Stabilitron. Kuchlanishni bir necha voltdan bir necha o‘n voltli va yuzlab voltli kuchlanishlarni stabillash uchun taxminan 3400V maxsus kremniyli yassi diodlar stabilitron deb atalmish asbob yoki tayanch diodi ham deb ataladi. Kuchlanishni stabillash uchun diod xarakteristikasini teskari shoxobchasidan foydalaniladi.
Yarim o‘tkazgichli stabilitronning volt-amperli xarakteristikasi
Stabilitron - yarim o‘tkazgichli diod bo‘lib, uning ishlash prinsipi р-n o‘tishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishiga olib kelishiga asoslangan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi.
Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib, tokning IST.min dan IST.max gacha keng o‘zgarish oralig‘ida barqarorlash kuchlanishi UST hisoblanadi (6.5-rasm).
Stabilitron VAX sidagi ishchi soha elektr teshilish sohasida joylashadi. Barqarorlash kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentratsiyasi bilan aniqlanadigan p-n o‘tishga bog‘liq. Agar yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich qo‘llanilsa, u holda р-n o‘tish tor bo‘ladi va tunnel teshilish kuzatiladi. UST ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi. Yuqori voltli stabilitronlar keng r-n o‘tishga ega bo‘lishi keoak, shuning uchun ular kuchsiz legirlangan kremniy asosida yasaladilar. Ularda ko‘chkisimon teshilish sodir bo‘ladi, barqarorlash kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. UST 3 dan 7 V gacha bo‘lgan oraliqda teshilishning ikkala mexanizmi ishlaydi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 dan 400 V gacha bo‘lgan stabilitronlar ishlab chiqariladi.
Stabilitronning elektr teshilish sohasidagi differensial qarshiligi rD barqarorlash darajasini xarakterlaydi. Bu qarshilik qiymati dioddagi kichik kuchlanish o‘zgarishi qiymatining diod toki o‘zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi . rD qiymati qancha kichik bo‘lsa, barqarorlash shuncha yaxshi bo‘ladi.
rD=Uct/Ict
Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib barqarorlash kuchlani-shining temperatura koeffitsiyenti (KTK) hisoblanadi. KTK – bu temperatura bir gradusga o‘zgarganda barqarorlash kuchlanishining nisbiy o‘zgarishi. Ko‘chkisimon teshilish kuzatiladigan kichik voltli stabili- tronlar odatda musbat KTKga ega. KTK qiymati odatda 0,2 - 0,4 % /grad dan oshmaydi.
Varikap elektr yordamida boshqariladigan sig‘im sifatida qo‘llanishga mo‘ljallangan. Varikapning ishlash prinsipi elektr o‘tish to‘siq sig‘imining teskari kuchlanishga bog‘liqligiga asoslangan.
Varikaplar asosan tebranma konturlarni chastotasini elektron qayta sozlashda qo‘llaniladi. Varikaplarning bir necha turi mavjud. Masalan, parametrik diodlar o‘ta yuqori chastota signallarini kuchaytirish va generatsiyalashda, ko‘paytiruvchi diodlar esa keng chastota diapazoniga ega bo‘lgan ko‘paytirgichlarda qo‘llaniladi.