2. O’qitishning amaliy metodlari



Yüklə 39,05 Kb.
səhifə4/5
tarix12.09.2022
ölçüsü39,05 Kb.
#63577
1   2   3   4   5
Boshlang’ich bosqich – o’quvchilar bilan ularning yoshiga mos, tushunarli, ijodiy yo’sindagi tayyorgarlik ishlarini olib borishdir. Ana shu ishlar orqali o’yinlar o’quvchilarda o’z xalqining tarixiga, an'analariga: xalq ijodiga, shu jumladan, o’yinlariga, o’zbek xalqining qahramonona, inqilobiy o’tmishiga qiziqish hamda mehnatga hurmat va muhabbat uyg’otishi lozim. Shuningdek, ularda respublikamizning mehnatdagi yutuqlari bilan faxrlanish hissini; xalq yaratgan go’zal narsalarga muhabbat tuyg’usini, tabiatdagi boyliklarni qo’riqlash ehtiyojini tarkib toptirish zarur.

Asosiy bosqich – bolalarni bevosita o’yinga tayyorlash, o’yin jarayonida bolalarning har xil o’yin faoliyatini boshqarishi, uyga vazifa berish va hokazolardan iboratdir.

Yakunlovchi bosqich – mazkur o’yindagi barcha pedagogik-psixologik jarayonlarning natijalarini jamlashdir.
O’yinlarning samaradorligini oshirishning eng muhim shartlari quyidagilardan iboratdir:


2.3.DARSLIKLAR BILAN ISHLASH
O’quvchilar ilgari darsliklardan uyda bidimlarini mustahkamlash uchun foydalangan bo’lsalar, maktab rivojlanishining hozirgi bosqichida esa ulardan yangi material bayon qilinishi bilanoq foydalanishmoqda. O’quvchi kitob bilan muvaffaqiyatli ishlay olishi uchun tegishli ko’nikma va malakalarni egallashi kerak. Ta'limning hozirgi bosqichida o’quvchilarga darslik bilan mustaqil ishlashni o’rgatish o’qituvchining muhim vazifasidir. Binobarin, ular kelajakda turli bilimlarni o’zlaricha tahlil qilishga, o’rganishga va umumlashtirishga ham majbur bo’ladilar.
Kitob bilan ishlashni o’rgatishning dastlabki bosqichida izohli o’qish metodidan foydalaniladi. O’qituvchi bolalarga kitobni diqqat bilan o’qishni, undagi har bir so’z va ifodaning ma'nosini o’ylab ko’rish hamda butun mazmunni qamrab olishni o’rgatadi. Darslik bilan ishlashning asosiy bosqichlari:
- o’quvchilar sinfda va uyda o’zlari uchun yangi materialni mustaqil holda o’rganadilar. Ishning bu usuli quyi sinflardagi darslarda dastlabki ko’nikmalarni shakllantirish uchun bir oz qiyinlik qiladi. Shunday ekan, darslik va kitob bilan ishlashning o’qitish metodi sifatidagi mohiyatini qanday ta'riflash mumkin?
Bu metodning mohiyati bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash, o’quvchilarning darslik va kitob bilan mustaqil ishlashi jarayonida amalga oshishidan, va ayni paytda, ularning kitob bilan ishlash malakalarini egallashidan iboratdir. Mazkur metodning o’zaro bog’liq ikkita muhim tomoni mavjud bo’lib, ular o’quvchilarning o’rganiladigan materialni mustaqil o’zlashtirish va ularda o’quv adabiyoti bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirishdir. Dars mashg’ulotlari tizimida darslik bilan ishlashning to’g’ri yo’lga qo’yilishida o’qituvchining ta'limiy ishlari bilan o’quvchilar faoliyatining o’zaro muvofiqligi masalasi g’oyat mihim ahamiyatga molikdir.
Darslikni mashg’ulotlarni tashkil qilish uchun foydalaniladigan qandaydir yordamchi vosita deb bilmaslik kerak. Darslik, avvalo, o’quvchilar uchun muhim bilim manbalaridan biridir. Lekin u bayon etilgan materialni mustahkamlashning va o’quvchilar bajaradigan aqliy ishlarni faollashtirishning samarali vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Ammo buning uchun o’qituvchi darslikni qo’llashda eng muhim metodik talablarga rioya qilishi zarur. U mashg’ulotlarni o’tkazishdagi muayyan holatda darslikni qay yo’sinda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlab olishi, shu orqali bolalarni fikrlashga rag’batlantirishi, ularning o’rganiladigan materialni quruq yodlashi va yuzaki eslab olishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Shu boisdan dars mashg’ulotlari jarayonida darslik ustida ishlashni tashkil etishga qo’yiladigan ayrim umumdidaktik talablar haqida bir oz



Yüklə 39,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin