2-mustaqil ish Guruh: 411-20 Bajardi: To’raqulov Jur’atjon Tekshirdi: Bababekova Nargiza


Jahon xo'jaligida mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va ishtiroki



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/4
tarix21.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#118962
1   2   3   4
iqtsod 2-mustaqil iw

3. Jahon xo'jaligida mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va ishtiroki
Ma’lumki, jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarish omillarning va |mamlakatlarning rivojlanish shart-sharoitlarini turli-tumanligi iqtisodiy rivojlanish darajasini bir tomonlama baholash imkonini bermaydi. Buning uchun jahon iqtisodiyotida bir qator asosiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Jumladan:
1. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM yoki YaMM miqdori.
2. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad
3. Milliy iqtisodiyotning tarmoq tarkibi.
4. Aholi jon boshiga to ‘g‘ri keladigan asosiy mahsulot turlarining ishlab chiqarilishi (alohida tarm oqlarning rivojlanish darajasi
5. Aholining turmush darajasi va sifati.
6. Iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari va boshqalar. Qayd etib o ‘tish joizki, jahon iqtisodiyotida mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi — bu tarixiy tushunchadir. Milliy iqtisodiyotning yoki jahon hamjamiyatining har bir rivojlanish bosqichi uning asosiy ko‘rsatkichlariga u yoki bu darajadagi o'zgarishlami kiritib turadi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM yoki YaMM miqdori iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlashdagi eng muhim ko'rsatkichdir. Jahon mamlakatlarini rivojlanayotgan yoki rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritishda ana shu ko'rsatkichlar muhim rol o'ynaydi. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 6000 AQSH dollaridan kam bo'lmasligi kerak. Ba’zi bir rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM ushbu ko'r2 - 353 satkichdan yuqoriroq (masalan, Sloveniya — 9Й40, Saudiya Arabistonida — 7150, Urugvay — 6130 va h.k.lar) bo'lsa-da, ularni boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlari yig'indisi bo'yicha rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritib bo'lmaydi. Jahon xo'jaligida iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi ham muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Uning tahlili YalM ko'rsatkichlari asosida olib boriladi, ya’ni tarmoqlaming YalM dagi ulushi hisoblanadi. Eng awalo, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining nisbati e’tiborga olinadi. Bu nisbat, birinchi navbatda, jahon mamlakatlari iqtisodiyotida qayta ishlash sanoatining solishtirma og'irligi bilan aniqlanadi. Jahon iqtisodiyotida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarilishi ham mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, eng awalo, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan elektroenergiya mahsulotlarini ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Chunki elektroenergiya boshqa barcha ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishi asosidir. Bu ko'rsatkich bo'yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasidagi nisbat 500:1, ba’zan bundan ham yuqori bo'lishi ham mumkin. Jahon iqtisodiyotida elektroenergiyadan tashqari sanoat mahsulotlari ichida muhim ahamiyat kasb etuvchi turlari ichida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan po'lat eritish, metall kesuvchi dastgohlar, avtomobillar, tabiiy o'g'itlar, kimyoviy tolalar, qog'oz va h.k.lami ham alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Bundan tashqari, don, sut, go'sht, shakar, kartoshka kabi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi ham muhim ko'rsatkich sanaladi. Turmush faravonligini aniqlashda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan nooziq-ovqat tovarlar (matolar, kiyimlar, poyabzal, to'qimachilik mahsulotlari) ham zarur ko'rsatkichdir. Mamlakat aholisini turmush faravonligini aniqlashda YalMning foydalanish bo'yicha tarkibi, ayniqsa, shaxsiy iste’mol xarajatlari muhimdir. Uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar qancha ko'p iste’mol qilinsa yoki xizmatlardan keng foydalanilsa, ushbu mamlakat shuncha rivojlangan hisoblanadi. Aholining turmush tarzi darajasi bir-biri bilan chambarchas bog'liq ko'rsatkichlar (iste’mol savati va yashash minimumi tahlili) bilan ham bog'liqdir. Bundan tashqari, jahon iqtisodiyotida aholi turmush tarzini aniqlashda mehnat resurslari holat va xizmatlar sohasining rivojlanishi ko'rsatkichlaridan ham keng foydalaniladi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin