2 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xo'jaev F. E. Po’latxo’jaeva D. M


Ta’minot (tijorat)tizimida strategik rejalashtirish



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/63
tarix22.12.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#189142
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
4.2.Ta’minot (tijorat)tizimida strategik rejalashtirish 
Logistikada rejalashtirish – logistik tizim o`z faoliyat qonuniyatlari bilan 
belgilanuvchi obyektiv ehtiyojdir. Gap shundaki, logistik tizim texnologik 
shakllanishning ijtimoiy turiga, ya’ni inson faoliyatiga bog`liq tizimlarga 
taaluqlidir. Shakllanuvning bu ko`rinishi xotiraning mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
Aniq fanlar Markov jarayonlari deb atalmish hodisalarni o`rganadi. Ular uchun, 
tizimning hozirgi vaqtdagi mavjud holatida, ularning kelgusidagi rivojlanishi xuddi 
shu tizimning o`tmishdagi holatidan mustaqildir.
Ijtimoiy fanlar xotiraga “ega” jarayonlarni o`rganadi va bunda o`tmish, 
hozirgi vaqt va kelajak o`zaro bir-birlariga bog`liq bo`ladilar. Muqaddam tarixiy 
xotira asosan ijtimoiy hodisalar yuzaga kelishining tarkibi va shakllarini belgilaydi. 
Ommaviy ahamiyatga ega bo`lgan har qanday hodisaning muvaffaqiyatini, asosan, 
oldindan tuzib chiqilgan rejalar bilan o`lchanadi.
Reja – bu niyat-maqsad, o`ylab 
chiqilgan faraz, u yoki bu narsaga erishish yo`lida tuzib chiqilgan harakatlar 
tartibidir. Rejalashtirilgan logistik faoliyat degani, bu aniq bir ishni, undan 
ko`zlangan pirovard maqsad, uning mazmuni, ko`lami, usuli, ketma-ketligi, 
bajarilish muddatlarini ham o`z ichiga olungan holatdir. 
Bu faoliyat birinchi navbatda tashkilotlar va firmalar ishida yoki 
integratsiyalashgan logistik obyektlar doirasida tashkillashtiriladi. Logistik 
tizimning maqsadli rivojlanish ko`rsatgichlari va elementlarini korxona yoki 
markazlashtiruvchi kompaniya (tizminni boshqarish markazi) belgilaydi. Turli 
darajadagi logistik obyektlarning rivojlanish rejasini tuzib chiqish, shuningdek
rejalasrni amalga tadbiq qilish, amalga oshirilishini tartibga solish va nazorat qilish 


78 
amaliyotlarini ham o`z ichiga oladi. Buning uchun faoliyatni indikativ 
rejalashtirish (dasturlash) usullari qo`llaniladi.
64
Rejaga solingan vazifalarni bajaruvchiga yetkaza bilish nuqtai nazaridan 
uch turdagi rejani farqlash mumkin: imperativ, me’yoriy va aralash. 
Imperativ reja
- tizimning barcha elementlariga, barcha bosqichlariga 
markazlashtirilgan tartibda aniq vazifalarni qo`yadi. 
Normativ reja
- esa 
markazlashtirilgan tartibda ammo shaxslardan holi bo`lgan normativlarni 
belgilaydi, masalan chegirma narxlar miqdori yoki moddiy oqim parametrlari. 
Aralash reja
- o`zida ham imperativ reja (katta-katta qarorlar, proporsiyalar 
va templar masalasida) ham normativ reja unsurlarini jamlahshi orqali logistik 
tizim elementlariga muayyan harakat erkinliklarini beradi. Shunday qilib, logistik 
faoliyatni rejalashtirishni logistik tizimning aniq bir vaqt mobaynida rivojlanish 
modeli sifatida baholash mumkin. Strategik rejalashtirish boshqa turdagi – 
operativ, taktik va uzoq muddatli (istiqbolli) – rejalashtirishdan farqlanadi. Bu 
farqlanish nafaqat rejaning tafsilotlari, maqsadlari tizimsi va rejalashtirish 
jarayonlarini 
aniqlashtirishda 
bilinadi, 
shuningdek, 
rejalashtirish 
vektori 
yo`nanilishi tanlashda ham ko`zga tashlanadi. 
“Strategiya” so`zi yunonchadan tarjima qilinganda 
“stratos”
– “qo`shin”, 
“ago”
– “olib boraman” ma’nolarini anglatadi. Strategiya harbiy sohaga taalluqli, 
bu – urush olib borish ilmi, jang san’atining eng yuqori cho`qqisi. Urush 
sohasidan tashqarida esa, strategiya – 
jamoaviy jarayonlarni boshqarish san’ati, 
qoidalarga asoslangan va uzoq kelajak bashoratlariga tayangan holda 
rejalashtirish san’atidir. 
– XX asrning boshlaridayoq iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini amalga 
tadbiq qilish ishlari Respublikamizni bir qator hududlarida yo`lga qo`yildi. Bu kabi 
ulkan maqsadlar yo`lidagi navbatdagi strategik muhim bosqich sifatida, o`sha 
paytda butun mamlakat ishlab-chiqarish sohasini rivojlantirib yuborishga qodir 
64
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 


79 
bo`lgan temir yo`l qurilishi tanlandi. Va bu rejalarning amaliy tadbiqoti sifatida 
temir yo`llar tizimi xisoblanadi
65

Strategik rejalashtirishning o`sha davr uchun eng ulkan loyihasi, mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantiruvchi birinchi raqamli rejasi sifatida esa Respublikamizni 
elektrlashtirishni ko`rishimiz mumkin (GOELRO). Kelajakni oldindan ko`ra olish 
qobiliyatiga ega bo`lgan eng a’lo mahalliy mutaxassislar 1920-yilda respublikani 
elektrlashtirish rejasini tuzib chiqdilar, bu esa o`sha davrning iqtisodiy, texnik va 
ijtimoiy-siyosiy talablariga to`liq javob berar, hatto kutilgan natijalardan ortiqroq 
ham bo`lib chiqdi. Insoniyat tarixida ilk bor butun mamlakat xalq xo`jaligi 
miqyosidagi davlat markazlashtirilgan rejalashtirish tizimi ishlab chiqildi. Hozirgi 
kunda strategik rejalashtirish vazifalari u qadar olamshumul emas.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari bu vazifalarni o`z-o`zidan hal qilmoqda. 
Strategik rejalashtirish barcha darajalarda, shu qatorda korxonalar, tashkilotlar 
miqyosida ham qo`llanilishi mumkin. Nima bo`lganda ham ular dastur vektori 
yo`nalishini tanlab olish va bugungi kunda kelajak avlodlari bilan qaray olishdan 
boshlanmog`i darkor. Shuni yodda saqlash lozimki, strategik qaror deb faqatgina 
obyektning barcha boshqa faktorlarini harakatga keltira oluvchi qarorgagina 
aytilishi mumkin. Qabul qilingan strategik qaror hech nimaga qaramasdan 
bajarilishi lozim, hatto u kimgadir noreal, haqiqatdan yiroq tuyulsa ham. 
Ta’minot tizimining kelajak rivojlanishi borasidagi tasavvurlarga tayangan 
holdagi logistik faoliyatni rejalashtirish juda qiyin. Statistik ma’lumotlarga 
qaraganda, ishbilarmonlar tomonidan shakllantirilgan strategiyalarning 10 foizdan 
ko`p bo`lmagan qismigina amaliyotga tadbiq qilinarkan. 1990-yillarda bir qadar 
muvaffaqiyatlarga erishgan va kelajakni to`g`ri taxmin qila olmagan 
Respublikamizni 40 foizga yaqin ish bilarmonlari 2010-yilgacha faoliyat olib bora 
olmadi. Bu bizneslar uchun strategik rivojlanish vektori to`g`ri tanlanmagan yoki 
ular umuman strategik rejalashtirilmagan deya taxmin qilishimiz mumkin. 
Biznes olamidagi ta’minot tizimida faoliyat yurituvchi ishtirokchilarni 
integratsiya qilish usullarini taraqqiy toptirish asnosida ularning bir tartibda 
65
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016


80 
rivojlanishiga oid muammo tug`iladi. Shuning uchun ham tizimning element-
bog`lamlarining strategik rivojlanish vektorlarini tanlashga oid maslahatlar 
tavsiyaviy harakter kasb etadi va har doim ham hayotga tadbiq etishga 
yaravermaydi.
66
Logistik tizim bog`lamlarida (bozor subyektlarida bo`lgani 
singari) birinchi o`rinda o`z biznesini saqlab qolish turadi. Bunga esa faqatgina 
biznes olamidagi integratsiya usullarini ratsionalizatsiyalash evaziga erishiladi. 
Butun boshli logistik tizim uchun strategik qarorlar bora-bora markazlashtiruvchi 
kompaniyaga zamin yaratadi, u esa, o`z navbatida ta’minot tizimida o`zaro 
munosabatlar sxemasini va sheriklar integratsiyasini quradi. Ta’minot tizimida 
logistikaning strategik va operativ integratsiyasi shunday kechadi. 
Ta’minot zanjirining ish berish-bermasligi ustida o`tkazilgan tajriblar 
shundan dalolat qiladiki, omadli kompaniyalarning ko`pchiligi mahsulot 
aylantirish uchun bir necha turdagi tashkilotlarni ishga soladi. Ko`p miqdordagi 
ta’minotchilar, iste’molchilar va vositachilar bilan o`zaro aloqa o`rnatish zanjir 
boshqaruv markazidan iqtisodiy oqimni ko`pvariantli nazorat qila olishlikni talab 
qiladi. Aniqlanishicha, iqtisodiy oqimning tashkillashtiruv formalarida (zanjirlarda, 
tarmoqlarda, kanallarda) logistik funksiyalarning boshqa operatsion funksiyalar 
(ishlab chiqaruvchi, marketing, sarmoyaviy) ustidan hukmron ta’siri kuzatilmaydi. 
Ammo asosiy rol xoh logistik xoh nologistik faolitat bo`lsin funksiyalarni 
kompaniya tarkibi yoki undan tashqarida – ta’minot tizimi ishtirokchida 
integratsiyalashda qoladi. Shunday bo`lsa-da, ta’minot tizimida logistik strategiya 
markazlashtiruvchi kompaniya tomonidan qabul qilingan tizimning umumiy 
logistik tizimiga yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
67
Biznesning o`z strategik rivojlanish tomoniga yo`naltirilgan istiqbolli 
yo’nalishlar bo`yicha qay tartibda o`sib borayotgani aniqlashtirilmagunicha 
iqtisodiy oqimning aynan qaysi ko’rinishda eng maqbul, iqtisodiy jihatdan 
samarali 
ekanligini 
bilib 
bo`lmaydi. 
Bu 
savolga 
javob 
tizimning 
66
Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш). 
“EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012 
67
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 


81 
markazlashtiruvchi kompaniyasida (markazdan) topiladi. Xorijiy mutaxassislar 
ko`p vaqt mobaynida ta’minot zanjirining eng yuqori darajalariga chiqishlikni 
quyidagi 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin