0‘rxun yodnomalarida qo‘shma gap qismlarini biriktirish uchun quyidagi leksik unsurlar qo`llanadi: anta kisrä (anta — unda, kisrä - keyin): Ancha saqintim. Anta kisrä täŋri bilig bärtük üchün ѳzüm oq qag‘an qusdum (Toŋ.) — Undan keyin shunday o‘yladim: tangri (menga) bilim bergani uchun (uning xon bo‘lishini) o‘zim istadim.
“Qissasi Rabg‘uziy” va “Tafsir”da anda, ul vaqtda; emdi, andin keyin, andin soŋra leksik vositalari qoilanadi: Emdi uchmahqa kirdim (QR). Andin soŋra tѳri keŋäshib quduqqa salur bolub (QR).
Keyinchalik qo‘shma gap qismlari orasidagi payt munosabatini ko'rsatuvchi yuqoridagi leksik vositalar kengroq ishlatilgan. Ammo hozirgi tilda kam qo‘llanadi.
2. Orun berdiŋ ashnu men oldurmadim (QB) — Awalo o‘rin berding, men o‘tirmadim. “Qutadg‘u bilig”dan keltirilgan misol hozirgi o‘zbek tilida ammo bog`lovchisi bilan qo‘llangan bo‘lar edi. Lekin bunday birikma o‘z davri uchun me’yor bo‘lgan.
Qiyoslash munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplar keyingi asrlarga oid yodnomalarda keng qo‘llanadi, uning ikki mazmun munosabati yanada tabaqalashadi, ma’lum mazmun munosabatini ifodalovchi leksik, grammatik vositalar yanada aniqlashadi: Sendin aytmaq, mendin eshitib turmaq (QR).