Ionli bog'lanish. Ionli bog'lanish elektromanfiylik qiymatlari bir-biridan keskin
farq qiladigan element atomlari (odatda, metall va metalmas atomlari) o'rtasida
vujudga keladi. Bunda elektromanfiyligi kuchli element atomi elektromanfiyligi
kuchsiz element atomidan elektronni tortib oladi va ular qarama-qarshi zaryadli
ionlarga aylanadi. Bu ionlar o'zaro elektrostatik tortishish kuchlari yordamida
o'zaro birikadi.
Kovalent bog'lanish. Kovalent bog'lanish, asosan, metalmas atomlari orasida
vujudga keladi. Atomlarning o'zaro bir yoki bir necha elektron juftlik hosil qilishi
natijasida vujudga keladigan bog'lanish
kovalent bog'lanish deyiladi. Kovalent
bog'lanish tabiatiga ko'ra 2 xil bo'ladi:
1.Qutbsiz kovalent bog'lanish. Elektromanfiylik qiymati jihatidan o'zaro teng
bo'lgan element atomlari o'rtasida vujudga kelgan bog'lanish
qutbsiz kovalent bog'lanish deyiladi.
Bunda atomlar o'rtasida hosil bo'lgan umumlashgan elektron juftlik har
ikkala atom yadrolaridan bir xil uzoqlikda joylashadi. Qutbsiz kovalent bog'lanishli
moddalarga, ko'pincha, oddiy moddalar H
2
, O
2
, Cl
2
, N
2
molekulalarini misol qilishi
mumkin.
2.Qutbli kovalent bog'lanish . Elektromanfiylik qiymatlari jihatidan bir-biridan oz
farq qiladigan element atomlari orasida vujudga kelgan bog'lanish
qutbli kovalent bog'lanish deyiladi.
Bunda atomlar o'rtasida hosil bo'lgan umumlashgan elektron juftlik
elektromanfiyligi kuchliroq element atomi tomon siljigan bo'ladi, natijada
molekulani bir tomonida musbat qutb, ikkinchi tomonida manfiy qutb (dipol)
vujudga keladi. Molekula qutbli bo'ladi.
Elementlarning kovalent bog'lanish hosil qilish xususiyati, ularning kovalentligi
(valentligi) deyiladi.