9-мавзу. Qurilish industriyasining ishlab chiqarish va resurs salohiyati va undan oqilona foydalanish yo`llari



Yüklə 56 Kb.
səhifə1/8
tarix24.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#192027
  1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу маъруза


9-мавзу. QURILISH INDUSTRIYASINING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS SALOHIYATI VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH YO`LLARI


9.1. Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o`ziga xos xususiyatlari va qurilishdagi xo`jalik subyektlarining faoliyatidagi ahamiyati.
Ma`lumki, har qanday tarmoqdagi ishlab chiqarish jarayoni uchta asosiy element: mehnat qurollari, mehnat predmetlari va bevosita mehnatning o`zidan, ya`ni inson faoliyatidan tashkil topadi. Bu elementlar birgalikda ishlab chiqarishning resurs asosini tashkil qiladi va ko`p jihatdan muayyan bir xo`jalik subyektining - korxonaning, qurilish tashkilotining yoki butun tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini belgilab beradi. Mazkur elementlarsiz ishlab chiqarish jarayoni mutlaqo mavjud bo`la olmaydi.
Resurslar tushunchasi - bu pul mablag`lari, qimmatbaho buyumlar, qonunlar, joriy va kelgusidagi imkoniyatlar, daromadlar va ularning manbalaridir. Resurslar tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy resurslar, mehnat resurslari va hokazolar bo`lishi mumkin. Korxonalar, tarmoqlar va butun mamlakatning resurs imkoniyatlari qanchalik keng va katta bo`lsa, iqtisodiyot va uning rivojlanish istiqbollari ham shunchalik barqaror bo`ladi.
Ishlab chiqarish salohiyati - bu korxona, tashkilot va butun tarmoqning berilgan resurslar asosida u yoki bu hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yoki qobiliyatidir. SHuning uchun ham, ishlab chiqarish salohiyatini ishlab chiqarishning resurs imkoniyatlariga taqqoslanadi.
Ishlab chiqarish salohiyatining resurslar bilan ta`minlanganlik darajasiga o`zaro bog`liqligini ishlab chiqarish sharoitlari hamda u yoki bu mahsulotga bo`lgan ehtiyojlarni (iste`molchilik talabini) hisobga olgan holda tasvirlash mumkin.
Ishlab chiqarish salohiyatini xo`jalik subyektining ishlab chiqarish omillari majmuasi deb ko`rsatish mumkin. Bu omillar shu subyektning xalq xo`jaligi va aholining ma`lum davrdagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda turli moddiy ne`matlar yaratish yoki xizmatlar ko`rsatish imkoniyatlarini belgilab beradi.
Ishlab chiqarish salohiyatining rivojlanishini o`rganishda uning faqat miqdoriy baholash mumkin bo`lgan material-moddiy omillarini emas, balki uning sifat omillarini (mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilish shart-sharoitlari, mehnat motivatsiyasi, xo`jalik mexanizmi va boshqalarni) ham tahlil qilish lozim. Bundan tashqari, ishlab chiqarish salohiyatining tarkibini aniqlash ham muhim bo`lib, unda ishlab chiqarish resurslarining ro`yxati va nisbati, ishlab chiqarish jarayonida mehnat va resurslarning uzviy uyg`unligi yuz beradigan ishlab chiqarish sharoitlari aks ettirilishi lozim.
Ishlab chiqarish salohiyati va resurslar o`zaro bog`liq kategoriyalar sifatida rivojlanish va samaradorlikka ta`sir ko`rsatibgina qolmay, balki o`z navbatida ichki va tashqi omillarga, avvalo fan-texnika taraqqiyotiga, boshqaruv tizimiga va axborot bazasiga bog`liqdir. Gap shundaki, fan-texnika taraqqiyoti va boshqaruv tizimi axborot yordamida yanada zamonaviy mehnat qurollari va predmetlarining yaratilishiga, ishlab chiqarishga safarbar qilinadigan resurslarning sifatini oshirishga imkon tug`diradi. Agar ishlab chiqarishning material-moddiy omillari ishlab chiqarish va texnik salohiyatning tanasi bo`lsa, fan-texnika taraqqiyoti, boshqaruv va axborot uning jonidir. Mazkur omillar o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni quyidagicha tasvirlash mumkin:
“FTT - ishlab chiqarish resurslari” aloqasi FTT yutuqlarining ishlab chiqarish resurslari sifatida namoyon bo`lishi jarayonini aks ettiradi, ya`ni FTT xom ashyo va materiallarning yangi turlari yaratiladi. FTT, axborot, boshqaruv va ishlab chiqarish sharoitlari o`rtasidagi aloqalar axborot va boshqaruvning o`ziga xos ishlab chiqarish omillari sifatida ishlab chiqarish sharoitlarining FTT darajasini hisobga olgan holdagi ahvolini belgilaydi. Umuman olganda, ishlab chiqarish resurslari mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoniga mo`ljallangan bo`lib, o`z navbatida boshqaruv tizimiga, axborotga va fan-texnika taraqqiyotiga bog`liq bo`lib, korxonalar, tarmoqlar va butun xalq xo`jaligining ishlab chiqarish salohiyatiga bevosita ta`sir ko`rsatadi.
qurilish industriyasining korxona va tashkilotlari mana shu aloqalar va o`zaro bog`liqliklar sharoitida faoliyat ko`rsatadi.



Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin