Davlat gerbi
davlatimizning siyosiy, milliy,
xо‗jalik, jug‗rofiy, etnik va boshqa о‗ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy
7
an‘analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda О‗zbekistonning
ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari о‗ziga xos tarzda ifoda etilgan. «О‗zbekiston
Respublikasi Davlat gerbi tо‗g‗risida»gi qonunga binoan, О‗zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi kо‗rinishga ega: tog‗lar,
daryolar va sо‗l tomoni bug‗doy boshoqlaridan, о‗ng tomoni esa chanoqlari
ochilgan g‗о‗za shoxlaridan iborat chambarga о‗ralgan gullagan vodiy uzra quyosh
zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining
ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bо‗lib, uning ichki qismida yarim oy va
yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini
yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat
bayrog‗ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib
qо‗yilgan.
О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli kо‗rinishida: Humo qushi
va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va
«O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g‗о‗za shoxlari va barglari, tog‗lar va vodiy –
yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – О‗zbekiston Respublikasi
Davlat bayrog‗ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin
zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangda
tasvirlangan. Qonunda О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri
tushiriladigan obyektlar batafsil sanab kо‗rsatilgan.
О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan О‗zbekiston
Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, о‗quv-tarbiya
jarayonida, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi
sifatida foydalanish mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, О‗zbekiston
Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining
rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yо‗l qо‗yilmaydi.
О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan
ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) о‗tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari О‗zbekiston Respublikasining Davlat
gerbiga о‗xshash bо‗lishi mumkin emas. О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari,
shuningdek, О‗zbekistonda turgan boshqa shaxslar О‗zbekiston Respublikasining
Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi
tо‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda
javobgar bо‗ladi. Shu tariqa, О‗zbekistonning davlat gerbi ham davlat
mustaqilligining ramzi bо‗lib, respublikaning rasmiy belgisi sifatida faqat qonunda
kо‗rsatilgan obyektlarga tushiriladi.
О‗zbekistonning konstitusiyaviy tarzda mustahkamlangan Davlat bayrog‗i,
Davlat gerbi bilan bir qatorda Davlat madhiyasi ham mavjud.
Zero, dunyodagi har qanday mustaqil davlat о‗z madhiyasiga ega. Umuman,
madhiya haqida sо‗z ketar ekan, uning qachon, qayerdan kelib chiqqanligini va
nima sababdan bо‗lganligini bilib olish muhim. Madhiya – grekcha ―madhiya‖
sо‗zidan olingan bо‗lib, u dasturiy xarakterdagi she‘rni tantanali qо‗shiq qilib
8
tarannum etilishi ma‘nosida qо‗llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud.
Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida
eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.
Davlat madhiyalari hozirgi zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud
bо‗lib, u davlat bayrog‗i va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy
tantanavor ramzi bо‗lib hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, О‗zbekiston ham mustaqil
davlat sifatida о‗z davlat madhiyasiga ega.
О‗zbekistonning davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli
shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov
tomonidan kuy bastalangan. Dadil aytish mumkinki, madhiyamizda о‗zbek
xalqining shodiyona fikr-о‗ylari va his-tuyg‗ulari bekamu kо‗st о‗z ifodasini topdi.
1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «О‗zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi tо‗g‗risida»gi qonunga binoan, О‗zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi О‗zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. О‗zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasiga zо‗r ehtirom bilan qarash О‗zbekiston
Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. О‗zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasi qonunda belgilangan vaqt va marosimlarda ijro
etiladi.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim
darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar
vaqtida ijro etilishi mumkin. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan yoki о‗zga vokal va cholg‗u asboblari
bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi
mumkin.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg‗u
asboblari bilan ijro etilgan taqdirda tо‗liq ijro etiladi, cholg‗u asboblarining о‗zida
ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yо‗l qо‗yiladi - ashulaning
boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy
tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog‗i lozim.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kо‗pchilik huzurida ijro
etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bо‗lsa, hozir
bо‗lgan kishilar madhiyani tik turib va о‗ng qо‗l kaftini kо‗krakning chap
tomoniga qо‗yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi
shaxslar esa qо‗lini bosh kiyimiga qо‗yib tinglaydi.
Agar О‗zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi О‗zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa,
hozir bо‗lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi.
Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg‗a,
madhiya О‗zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‗ururi, tarixiy xotirasi va
intilishlarini о‗zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – о‗zining
qadr-qimmatini, о‗z mamlakatiga va shaxsan о‗ziga bо‗lgan hurmatni
mustahkamlash demakdir» (
Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 –
Toshkent: О‗zbekiston, 1996.
).
|