2. О‘lchash usullarining klassifikatsiyasi. О‘lchash xatoliklarining klassifikatsiyasi



Yüklə 172,09 Kb.
səhifə4/4
tarix02.06.2022
ölçüsü172,09 Kb.
#60445
1   2   3   4
6- amaliyot 1

Muntazam xatolik deyilganda, faqat bitta kattalikni qayta-qayta о‘lchaganda о‘zgarmas bо‘lib qoladigan yoki biror qonun bо‘yicha о‘zgaradigan о‘lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bо‘ladi, ularni tuzatmalar kiritish yо‘li bilan yо‘qotish mumkin.
Tasodifiy xatolik deyilganda, faqat, bitta kattalikni qayta-qayta о‘lchash mobaynida tasodifiy о‘zgaruvchi о‘lchash xatoligi tushuniladi. Bu xatolik borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-qayta о‘lchangandagina sezish mumkin.
О‘lchashning qо‘pol xatoligi deyilganda, berilgan shartlar bajarilganda kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan о‘lchash xatoligi tushuniladi.
Agar xatolik о‘lchanayotgan kattalikning о‘lchov birliklarda ifodalangan bо‘lsa, bunday xatolik absolyut yoki mutlaq xatolik deyiladi.
ΔA=Aо‘lch – Axaq.
Amalda о‘lchashning nisbiy xatoligidan kо‘p foydalaniladi. Nisbiy xatolik-absolyut xatolikning о‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbatidir.

Amalda keltirilgan xatolik deb, nomlangan, ya’ni absolyut xatolikning asbobning о‘lchash chegarasiga bо‘lgan nisbatidan foydalaniladi. Xatolik qiymati о‘lchash asbobi aniqligini, demak, о‘lchash natijasini ham xarakterlaydi

Keltirilgan xatolik asbobning aniqlik klassini Ka xarakterlaydi.

  • О‘lchanayotgan kattalikka bog‘liqligi hisobga olingan holda xatoliklar additiv (absolyut) xatolik va multiplikativ xatoliklarga ajratiladi.

  • Additiv xatolik о‘lchanayotgan kattalikka bog‘liq emas, multiplikativ xatolik esa о‘lchangan kattalikka proporsionaldir.

  • Additiv xatolik “0” ning xatoligi, multiplikativ xatolik esa sezgirlik xatosi deb aytiladi. Amalda о‘lchash vositasi ikkala xatolikni о‘z ichiga oladi.

  • Atrof-muhit parametrlarining ta’siriga kо‘ra xatoliklari:

asosiy xatoliklar: Harorat, bosim, namlik;
qо‘shimcha xatoliklar: harorat, ta’minlash kuchlanishi, elektr tarmoq kuchlanishi va xalaqitlar, magnit maydoni kuchlanganligi, atmosfera bosimi, havoning nisbiy namligi.



Ideal о‘lchash vositasini real о‘lchash vositasiga
aylantiruvchi omillar
a1 – asbob shovqini va uning elementlarining eskirishi
a2 – ishlab chiqarishda parametrlarning chetlanishi
a3 – atrof-muhit parametrlarining ta’siri
Yüklə 172,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin