yetti tamoyil
ning amalga tadbiq qilinishi bilan bog`laganlar:
•
iste’molchilarni ularning talablari asosida segmentatsiya qilish;
•
logistik tarmoqlarni individuallashtirish;
•
talab va taklifning integratsiyalashgan rejalashtiriluvi;
•
mahsulotni iste’molchiga yanada yaqinroq differensiatsiyalash;
•
strategik (talab qilinayotgan mahsulot yoki xizmat ta’minoti (oldi-
sotdisi) manba’lari borasidagi qarorlar qabul qilishga asos bo`luvchi jarayonlar
jamlanmasi);
•
ta’minot zajirining barcha qismi uchun asqotuvchi texnologyani ishlab
chiqish (ta’minot zanjiridagi operatsiyalar va funksiyalarning standartlashtirilgan
ketma-ketligi; ta’minot zanjiri orqali o`zaro bog`langan biznes-birliklari
ma’lumotlarning standart formatlari va zamonaviy telekommunikatsiyadan
foydalangan holda kompyuter-axborot almashinuvi);
•
Ta’minot zanjirining barcha qismini faoliyat samaradorligi o`lchov
vositalarini joriy qilish (resurslardan foydalanish samaradorligi va tizimning
umumiy sermahsulligini o`lchov vositalari).
Logistik zvenoga logistik ta’minot tizimining elementi sifatida qarash
tizimni uning elementlari bilan birga integratsiyalash masalasini birinchi planga
ko`taradi. Bunday integratsiyalashning muvaffaqiyati nafaqat iqtisodiy kriteriyalar
bilan, balki madaniy daraja – tizimning tashkillashtirilish darajasi bilan ham
o`lchanadi. Tashkilotchilik madaniyatini rivojlantirish uchun ko`pgina xorijiy
kompaniyalar, xususan, “Motorola”, “GE”, “Dow” kabi kompaniyalar “Olti sigm”
modelini qo`lladilar. Biznes-jarayonnig rivojlantirishga yo`naltirilgan bu model
yordamida ishchilar va mutaxassislarni jalb etadilar. Bu modelda juda sodda usul
ishlatiladi va bu usul o`zbekchada biznes-jarayonlarni “aniqlashtirish, o`lchash,
taxlil qilish, yaxshilash, boshqarish” degan ma’noni beradi. “Olti sigm” dasturi
taklifi katta kompaniyalarga muvaffaqiyatli olib kirilmoqda va ta’minot zanjirining
barcha ishtirokchilari o`rtasida joriy qilinmoqda.
82
Eng yaxshi (eng samarador) ta’minot zanjirlarida vaqt sarfi va zanjir
mahsuldorligi ham hisobga olinadi. Keraksiz, tor hududlarni va butun zanjir
davomidagi zaxiralarni sozlash-tartiblash imkonini beruvchi yangi faoliyat
tarzlarini joriy qilish vaqtni iqtisod etilishiga zamin yaratadi.
Ta’minot zanjiridagi talablarni boshqarishda yordam beruvchi o`ziga xos
“tepki” sifatida yagona narx siyosati qo`llanadi. Ta’minot tizimida narx-navoni
tartibga solish tajribasi tajribasi talab va taklif o`rtasidagi nomutanosiblikni hal
etadi.
Strategiyani boshqarish umumiy nazariyasi o`zida namoyon qiladi:
korxonani rivojlanishining maqsadli yo`naltirilgan faoliyat sferasi, vositalari va
formalariga, ichki o`zro munosabatlar tizimiga, shuningdek, korxonaning tashqi
olam bilan aloqalarda tutgan o’rni ko`zlangan maqsadga eltadigan o`rniga aloqador
bo`lgan - uzoq muddatli shakli xisoblanadi. Ayni mavzuda, “ta’minotchi –
markazlasahtiruvchi kompaniya – iste’molchi” munosabatlari o`laroq birlashgan,
biznes birliklardan tarkib topgan ta’minot tizimi strategiyasi o`zida qoidalar
turkumini namoyon qiladi. O`z navbatida bu qoidalar turkumidan tizimning
hukmron ishtirokchilari tizimning strategik maqsadiga erishishni ta’minlovchi
boshqaruv qarorlarini qabul qilayotganlarida foydalanadilar.
Har qanday tizim uchun maqbul bo`lgan yagona strategiya yo`q, bo`lishi
ham mumkin emas. Bir qator strategiya to`plamlari tuzib chiqilgan ammo ularning
har qaysisi faqat ma’lum sharoitlardagina ish berishi mumkin. Ular o`z narxi va
yakuniy iste’molchisiga ega bo`lgan mahsulotlaning ishlab chiqarilish va ishga
tushirilish jarayoniga oid biznes-subyektlar rivojiga nisbatan turlicha uslublarda
ta’sir o`tkazadi.
68
Logistik
obyektlar,
qoidaga
ko`ra,
bir
necha
strategiyalar
kombinatsiyalarini amalga oshiradi. Ularning jamlanmasi korxonaning bozordagi
holatini belgilab beruvchi rivojlanishning maqsadli tashkillashtiriluvi va biznes-
g`oyalarga bevosita bog`liq. “Insorsing” ko’rinishidagi ichki yopiq korxonalar o`z
68
Аникин Б.А., Тяпухин А.П. Коммерческая логистика: Учеб. М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005.-432 с.
83
tashkiliy tizimsini, xo`jalik faoliyatini amalga oshirishga bog`liq bo`lgan o`z
transsaksiion xarajatlarini qisqartirish hisobiga tashkil etadilar. Bu turdagi
korxonalarning tashkiliy tuzilmasi yopiq harakterga ega, ular uchun murakkab
ishlab chiqaruv-Tijorat jarayonlar, mahsulotlar va jamlantiruvchi vositalarning
minimal ta’minoti, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning katta hajmdagi kafolatli
marketingi va sarmoyalarni jalb qilishning eng sodda uslublari xos. Transaksiyalar,
ularning to`liq funksiyaviy jamlanmasi bilan birga bu turdagi yopiq tuzilmalarning
ajralmas bo`lagi hisoblanadi va ular tomonidan mustaqil idora qilinadi.
Transaksion kompaniyalar, bozor sharoitini o`rganishga doir barcha
xarajatlarni o`z zimmasiga olgan holda, talab oshib borayotgan mahsulotlargagina
sarmoya jalb etish bilan shug`ullanadi. Natijada, ular tegishli foydani ajratib
oladilar va o`zlari ana shu foydaning undirish manbaiga aylanib qoladilar. Bu
turdagi transaksion firmalarning ichki va tashqi faoliyat doiralaridagi tafovut
yo`qo`lib ketadi. Korxonalarning o`z asosiy faoliyatidan tushadigan foyda
miqdorini oshirish uchun transaksion xarajatlardan qutulishga bo`lgan ishtiyoqi
shu kabi firmalarga murojaat qilishlariga zamin yaratadi. Logistikaga oid
adabiyotlarda “bo`shliqli” firmalar faoliyatini transaksion autsorsing (autsorsing –
o`z funksiyalarini chet obyektlarga o`tkazish)ga bog`lanadi va bunga vositachilik
faoliyatining o`ziga xos ko`rinishi sifatida qaraladi. Bizning nazarimizda, bunday
nuqtai nazar aniqlashtirilishga muhtoj. “Bo`shliqli” transaksion firmalardan farqli
o`laroq autsorsing tipiga xos korxonalar uchun o`z faoliyatlarini ichki tartibda
to`ldirib borish va ularga raqobatbardosh ustunlik taqdim etuvchi tadbirkorlik
funksiyalariga e’tibor qaratish harakterlidir.
Zamonaviy ta’minot tizimi – bu informatsion ko`mak va aktual
ma’lumotlar bazasi, biznes-jarayonlarni boshqarish modellashtirishning yangi
texnologialari, elektron hujjat ayriboshlash, yuklarni skanerlash va shtrixkodlash
hamda radioto`lqinli avtomatik identifikatsiyalash usullarining joriy etilishi,
mahsuloat oqimini real vaqtda nazorat qilib borish imkonini beruvchi sun’iy
yo`ldoshli aloqa va navigatsiya usullaridir.
84
Bu tizimlardagi biznes jarayonlarni strategik rejalashtirish – logistik
faoliyatning oldiga qo`ygan maqsadlari va vazifalari hamda uning salmoqli
imkoniyatlari bilan istiqbolli tadbiqot imkoniyatlari o`rtasidagi muvofiqlikni
saqlashga qaratilgan og`ir jarayondir. Strategik reja harakatlar ketma-ketligining
quyidagi tamoyillarga asoslangan holatida tuziladi: ta’minot tizimining butun
qismi bo`yicha mustahkam raqobatbardosh ustunlikni ta’minlashlik, aniq va uzoq
muddatli maqsadlarga erishishlik, ishlab-chiqaruv tijorat faoliyati maqsad va
vazifalarini ta’minot tizimini boshqaruvining strategik siyosati doirasida muntazam
o`zgarib turuvchi tashqi muhit ta’sirini hisobga olgan holda sistematik taxlil qilib
borishni talab qiladi. Strategik rejalashtirishni uch bosqichga ajratish qabul
qilingan: tashkilot (korxona) darajasi, ichki bo`lnmalar darajasi va funksional
daraja.
69
Tijorat logistikaning strategik-korporativ rejalashtirishga qo`shuvchi
hissasini kompaniyaning odatiy maqsadlari va logistikaning odatiy maqsadlari
uyg`unligi doirasida ko`rib chiqishlik maqsadga muvofiq bo`ladi. Kompaniyaning
asosiy maqsadlari to`rt kategoriyaga taqsimlanadi: “yashab qolish”, o`sish, moliya,
atrofdagilar bilan o`zaro munosabatlar. Tijorat logistikaning odatiy maqsadlari ham
to`rt turda beriladi: sifat va miqdor, o`z vaqtida etkazib berish, narx, servis. Ammo,
logistika maqsadlari korporativ maqsadlarga qaraganda boshqacha xarakteristikada
ifodalangan.
Korporativ
maqsadlar
va
logistika
maqsadlarini
samarali
interpretatsiya qilish talab etiladi. Masalan, kompaniya tezkor o`sish maqsadidan
kelib chiqadi. Bunday maqsad doirasida eng past sotuv narxlaridan ko`ra
kafolatlangan jamg`arma muhimroq bo`la oladimi? Tijorat logistikada yechimini
kutayotgan ko`pgina muammolar korporativ-strategik rejalashtirish masalalariga
bevosita bog`liqdir
70
.
Tijorat logistikasini transport bilan ta’minlash, omborlashtirish va boshqa
biznes soxalariga doir burchlariga qaratilgan konstruktiv tavsiyalar taqdim etadi.
Tijorat logistikaning umumiy strategiyasi yordamchi strategiyalardan tarkib topadi
69
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016
70
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
85
va ularning har qaysi biri o`ziga xos maqsadlarga erishish rejalari shakllanuvi
asosida yuzaga kelgan. Oldi-sotdining bir nechta yordamchi strategik
funksiyalarini ajratishimiz mumkin: jamg`arma kafolati, xarajatlarni qisqartirish,
jamg`armani ta’minlash, shart-sharoit o`zgarishiga reaksiya, raqobatbardoshlik.
Shunday qilib, strategik qaror degani sifatni belgilash, ta’minot tizimi, omborlar,
nazorat markazlari, yukni qayta ishlash joylari singari tashkiliy va xarajat - oldi-
sotdi faoliyatlari samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi obyektlarni
dislokatsiya va konfiguratsiyalash kabilarni o`z ichiga oladi. Strategik rejalashtirish
jarayonida boshqaruv qarorlarida – logistik operatsiyalar va funksiyalarda miqdor
va sifat me’yori darajalarida - natijalarni o`lchab borish amaliyoti ham muhim rol
o`ynaydi. Bu Tijorat logistikadagi strategik rejalashtirishning muhim shartidir.
Zero, bu qayta aloqani ta’minlaydi. Shundan kelib chiqib, nazorat
instrumentariyasi, shu qatorda, qabul qilib olish, qayta ishlash, kombinatsiyalash,
Tijorat logistika strategiyalariga oid ko`p xildagi axborotni tushunish va amalda
qo`llay olish, talab qilinadi.
Nazorat (kontrolling) bu – korxonalardagi iqtisodiy ishlarning funksional
va tashkiliy asoslangan yo`nalishi bo`lib, u operativ va strategik boshqaruv
qarorlarini qabul qilish chog`idagi moliyaviy-iqtisodiy izohlovchi funksiyalarni
amalga tadbiq qilish bilan uzviy bog`liq. Kontrolling, shuningdek, konrxona
faoliyatini iqtisodiy boshqarishga doir yaxlit, foyda undirib olishga bog`liq
bo`lgan, xoh tashqi, xoh ichki bo`lsin, barcha imkoniyat va xavf-xatarlarni yuzaga
chiqarishga yo`naltirilgan konsepsiya sifatida ham ko`riladi. Kontrollingning
asosiy funksiyasi quyidagilardan iborat: servis (tijorat-xo`jalik sohalariga oid
qarorlar qabul qilish uchun axborot yetkazib berish), izohlovchi (korxonaning
barcha boshqaruv bosqichlarida qaror qabul qilish uchun kutilayotgan faoliyatning
ko`rinib turgan natijalaridan chetlanish taxlillariga oid ma’lumotlarni qo`llay
olish), shuningdek, turli darajadagi maqsadlar, vositalar va ularni amalga tadbiq
qilish
metodlari koordinatsiyasi.
Kontrolling
metodikasini shakllantirish
quyidagilarni taqozo qiladi: baholash va qiyoslash lozim bo`lgan parametrlar
86
iqtisodiy ko`rsatgichlarini asoslab berish, logistik faoliyat samaradorligini
oshirilishiga ta’sir etuvchi faktorlarni yuzaga chiqarish.
Nazorat qiyoslovning ustuvor vazifalari saralanishini baholashning yakuniy
kriteriyasi - ularning butun ta’minot tizimidagi raqobatbardosh ustunliklarning
oshishiga ta’siri nuqtai nazaridan bahosi bo`lishi lozim. Ko`p hollarda ayni shu
parametrlar quyidagilar bo`ladi: iste’molchilarni qoniqtirish, umumiy logistik
nazorat, sifat, ishlab-chiqarishda faollik, logistik jarayon vaqti. Shuning uchun ham
ta’minot tizimining logistik strategiyalarni tadbiq etish asnosidagi ustunlikni
ta’minlovchi “qobiliyati” uning bozorda muvaffaqiyatga erishish vositasi
ekanligidir.
Buning ustiga, ishlab chiqaruvchi ta’minotchi iste’molchi hisob-kitob
tizimiga integratsiya qilish juda qiyin. Bozorda foydaga erishish, muvaffaqiyat
qozonish uchun butun ta’minot tizimidagi xarajatlarni taxlil qilish va tizimning
barcha ishtirokchilarini ularni qisqartirishga safarbar etiladi. Shuning uchun,
hamkor korxonalar o`z ichki xarajatlarini hisobga olishdan yaxlit jarayon
miqyosidagi xarajatlar nazoratiga o`tishlariga to`g`ri keladi, tizimning eng yirik
a’zolarini ham shunchaki logistik zanjirning bir halqasi sifatida ko`rishlari talab
qilinadi.
Buning uchun menejment natijalarini hisoblab borishni tashkillashtish
muhim bo`ladi, jumladan: logistik chiqimlarni hisoblash, servis sifati, zahira
mollarini nazorati samaradorligi, infratizim elementlari faoliyati (mahsuldorligi)
samaradorligini baholash, asosiy funksiyalarni bajarish va administratorlik
samaradorligini baholash.
Dostları ilə paylaş: |