgan boisa, uning shogirdi Arastuning aytishicha, g'oyani shaklga o'xshatish mumkin. Har qanday buyumda biz uning moddasini va shaklini ko'rishimiz mumkin. Moddada narsalar bo'hshi uchun imkoniyatlar bor; modda biron shakl oiganidan so'nggina narsa boiib qoladi. Chunonchi, marmaming o'zi bir moddadir, ammo unga ma’lum shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin.
Butun hayot taraqqiyot jarayonidir, bu jarayon, Arastuning fikricha, tashqi kuchlaming ta’siri ostida sodir bo'lmaydi, balki ichki taraqqiyotning o'zidir. Arastu tashqi olamning mavjudligiga shubha qilmaydi va hissiy tajribani, sezgilarni bilishning asosi deb hisoblaydi. Arastuning ta’kidlashicha bilishdagi xatolar noto'g'ri tafakkurdan, ya’ni hissiy tajribani noto'g'ri talqin qilishdan kehb chiqadi.
Arastu shakl bilan mazmunning birligini ko'rsatib o'tdi, taraqqiyot g'oyasini olg'a surdi.
Arastu olamda tana va jon bor, tana bilan jon materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deydi. Uningcha, uch xil jon bor: o'simlikdan tarkib topgan jon oziqlanish va urchib ko'payishda namoyon boladi; hayvonotdan tarkib topgan jon, o'simlik xossalaridan tashqari sezgilarda va istaklarda namoyon bo'ladi; aqlning ifodasi bolgan jon, o'simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ega. Insondagi jonning hayvoniy qismi aqlga tobe bolganligi sababh, uni iroda deb atash mumkin.
Arastuning fikricha, jonning mana shu uch xiliga muvofiq uch xil tarbiya - jismoniy, axloqiy va aqhy tarbiyalardir. Tarbiyaning maqsadi aql va irodani kamol toptirishdan iborat. Har bir moddada rivojlanish imkoniyati bor bolganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlaming boshlang'ichinigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati mavjud va bu imkoniyat tarbiya vositasi bilan ro'yobga chiqariladi.
Shahar maktablarining vujudga kelishi. G'arbiy Yevropada XII— XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlaming o'sishiga va shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Shahaming asosiy ahohsini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar o'z bolalariga amaliy faohyat uchun zarur bo'lgan bihm berishni istar edilar. Ular o'sha davrlarda cherkov maktablaridan qanoatlanmadilar. Hunarmandlar sexlarga uyushib, o'zlarining sex maktablarini ocha boshladilar, hunarmandlarning bolalari bunda o'qish, yozish, hisob va dindan saboq olar, uyga qaytgach otalaridan hunar o'rganar edi. Gildiyalarga uyushgan savdogarlar ham o'zlarining gildiya maktablarini ochib bolalariga dastur asosida bihm bera boshladilar. Keyinroq sex va gildiya maktablari magistrat maktablariga, ya’ni shahar boshqarmasi (magistrat) harajatidagi maktablarga aylandi.
Bu maktablarning mudir va o'qituvchilari tegishli sex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlanardilar. Ta’hm pullik bo'lgan ushbu maktablar cherkovga hisobot bermasdi.
Bir talay sex, gildiya va magistrat maktablarida o'qish lotin tilidan ona tiliga ko'chirildi.
Sex, gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. Bunday maktablar asta-sekin rivojlanib XV asrga kehb butun G'arbiy Yevropada faohyat yurita boshladi.
Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiy alar ning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat edi. XIII asrga kehb o'z- o'zini idora qihsh huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o'qituvchiiik huquqini bera boshladi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o'quv muassasasiga aylandi. XIV-XV asrlarga kehb universitetlar Yevropa mamlkatlarining hammasida mavjud.
O'rta asr universitetlarida to'rtta fakultet bo'lib, shulardan biri tayyorlov fakulteti edi. Unda «etti erkin san’at» (travium va kvadrilium) fanlari o'qitilardi. Talabalar o'rta maktab vazifasini bajaruvchi bu fakultetda 6-7 yil o'qib, «san’at magistri» darajasini olar, shundan so'ng asosiy uch fakultetdan birida: ilohiyot, meditsina yoki huquqshunoslik fakultetida o'qishni davom ettirish imkonyatiga ega bo'lar edi. Bu faulbtetlarda o'qish muddati 5-6 yil bo'lib, uni tamomlaganlar doktor, yoki olim unvoni qo'lga kiritardi.
O'rta asr universitetlari cherkov nazorati oqibatida sxolistika ruhidagi maktabga aylanib qolgan, cherkov tomonidan ma’qullangan va tavsiya qilingan kitoblargina o'qitilar, shu sababdan o'qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo'hb darslar lotin tilida olib borilar edi.
Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat’i nazar, O'rta asr universitetlari Yevropa madaniyatining rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Zamonaviy Yevropa ta’lim tizimining o'tmishdagi poydevori bo'lgan bu universitetlar ko'hna qit’a mamlakatlarining depiokratik rivojida ham o'z o'rniga ega.
Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. ХП—ХШ asrda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ohy malumot beradigan o'quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo'la boshladi. Universitetlarning vujudga kelishiga o'sha vaqtlarda ko'p Yevropaliklaming arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafasi) bilan tanishuvi katta ta’sir ko'rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G'arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga nisbatan harbiy harakatlari sabab bo'ldi. O'sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ilm fan rivojlangan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab ohy o'quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun andoza bo'ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o'quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o'qitilar, yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar Kordovada o'qib, oliy ma’lumot olardilar.
Universitetlarning paydo bo'lishining yana bir sababi yuksak malakali huquqshunoslarga talabning oshganligi edi. Mazkur sabablardan tashqari ХН-ХШ asrlarda G'arbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o'zgarishlar: hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlaming o'sib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o'rtasida oliy ma’lumot olish harakatini tug'dirdi, bu hoi o'z navbatida universitetlarning paydo bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatdi.
Yan Amos Komenskiy
Chexoslova Myalik gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiy o'zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o'qitish va tarbiyalashdek olijanob ishga bag'ishlagan ulug* pedagogdir.
Buyuk chex pedagogi 1592-yili 28 martda Moraviyadagi Ugorskiy Brod degan joyda tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo'lib, bu jamoa Chexiyaning ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlami o'z atrofiga to'plagan edi.
Komenskiy ota-onasidan ajralib, ancha vaqt o'qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o'qishga kiradi. Bu haqda Komenskiy shunday yozgan edi: Men o'sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimning orqada ekanligini ko'rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishli bo'lishi kerak. Maktabni tugatgach Xorbomi universitetiga (Germaniya) o'qishga kiradi,so'ngra Geydelberg universitetida o'z davrining bilimdon professorlaridan ma’ruza tingladi. Komenskiy Avstriya va Gollandiyada bo'lib iqtisodiy-siyosiy hamda madaniy hayot bilan tanishib ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi.
O'sha davrda knyazliklar orasid^Jboshlangan 30 yillik urush (1618— 1648) tufayli «Chex qardoshlari» jamoasi nemis dvoryanlari tomonidan vatanlaridan quvg'in qilinadi. Shu tariqa Komenskiy xotini va bolasidan juda bo'ladi. Qolyozmalari yo'qoladi.
«Chex qardoshlari» ko'chib kelgan Polshadagi Leshno shahrida Komenskiy gimnaziya tashkil etadi.
U o'zining 80 yillik umri davomida pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratgan «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Buyuk didaktika» (1632), «Onalar maktabi» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1953), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» (1658) kabi asarlar uning eng salmoqli asarlaridir. Shuningdek, mantiq, fizika, lotin va grek tillariga bag'ishlangan o'nlab darsliklar yozdi. Darsliklari hayotlik davridayoq boshqa tillarga tarjima qilinib, Komenskiyning nomini butun dunyoga tanildi.
Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga talluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar muallifi hamdir (U hayot ekanligi vaqtida hammasi boiib 2 jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa faqat 1935-yili topildi va Chexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarda kishilik jamiyatini isloh qilish g'oyasi ilgari suriladi.
Shvesiyada lotin tili darsligini va til o'qitish metodikasini tuzadi. U «Chex qardoshlari» jamoasiga episkop qilib tayinlangach, 1648-yili Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so'ng u yana o'qituvchiiik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqaradia. «Видимый мир в картинках», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» deb nomlangan asarida, o‘qish ishini rasmlar bilan olib borish g'oyasini ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan maktablarning qonuni» kabi pedagogikaga doir ishlari o'rin olgan.
1656 -yili Shved-polyak urushi vaqtida Leshnodagi «Chex qardoshlari» jamoasiga barham beriladi. Komenskiy Gamburgga so'ngra Amsterdamga ketishga majbur boladi. O'sha yerda Gollandiya senatining buyrug'iga muvofiq uning asarlari to'plam holda bosib chiqariladi.
Komenskiy vatani mustaqilligi uchun kurash olib borgan. Uning asarlarida vatanparvarlik hissi yaqqol aks etgan. U chex xalq poeziyasini yig'ib chex maqollar to'plamini tuzgan.
Komenskiyning dunyoqarashi. Komenskiyning dunyoqarashida uch xususiyat ta’sirini ko'ramiz.
1. Naturalistik falsafa. XVI-XVII asrlarda ingliz materialist faylasufi
- Bekon sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o'qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish bolmagan erda bilish ham yo'q, deydi u.
2. «Chex qardoshlari» jamoasi diniy jamoa bolganligi uchun Komenskiy ham dindordir. Lekin Komenskiyning ruhoniyligi turmushga amaliy qarash bilan bog'liq edi.
3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg'onish davri ta’sirida vujudga keladi. Odamlarga nisbatan muhabbat, hushchaqchaqlik, bulaming hammasi o'rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik ЬДап qarashga qarama- qarshidir.
Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog'liq. Ajralib qolgan narsa yo'q. Dunyo qarama-qarshiliklardan iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o'sishda, o'sish esa o'z qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli.
Komenskiy o'zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lishi to'g'risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika» asarida «o'qitish tabiiylikka bo'ysunishi, o'qitish tabiat talabiga bo'ysunishi kerak», deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o'sish jarayoni tabiatdagi o'sish jarayoniga o'xshagan bo'ladi. Masalan, bog'bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o'sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o'qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo'ysinadi. O'qitish jarayoni tabiatga o'xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik prinsipida kishini tabiatning bir bo'lagi deb qarash (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o'sishiga ta’sir etadi deyish o'z davrida ilg'or fikr sanalgan. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo'lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o'sadi.
Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg'unlik masalasida hamma nar- saning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug'lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo'linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo'linadi; go'daklik, bolalik, o'smirlik, etuklik. Shuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo'linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang'ich ta’lim, o'rta ta’lim, oliy ta’lim.
Umumta’lim g'oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o'qishga tortish shart emas, qobiliyatli kishigina o'qishi kerak, degan g'oya mavjud edi. Komenskiy esa o'qishga hammaning tortilishini, hamma o'z ona tilida umum boshlang'ich ta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to'g'risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. O'sha davrda xotin-qizlar uchun o'qish juda katta muammo edi. Shu tufayU ulug' pedagog bu masalani ilgari surdi.
Komenskiy o'z asarlarida tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashekanligi va buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkinligini uqtiradi. Bular:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Diniy tarbiyalardir.
Bular bola tug'ilganidan 24 yoshiga kirguncha amalga oshiriladi, bu vaqt mobaynida bola har biri 6 yildan bolgan to'rt maktabni o'qib tugatishi kerak, deb hisoblaganulug' pedagog.
Komenskiyning bolani yoshini davrlarga bo'lishi. Komenskiy tabiiylik prinsipiga amal qilib, bola yoshini 4 davrga bo'ladi.
1. Tugaganidan 6 yoshgacha - ona maktabi. Bu davrda bolaning sezish organlarini o'stirishga, bolaning qabul qilishini, atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat berish lozim. Bolani mehnatga o'rgatish, o'z-o'ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona boladagi axloqiy tarbiyaning asoslarini, to'g'rilik, haqqoniylik, mehnatni sevish va boshqalarni vujudga keltiradi. Ona maktabi bog'cha yoshidagi bola tarbiyasini ko'zda tutadi.
2.6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o'quvchi esda saqlashi, so'zlashga o'rganishi, yozish, boshlang'ich maktab ko'nikmasini hosil qilishi kerak. Buning uchun geometriya, geografiya, tabiiyot fanlarini o'rganishi lozim.
3. 12-18 yoshgacha - gimnaziya. Bu o'quv yurtining vazifasi bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o'stirishdan iborat bo'hb, unda klassik tillar, tabiiyot bilimlari, axloq, ilohiy fanlar o'qitilishi kerak.
4.18-24 yoshgacha - Universitet. Akademiya. Bu o'quv yurtlari o'quvchining irodasini, shaxsini bir butun o'stirishi lozim.
Shunday qihb, maktab Komenskiy qarashicha o'quvchilami o'ylash- ga, harakatlantirishga, masalalarni amalda mustaqil echa bilishga, o'quvchilami so'zlashga, o'z fikrini to'g'ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o'rgatmog'i shart.
- Mehnat kishini ulug'laydi, - deydi Komenskiy. - Shuning uchun mehnatga ham yoshlikdan o'rgatish darkor.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida didaktika katta o'rinni egallaydi.
Komenskiy o'zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o'qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.
1. Ko'rgazmalilik tamoyili;
2. Onglilik tamoyili;
3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;
4. Mashq qilish, bihm va malakalami puxta egallash tamoyillari.
1. Ko'rgazmalilik tamoyili - Komenskiy ko'rgazmalilik tamoyilini
nazariy jihatdan isbotlab, mufassal bayon qihb bergan.
Ko'rgazmalilikni o'qitishning «Oltin qoidasi» deb ataydi u. Bu tamoyilda: a) bolaga real narsalarni ko'rsatish, b) dunyoni rasmlar orqah tushuntirish, v) narsalarning modelini ko'rsatish, g) o'qituvchininj^o'zi o'rganilayotgan materialni chuqur bilishga va esda uzoq vaqt saqlanishga ohb keladi.
2. Onglilik tamoyili. Komenskiy onglilik tamoyilini ilgari surar ekan, o'qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og'zaki yodlashga qarshi chiqadi. «Aql-idrok bilan yaxshi tushunib olingan narsadan boshqa hech bir narsani zo'rlab yodlatmaslik lozim». O'quvchilar «O'rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday foyda etkazishini o'qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. Shu bilan hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani tola tushuntirib bo'lguncha, shu narsa ustida to'xtatmoq kerak» deb yozadi u.
3. Komenskiy ta’limning tizimli bo'hshi tarafdori edi. O'qitilayotgan material o'quvchilarga asosiy qoidalar tariqasida lo'nda bayon qilinishi kerak. O'qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o'tish, dalillar va misollami qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo'lib qoladi. Konkretdan abstraktga, osondan qiyinga, umumiyda^ususiyga o'tish kerak; awal narsa, ya’ni hodisaga umumiy tushuncha berib, keyin uning turh tomonlarini alohida o'rganish kerak deb hisoblaydi.