Statistika fanidan 2 Oraliq nazorat savolnoma va masalalar 2023 2024
91-masala. Yengil sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan 1-navli mahsulot salmog’i tasodifiy takrorlanadigan tanlab tekshirilganda 40%ni tashkil etishi aniqlangan. Agar tanlab kuzatish o’rtacha xatosi 4% bo’lsa, bosh to’plamdagi korxonalar uchun 1-navli mahsulot salmog’ini 32%dan kam bo’lmasligini qanday ehtimol bilan kafolatlash mumkin?
92-masala. Viloyat aksiyadorlik jamiyatlari kompaniyasiga qarashli savdo bazasiga kelib tushgan tovarlarning og’irligini o’rganish maqsadida 2000 ta tovardan 100 tasi kuzatishdan o’tkazildi. Kuzatish natijasida ularning o’rtacha vazni 69,5g, o’rtacha kvadratik chetlanish esa 0,3 g ekanligi aniqlandi.
0,997 ehtimol bilan bazaga kelib tushgan tovarlarning o’rtacha vaznining chegarasini aniqlang.
93-masala. Oliy ta’lim muassasasi professor o’qituvchilarining umumiy sonida fan nomzodlari va doktorlari salmog’ini o’rganish uchun tasodifiy tanlama kuzatish o’tkazilgan. Agar fan nomzodlari va doktorlari salmog’ining dispersiyasi noma’lum bo’lsa, 0,954 ehtimol bilan uning chegaraviy xatosi 2% dan oshmasligi uchun nechta professor o’qituvchilarni tanlab olish kerak?
94-masala. Zavod ishchilarining o’rtacha oylik ish haqini aniqlash maqsadida o’tkazilgan 10% li proporsional tipik tanlama kuzatish quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Yuqoridagi ma’lumotlar bo’yicha 0,997 ehtimol bilan ishchilarning o’rtacha ish haqi uchun aniqlang: 1) o’rtacha xatoni; 2) chegaraviy xatoni; 3) ishonch intervali(oralig’i)ni.