2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va toksikomaniya


Morfiy preparatlari bilan narkomaniyaning kelib chiqishi



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə20/28
tarix10.05.2022
ölçüsü57,83 Kb.
#57347
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va t

Morfiy preparatlari bilan narkomaniyaning kelib chiqishi. Morfiy preparatlariga pantapon, amnopon, laudonon, pregorik, - opionon, morfiy, kodein, tebain, geroin, dionin, papaverin, narkoten laudanin va sintetik preparatlar - fenadon, promedol kiradi.

Morfiy preparatlari ko’knori o’simligidan olinadi. Morfiyli preparatlarga odam tez o’rganib qoladi. Bu preparatlarni teri ostiga, vena tomiriga, ukol qilish mumkin yoki cheqiladi. Narkotiklar ko’p xollarda sterillanmagan shpiritsda narkotik moddalarni qabul qiladilar. Narotik moddaning 0,3-0,5 g odamni o’ldiradi. Odam unga o’rganib qolishi tufayli 10 martadan ortiq dozada qabul qilishi mumkin. Narkoman bunday katta dozani qabul qilishi tufayli unda eyforiya xosil bo’ladi. Narkotik moddani qabul qilgandan keyin narkomanning og’zi quriydi, umumiy quvvatsizlik kuzatiladi, badani qizib ketadi, qulog’ida turli shovqinlar xosil bo’ladi, boshi og’riydi, ter chiqadi, siydik ayirish kuchayadi, nafas olishi o’zgaradi. Tanasi ko’qara boshlaydi, qonli ichi ketadi, badani qichishadi, terisiga qizil toshma toshadi, chuqur uyquga ketish boshlanadi. Narkotik moddalarni surunkali qabul qilish natijasida osmonda uchib yo’rgandek his etadi, ko’ziga turli narsalar ko’rinadi, 30-40 minutdan so’ng eyforiya uyquchanlik, mudrash, hush yoqish boshlanadi. Narkotik moddadan voz kechgandan keyin 5 kun qabul qilmay yurishi mumkin. Bunda narkomanda ter ajralish, esnash, ko’zdan yosh oqish, qusish, ko’ngil aynash, nafasni tezlashuvi, qo’l, oyoq mushaklarida og’riq, ozib ketish ro’y beradi. Bu xolatni abstinentsiya deb yuritiladi. Abstinentsiyada bezovtalanish, o’lib qolishdan qo’rquv, uyquni buzilishi, qo’rqinchili tush ko’rishlar, agressivlik yoki apatiya xolat sodir bo’ladi.




Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin