2-mustaqil ish Guruh: 411-20 Bajardi: To’raqulov Jur’atjon Tekshirdi: Bababekova Nargiza



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/4
tarix21.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#118962
  1   2   3   4
iqtsod 2-mustaqil iw



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Zamonaviy iqtisodiyot fanidan
2-mustaqil ish


Guruh: 411-20


Bajardi:To’raqulov Jur’atjon
Tekshirdi:Bababekova Nargiza
Mavzu: Jahon xo’jaligining shakillanishi va xususiyatlari

12-variant



Reja:

1. Jaxon iqtisodiyoti


2. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining mohiyati va shakllanish bosqichlari
3. Jahon xo'jaligida mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va ishtiroki
4. Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar

XX—XXI asrlar bo‘sag‘asida ro‘y bergan keng ko‘lamdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar jahon xo'jaligi va uning mohiyatiga o'z ta’sirini o'tkazgan edi. Bu jarayonlar ta’sirida jahon xo'jaligida sezilarli siljishlar, o'zgarishlar yuz berib, rivojlanishining yangi, turli-tuman va ko'p variantli bosqichlari shakllandi. Jahon iqtisodiyotida nafaqat dunyo, balki uni tushunish, talqin qilish ham o'zgarib bormoqda. Jahon xo'jaligida, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida shunday tub o'zgarishlar yuz berdiki, bu o'zgarishlar ham, albatta, jahon xo'jaligining rivojlanishiga o'z ta’sirini o'tkazmasdan qolmadi. M a’lumki, hozirgi kunda jahon mamlakatlari bir-biri bilan shunday o'zaro bog'lanib ketganki, biz bulami, asosan, o'zaro iqtisodiy aloqalarni turli darajada rivojlangan iqtisodiy tuzilmalarning ishtirokida ko'rishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar nafaqat turli darajada rivojlanganligi bilan, balki xalqaro mehnat taqsimotiga va jahon xo'jaligiga turli darajada jalb qilinganligi bilan ham farq qiladi. O'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida (1991) jahon maydoniga o'zining ilk qadamini qo'ydi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitda, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o'tishning tarkibiy qismiga aylangan bir sharoitda respublikamizning integratsion jarayonlarga faol va keng ko'lamda jalb etilishiga xalaqit berayotgan bir qator to'siqlami yengib o'tishga to'g'ri kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan olganda, bozor munosabatlari nazariyasi va amaliyotini, raqobatbardosh iqtisodiyot asoslarini va korporatsiyalaming tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida ishtiroki usullarini o'rganishga bo'lgan qiziqish respublikamizda tobora ortib bormoqda. Bu muammolar hozirgi kunda tor guruhdagi mutaxassislaming o'rganish predmeti 6 bo'lmay qoldi. Milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligining bir qismi ekanligini tan olinishi esa «Jahon iqtisodiyoti» fanining o'rganish predmetini qayta ko'rib chiqishni talab qilmoqda. O'zbekistondagi sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlar tashqi bozorga chiqishi va xorijiy firmalarning respublikamizda endigina shakllanib borayotgan tovar va xizmatlar bozoriga kirib kelishi ilgari xo'jalik amaliyotida duch kelinmagan bir qator yangi muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Yangi mustaqillikka erishgan mamlakatlarda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham bozor sharoitida, ayniqsa, xalqaro bozor sharoitida faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan mutaxassislaming kamligi yoki deyarli yo'qligi sezilyapti. «Jahon iqtisodiyoti» fanini o'rganishda uning quyidagi o'ziga xos xususiyatlari va jihatlariga to'xtalib o'tamiz: — jahon iqtisodiyoti: mohiyati va XX—XXI asrlar bo'sag'asidagi taraqqiyotining asosiy qonuniyatlari va tamoyillari; — zamonaviy jahon xo'jaligini subyektlari va mamlakatlaming jahon xo'jaligida tutgan o'mini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi; — xalqaro iqtisodiy integratsiya; — XX—XXI asrlar bo'sag'asida jahon iqtisodiyotidagi global muammolar; — zamonaviy jahon xo'jaligining tabiiy resurslari salohiyati; — jahon iqtisodiyotidagi inson resurslari; — ilmiy-texnik salohiyat va uning zamonaviy jahon xo'jaligi taraqqiyotidagi roli; — jahon xo'jaligida tarmoq tuzilmasi tushunchasi va zamonaviy sanoatning jahon iqtisodiyotida tutgan o'm i; — jahon iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlaming tutgan o'mi; — rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon xo'jaligida tutgan o'mi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin