2. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining mohiyati va shakllanish bosqichlari
Xo'sh, zamonaviy jahon xo'jaligining mohiyati, uning o'ziga xos tomonlari, ko'rsatkichlari va rivojlanish omillari nimalardan iborat? XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo'jaligi — o'z miqyosiga ko'ra globaldir, u to'liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalmilallashuviga asoslanadi. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi o'n yilliklarda jahon xo'jaligi rivojining yetakchi an’analaridan biri, bu ko'plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo'jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo'jalikga o'tishi hisoblanadi. Urushdan keyingi iqtisodiy tiklanish davrida (50—60-yillar) va keyingi 70—90-yillarda G'arbiy Yevropa davlatlarining hukumat rahbarlari yanada faollik ko'rsatib, oldingi avtokratik qoldiqlardan qutilishgan edi. Ayni shu davrda jahon xo'jaligida AQSH o'zining «ochiq savdo», «ochiq iqtisodiyot» qarashlari konsepsiyasi bilan chiqqan edi. Bu, awalo, jahon bozorida AQSH o'z xohishlarini o'tkazish maqsadini qo'ygan bo'lsa, ikkinchidan, jahon urushidan g'olib bo'lib, yanada boyib chiqqan jahonning eng ilg'or savdo mamlakati sifatida yangi iqtisodiy tartib va qo'llanmalarni taklif etgan edi. Bunday «erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot»dan iborat qarashlar konsepsiyasi esa hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qurolli, AQSH korporatsiyalarining mislsiz ekspansiyaga bo'lgan intilishlarini bildirar edi. Bunday «ochiq iqtisodiyot» haqidagi qarashlar konsepsiyasi to'g'risida fransiyalik iqtisodchi olim Mishel Pebro ochiq-oydin shunday degan: «Ochiq, erkin savdo — ilg'or iqtisodiyot uchun eng qulay o'yin qoidalaridir». Ammo urushdan keyingi yillarda jahonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy holatning o'zgara borishi bilan bog'liq holda ochiq iqtisodiyot haqidagi qarashlar konsepsiyasi bir tomonlamali, ya’ni Amerika ekspansionizmining 9 manfaatlariga yo'naltirilganlikni yo'qota borib, obyektiv, chuqur omillar faoliyatiga asoslangan, jahon xo'jalik aloqalarining baynalmilallashuvi ma’nosini oldi. Xo‘sh, jahon iqtisodiyotini baynalmilallashuvi miqyosi va xarakteriga, uning ochiqligi darajasi oshishiga katta ta’sir ko'rsatgan va ko'rsatib kelayotgan asosiy omillar nimalardan iborat? Ma’lumki, ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat katta rol o ‘ynaydi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag'batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga yordamlashib, eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishlarni rag'batlantirish funksiyasini oladi. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot vositalari oqib kelishini yengillashtirib, mustahkam huquqiy asos yaratadi. Jahon mamlakatlarining ochiq iqtisodiyotga o'tish jarayonlari transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyati bilan yanada tezlashdi. Yangi bozorlami o'zlashtirishga intilib, turli mamlakatlarda ko'plab kichik shoxobchalar, sho'ba korxonalari tashkil etib, TMK xorijiy davlatlarning proteksionistik to'siqlami aylanib o'tdilar va xalqaro iqtisodiy ayirboshlashni baynalmilallashtirdilar. XX asrning ikkinchi yarmida transport, axborot-aloqa vositalarining sezilarli rivojlanishi ham milliy iqtisodiyotning «ochiqlik» darajasini rivojlanishida va shuningdek aholini harakatchanlik holatini oshishida ham muhim rol o'ynadi. Asta-sekin, o'zoq yillar mobaynida davlatlarni bir-biridan ajratib turgan savdo-iqtisodiy, moliyaviy-valuta to'siqlar olib tashlandi. Xalqaro ayirboshlashning erkinlashtirilishi esa milliy xo'jaliklarning tashqi iqtisodiy sharoit va ta’sirlarga moslashishini yengillashtirdi, ularning xalqaro mehnat taqsimotda yanada faollik ko'rsatishiga imkon yaratdi. 60-yillardan boshlab jahon iqtisodiyotida «ochiqlik» jarayonlari bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqala boshladi. 80-yillar boshida Xitoy ham «ochiqlik» siyosatiga tarafdor ekanligini e’lon qildi. Shunday qilib, «ochiqlik» atamasi dunyoning ko'plab mamlakatlarining izohli lug'atiga kirib bordi. Masalan, arabcha «infitax», xitoycha «kayfan» va h.k.lar. Xullas, jahon iqtisodiyoti tushunchasiga quyidagilami kiritish mumkin:
• insonlarning ishlab chiqarish faoliyati yig'indisi;
• milliy iqtisodiyotlar yig'indisi;
• xalqaro iqtisodiy munosabatlar yig'indisi;
• transmilliy kompaniyalar va transmilliy banklar faoliyati;
• mamlakatlar guruhi integratsiyasi;
• insoniyatning iqtisodiy faoliyati natijalari va boshqalar. 10 Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti XIX asrning oxiri va XX asr boshlariga kelib, vujudga kelgan va hozirgi kunda ham taraqqiy etib borayotgan iqtisodiy tizim bo'lib, uning asosini tovarlar va xizmatlar ko'rsatish, intellektual mulk mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni xalqaro savdo jarayonida taqsimlovchi, ayirboshlovchi hamda iste’mol qiluvchi milliy iqtisodiyotlar tashkil etadi.