2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va toksikomaniya



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə18/28
tarix10.05.2022
ölçüsü57,83 Kb.
#57347
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va t

Toksikomaniya.Toksikomanlar yuridik jihatdan narkotik preparatlarga kirmaydi, lekin unga odam o’rganib qoladi. Taksikoman preparatlar guruhiga: a) psixoleptik (seduksen, elenium, tazepam, trioksazin, meprobanat); b) psixoanaleptik (sidanofen, atsefsn va 6.); v) boshqa stimulyatorlarga (fenamin, benzidrik, kofe, choy) kiradi.

Nerv sistemaning ko’zg’aluvchanligini oshirish uchun yoki charchaganda, ishchanlik qobiliyati kamayganida, uyquni qochirish uchun fenomin yoki benzedrin preparatlarini qabul qilib, ko’pincha narkomaniya rivojlanadi. Bu preparatlarni tez-tez qabul qilish natnjasida odam bularga o’rganib qoladi. Kayfiyatni yaxshilash uchun bu preparatlarni qabul qilgisi keladi. Ba’zan odam kofe yoki achchiq choyni ichib taksikoman bo’lib qolishi mumkin. Kofe yoki achchiq choy (chivir) ichmasa uyqusizlik, bosh og’rig’i, qo’rqinchli tush ko’rish, qaltirash xolatlari sodir bo’lishi mumkin. Achchiq choy (chivir) ichgandan 30-40 minut o’tgach «mast bo’lish» yaxshi kayfiyatni ko’tarilish ko’eg’oluvchanlikning ortishi kuzatiladi. Ish qobiliyatini ortishi, charchoqlikni qondirish mumkin. Chivirni surunkali qabul qilish oqibatida uyqu, psixikaning buzilishi, qiziqishni kamayishi vujudga keladi. Polinarkomoniyaga giyohvand moddalar bilan bar vaitda nos chekish, ichish, spirtli ichimliklar ichish kiradi. Polinarkamaniya tibbiyotda bir vaqtning o’zida turli hil giyohvand moddalarni tasirini uzoqroq saqlab turish maqsadida, ya’niy qayf xolatini uzoqroq davom etitirish maqsadida qo’shimcha kayf beradigan narkotik bo’lmagan moddalarni ishlatilishi. Polinarkomaniya ikkita undan ortiq narkotik moddani qabul qilishdir. Odam alkogol bilan birga narkotik modda qabul qilishi mumkin. Masalan alkogolizm + chekish + morfinizm, yoki alkogolizm + nashavandlik + tamaki chekish. Ba’zilar alkogolni ichadi so’ng tamaki chekadi, undan so’ng uyqu dori ham qabul qiladi. Polinarkomanlar og’ir bemorlar hisoblanadilar. Narkotik moddalar bilan uyqu dorisini ichganda bo’g’inlarda qattiq og’riq, qaltirash, ishtahaning pasayishi, psixoz yuzaga keladi. Bemorlar ta’sirchan, tajavuzkor, xotirasi sust, ishchanlik qobilyati pasaygan bo’lib qoladilar. Ba’zan narkomanlar alkagol bilan nasha chekadilar. Bunday bemorlar ingraydi, baqiradi, qo’rqadi, o’zini o’zi o’ldirmoqchi bo’ladilar. Opiy bilan uyqu dori ichsa haddan tashqari hursandlik, sergaplik va boshqalar vujudga keladi, so’ng tajavuzkor bo’lib qoladilar.

Psixostimulyator vositalarga: «ekstazlar», kokain, galyutsionagenlar kiradi. Ekstazlar - keyingi vaqtlarda ko’proq qo’llanila boshlandi. Ko’proq ekstaz qabul qilinganda tana harakati faollashadi, harorat oshadi va issiqikka chalinib o’lim sodir bo’lishi mumkin. Kokain qabul qilinganda yurakda aritmiya sodir bo’ladi, odam to’satdan o’lib qladi.

Gallyutsionagenlar kanopga o’xshab kayf, beradi. Bu moddalar psixozni keltirib chiqradi.

Uchuvchi moddalarga - kimyoviy erituvchilar, benzin, kley, bo’yoqar va boshqlar kirib, ularni hidlashadi. Bu moddalar bosh miya, jigar, o’pka hujayralarini o’ldiradi.Tamaki tarkibidagi nikotin va spirtli ichimliklar tarkibidagi etanol - etil spirti ham narkotik moddalarga kiradi. Bu moddalar ta’siridan ham odam kayf qladi.

Alkogolni istemol qlishganda turli darajadagi zaharlanish vujudga keladi. Birinchi darajadagi mast bo’lishda qo’zg’alish, eyforiya, tetiklik, harakatlarning tormozlanish xolatlari sodir bo’ladi. Bunda qizarish, pulsni tezlashuvi, ishtahani ochilishi, ba’zi xolarda jinsiy faoliyatning ortishi kuzatiladi.

Odam saxiy, tetik, sergap maqtanchoq bo’lib qoladi. Miya po’stlaridagi nerv markazlar tormozlanadi.Ikkinchi stadiya markaziy nerv sistemasining tormozlanishi bilan harakterlanadi. Bunda umumiy quvvatsizlik, fikrlash tempini kamayishi, nutqning buzilishi, muskul harakatlarining koordinatsiyasining buzilishi va boshqalar vujudga keladi.

Uchinchi daraja ongning chuqur buzilishi, hushdan ketish bilan harakterlanadi. Komada yoki hushidan ketganda yuzi qizarishi so’ng ko’karib ketishi sodir bo’ladi. Ko’z qorachig’i keskin torayadi, nafasi sekinlashadi, pulsi susayadi, yurak sekin uradi.

Shuni aytish kerakki, narkomanlarda jigar hastaligi ko’plab uchraydi. Sababi narkotik mahsulotlarini ko’knoridan tayorlashda turli xil kimyoviy erituvchilardan - atseton, erituvchilardan toluol, benzol, sirka angidridi kabilardan foydalaniladi. Ular organizm uchun, ayniqsa jigar uchun uning hujayra va to’qimalari uchun o’ta zaharli hisoblanadi. Bu moddalar bir tomondan jigarni ishdan chiqarishi bilan jigar hastalanishini keltirib chiqaradi. Jigarda zaharli modda 1,5 foizgacha saqlanadi. Narkotiklarda ko’pincha gepatit (toksik) - sariq kasallikni keltrib chiqaradi. Yuqumli A, B turdagi gepatit kasalligini sog’ayishni uzaytirib yuboradi. Narkotiklar bundan tashqari jigardagi oqsil singezinn jigarda qonning ivishida qatnashish funktsiyasini buzadi. Muskul tonusi pasayadi. Ba’zan epilepsiya vujudga kelib, siydik ayirish ixtiyorsiz bo’ladi. Odam qusadi, ichki organlari zarar ko’radi. Og’ir mastlikdan so’ng odam hech narsani eslamaydi. Alkogol odam organizmida 8 - 20 kungacha saqlanib turadi. Bunday bemorlar og’ir zararlangan hisoblanadi.


Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin