2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va t
Takrorlanib keluvchi his-hayajon, siqilish, tanglik omillari natijasida har xil infektsion kasallikular gripp, qizamik, skarlitina va x.yuk. inson asteniya xolatiga olib kelishi mumkin. Tez tez kasallanib turish ham asteniya xolatini sababi bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklar organizmni nimjonlantiradi va ish faoliyatini susaytiradi. Bu xolatda bolaga mahsus tartib belgilanadi, topshiriqlar kamaytiriladi va bolaga sog‘likni tiklash uchun sharoit yaratiladi. Sog‘lom bolalarni rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar bolaning organizmiga jismoniy tarbiyaning hal qiluvchi ta’siridan dalolat beradi. Inson organizmi harakatga bo‘lgan biologik ehtiyojni sezadi, ushbu harakatlar his-hayajon, siqilish, tanglik xolatlarini bartaraf qilib, jismoniy va intellektual rivojlanishni takomillashtirishning faol biologik rag‘batlantirishning omili bo‘ladi. Harakatlarning roli organizmning keskin va kuchli o‘sishi va rivojlanishi davrlarida - bolalik va o‘smirlik yoshida ayniqsa kattadir.