2. «O‘zstandart» agentligi«O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi



Yüklə 75,78 Kb.
səhifə15/17
tarix18.09.2023
ölçüsü75,78 Kb.
#145073
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Davlat metrologiya xizmatini davlat tomonidan moliyalashtirish
Davlat metrologiya xizmatining quyidagi ishlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni, shuningdek xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasi bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o‘tkazish;
etalonlar va o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, olish hamda asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash;
standart namunalarni ishlab chiqish;
davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish.
30-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash
O‘lchash vositalarini sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, qiyoslash va kalibrlash, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini attestatsiyadan o‘tkazish, texnik jihatdan tartibga solish va o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash sohasidagi normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligini hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchashlar va sinovlar bajarilishining sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shuningdek metrologiyaga oid faoliyatning davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan to‘lanadi.


Vazifa va funksiyalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 24 apreldagi 348-sonli qaroriga asosan “O‘zstandart” agentligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  • "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida", "Standartlashtirish to‘g‘risida", "Metrologiya to‘g‘risida", "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida", "Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga oshirilishini ta’minlash;

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan o‘tkazish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • standartlashtirish, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini hamda mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularnining xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;

  • mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya qilinishi va iste’molchilar huquqlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

  • mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;

  • mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

  • eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yo‘naltirilgan hamkorlikni faollashtirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish;

  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama ko‘maklashish;

  • texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning talablariga, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi va to‘g‘riligi ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda ta’minlash;

  • standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning xalqaro talablar bilan zarur uyg‘unlashtirish darajasiga erishish.

“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko‘ra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.


  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi «O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2935-sonli qaroriga muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi, «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining metrologik bo‘linmalari negizida «O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi («O’zMMI» DK) tashkil etildi.

  • Ushbu qaroriga asosan «O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasining faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilandi:

  • O’zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirishi;

  • etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalarini saqlab turishi, ularni xalqaro darajada solishtirishi, shuningdek, o‘lchov birliklarini saqlashi va uzatishi;

  • o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishi, metrologik nazorat natijalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni amalga oshirishi;

  • metrologik tekshiruvni va metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi.

  • "O'zbekiston milliy metrologiya instituti" DKga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash;

  • yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish;

  • davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish;

  • mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o‘lchash, nazorat va sinash vositalarini standartlashtirish;

  • o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

  • o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish;

  • yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash va ta’mirlash huquqiga akkreditlash.

  • Ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining qiyoslash laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash asbob-uskunalari hamda namunaviy o‘lchash vositalariga ega.



Yüklə 75,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin