2. Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari. Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati


Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 27,29 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2022
ölçüsü27,29 Kb.
#74481
1   2   3   4
mustaqil ish tarmoq iqtisodiyoti.

Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini ham e'tiborga olish lozim. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
a) qishloq xo‘jaligida tabiiy omillaming ta'siri kuchli. Tarmoqda islilab chiqarish jarayoniga harorat, yog‘ingarchilik, shamol va boshqa tabiiy omillar o‘z ta'sirini o‘tkazadi;
b) qishloq xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yeming ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni bevosita yerda amalga oshadi. Yerga urug‘ sepiladi va yerda mahsulot yetishtiriladi. Yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularni inkor etish yoki yetarlicha e'tibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi;
d) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil etishda ma’lum talablami keltirib chiqaradi;
e) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega. Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollari maTum vegetatsion davming o‘tishini taqozo etadi. Bu holat tarmoqda xarajatlar va faoliyat natijasida olinadigan daromadlar muddati o‘rtasidagi farqning katta boTishiga olib keladi. Masalan, paxta yetishtirishda ishlab chiqarish jarayoni erta bahorda boshlanib, kuzda nihoyasiga yetadi. Bundan tashqari ishlab chiqarishning mavsumiyligi tarmoqda mayjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni tashkil etishni taqozo etadi. Qish oylarida mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash uchun tarmoqda tadbirkorlikning boshqa shakllarini ham rivojlantirish talab etiladi;
f) ishlab chiqarish jarayonida tirik organizmlar ham mehnat vositalari sifatida qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnat qilayotgan mutaxassislar o‘simlik va hayvonlaming biologik hamda zoologik xususiyatlarini ham bilishi, ishlab chiqarish jarayonida ulami hisobga olishi talab qilinadi. Qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko‘p jihatdan o‘simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bogTiq;
g) qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bir qismi tarmoqning o‘zida urugTik, yem-xashak, oziq-ovqat va boshqa maqsadlarda ishlatiladi;
h) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ayrim turlarini uzoq muddat saqlash imkoniyatlari cheklangan va tashish uchun noqulaydir. Bu muammo qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli bir vaqtda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu o‘z navbatida yetishtirilgan mahsulotni nobud qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchilaming bir me'yorda ishlashini, ma’lum davrda katta quvvatlarning boiishini talab qiladi. Yilning qolgan davrlarida esa bu quvvatlaming nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi.
Qishloq xo‘jaligi tarmogida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi va ular ehtiyojlami qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Mamlakatimiz miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilmoqda. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikamizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Tovar-pul munosabatlariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida davlatning ko‘magida qishloq xo‘jaligida talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda. Natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning turli shakllariga keng y o i ochib berish va ularni rivojlantirish yoiidan borilmoqda. Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va mehnatjdan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish jarayonini takomillashtirish, foyda hajmini oshirish, investitsiyalami keng jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish bilan bogTiq boTgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta'kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.

Yüklə 27,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin