2-Modul: Qatti q jismlarda atomlararo bog’lanishlar va ularning turlari


Kimyoviy elementlar valentligi. Birikmalardagi element atomlarining



Yüklə 332,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix17.10.2023
ölçüsü332,27 Kb.
#156455
1   2   3   4   5
4-8 ma\'ruza

Kimyoviy elementlar valentligi. Birikmalardagi element atomlarining 
valentligi va oksidlanish darajasi. 
Atomning (elementning) valentligi ham 
kimyoning asosiy tushunchalari qatoriga kiradi. U elementlar atomlarining 
kimyoviy bog'lanishlar hosil qilish xususiyatini ko'rsatadi. 
Atom massa yo ekvivalentga teng bo'ladi yoki ekvivalentdan bir necha marta 
ortiq bo'ladi. Atom massaning ekvivalentdan necha marta ortiq ekanligini 
ko'rsatuvchi son 
valentlikdir
, valentlik V harfi bilan belgilanadi. 
Valentlik quyidagicha ta'riflanadi: 
Elementnnng bnr atomiga necha atom 
vodorod birikishi yoki almashinishini ko'rsatadigan son shu elementning valentligi 
deb ataladi

Bir atom kislorod ikki atom vodorod bilan birikadi, demak kislorod ikki 
valentlidir. Elementlarning valentliklarini faqat vodorod orqali emas, kislorod 
orqali ham aniqlash mumkin. Vodorod va ishqoriy metallar hamisha bir valentli, 
kislorod va ishqoriy yer metallar esa ikki valentli, alyuminiy hamisha uch valentli 
bo'ladi. Bu elementlar o'zgarmas valentli elementlar deyiladi. Ammo ba'zi 
elementlar borki, ularning valentliklari birikuvchi elementlarning tabiatiga va 
reaksiya sharoitiga qarab o'zgaradi. Masalan: Mis qizdirilganda, sharoitga qarab 
ba'zan bir valentli bo'lib Cu
2
O hosil qiladi, ba'zan esa ikki valentli bo'lib SuO hosil 
qiladi. Demak, mis bir valentli ham, ikki valentli ham bo'lishi mumkin, yana N, P, 
As va galogenlar va boshqa ko'pgina metallar o'zgaruvchan valentli elementlardir. 
Azot o'z birikmalarida 1, 2, 3, 4, 5 valentli bo'la oladi. Davriy sistemaning VIII-
guruhidagi inert gazlarning valentliklari nolga teng. Ya'ni ular bir-biri bilan va 
boshqa elementlar bilan birikmaydi. 


Atom hosil qila oladigan bog'lanishlar soni uning juftlashmagan elektronlari 
soniga teng. Eng oddiy hollarda element atomining valentligi ham unda umumiy 
elektronlar jufti hosil qilishga ketadigan juftlashmagan elektronlar soni bilan 
aniqlanadi. Bunda hosil bo'lgan bog'lanishlar qutbliligi e'tiborga olinmaydi, shu 
sababli valentlikning ishorasi bo'lmaydi. Bog'lanishlar soni sifatida aniqlanadigan 
valentlik manfiy bo'lishi ham, nolga teng bo'lishi ham mumkin emas. Buni azot – 
N
2
, gidrazin – N
2
H
2
, nitrat kislota – HNO
3
, ammiak – NH
3
misolida ko'rib 
chiqamiz. Azot atomi elektronlarning kvant katakchalarida joylashuvi quyidagicha: 
Bundan azotning uchta juftlashmagan elektroni bo'lgani sababli u uchta 
kimyoviy bog'lanish hosil qilishi mumkin va uning valentligi 3 ga teng bo'ladi. 
Kovalent bog'lanishning har qaysi elektron juftini chiziqcha bilan belgilab
struktura formulalarni olamiz: 
Bu birikmalarning hammasida azot uch valentli. Lekin azotning oksidlanish 
darajasi 0, -2, -3 ga teng. NH
4

da azot 4 valentli, lekin azotning oksidlanish 
darajasi -3 ga teng. HNO
3
molekulasida azotning valentligi 4 ga teng. Oksidlanish 
darajasi 

5 ga teng bo'ladi. Ayni birikma batamom ionli tuzilishga ega deb faraz 
qilinganda uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi uning oksidlanish 
darajasi deb ataladi. Elementlarning oksidlanish darajasini aniqlashda doim 
kislorodning oksidlanish darajasining – 2, vodorodnikini 

1 deb qabul qilinadi. 
Metall ionlarining oksidlanish darajasi ularning zaryadiga teng deb olinadi. 
Masalan, H
2
O da vodorodning oksidlanish darajasi 

1, kislorodniki – 2 dir. KI da 
kaliyniki 

1, yodniki – 1 ga teng. 
Ko'pchilik hollarda element atomining oksidlanish darajasi u hosil qiladigan 
bog'lanishlar soniga to'g'ri kelmaydi, ya'ni shu element valentligiga teng emas. Bu 
ayniqsa, organik birikmalar misolida yaqqol ko'rinadi. Ma'lumki, organik 
birikmalarda uglerodning valentligi 4 ga teng (4 ta bog'lanish hosil qiladi), lekin 
uglerodning oksidlanish darajasi metan CH
4
da -4, metanol CH
3
OH da -2, 
formaldegid CH
2
O da -0, chumoli kislota HCOOH da 

2, karbonat angidrid 
CO
2
da 

4 ga teng bo'ladi. 
Kovalent bog'lanish bo'lmaydigan birikmalarda atomlarning valentligi 
xaqida gap yuritib bo'lmaydi, bunda oksidlanish darajasi to'g'risida gapirish kerak. 
Shuning uchun anorganik kimyoda oksidlanish darajasi tushunchasini, organik 
kimyoda esa valentlik tushunchasini qo'llagan ma'qul. Bunga sabab shuki
ko'pchilik anorganik birikmalar nomolekulyar tuzilgan, organik birikmalarning 
ko'pchiligi esa molekulyar tuzilgan. 
Nazorat savollari 
1.Kimyoviy bog'lanishlarni vujudga kelishini tushuntiring? 


2.Ionli bog'lanish qanday hosil bo'ladi? 
3.Kovalent bog'lanish va uning turlari haqida gapiring. 
4.Valentlik va oksidlanish darajasi nima? 

Yüklə 332,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin