2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va t
Polinarqomaniya(chekish, alkogolizm, nos chekish va giyohvant moddalarni istemol qilish). Tamaki chekish odam organizmiga ta’sir qiladimi? so’zsiz ta’sir qiladi. Odam papiros chekkanda tamaki tutini bilan nafas oladi, o’pkaga kislorod o’rniga SO2 (karbonat angndrid) gazi borib qonga o’tadi, organizmdagi moddalar almashinuvini buzadi, bunday xolat o’z navbatida organizmning kislorod tanqisligiga sabab bo’ladi. Tamaki tarkibidagi ammiak namlik ishtirokida o’pka alveolalari (hujayralarida) ishqor -nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o’pkaning shilliq qavatini ta’sirlab chekuvchida bronxit kassalligini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida o’pkaning turli yuqumli kasalliklarga chidamligi kamayadi. Olimlar ma’lumoticha sil kasalligiga duchor bo’lganlarning 90 foizi chekuvchilardir.