174-masala. Hosildorlikning o’zgaruvchan tarkibli indeksi 1,017, o’zgarmas tarkibli indeksi 0,917 ekanligi ma’lum bo’lgan holda tarkibiy siljishlar ta’siri indeksini aniqlang.
175-masala. O’rtacha baho 7,7% o’sgan, bir turdagi sotilgan mahsulotlar tarkibida o’zgarish ro’y bermagan. O’zgarmas tarkibli indeksni aniqlang.
176-masala. Joriy davrda o’tgan davrga nisbatan tovarlar o’zgarmas narx va miqdorda sotilishiga qaramasdan tovar aylanmasi nima hisobidan 10% oshgan.
177-masala. Bank kapitali 2012-yilda 2007-yilga nisbatan 13,9%; 2008-yilga nisbatan-24,1%; 2009-yilga nisbatan-35,8%; 2010-yilga nisbatan-46,6%; 2011- yilga nisbatan-51,1% ko’paygan.
Indekslarni o’zaro bog’liqligidan foydalanib zanjirsimon indekslarni hisoblang.
178-masala.Sug’urta kompaniyasining daromadi 2012-yilda 2011-yilga nisbatan 3,9% ga; 2011-yilda 2010 yilga nisbatan 7,8%; 2010-yilda 2009-yilga nisbatan 3,23%; 2009-yilda 2008-yilga nisbatan 6,08%; 2008-yilda 2007-yilga nisbatan 4,19% oshgan.
Indekslarni o’zaro bog’liqligidan foydalanib bazisli indekslarni hisoblang.
179-masala. Viloyat dehqon bozorlarida mahsulotning bahosi va miqdori haqida ma’lumotlar keltirilgan: