Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti - qishloq xo‘jaligida obyektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilish xususiyatlari, tarmoqda iqtisodiy munosabatlami ishlab chiqarish kuchlari bilan bogTagan holda oTganishdir. Qishloq xo‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayoni rivojlantirilishini ta'minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish va ulami hayotga joriy etish masalalarini, tarmoqda mavjud resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlami tejash hamda samaradorlikni oshirish yoTlarini oYgatish «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadi hisoblanadi. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar yechimining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rgatishi lozim:
• qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘mi, ahamiyati, uning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini;
• tarmoqqa davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan agrariqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ulami rivojlantirish yo‘llarini;
• qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari, ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yoilari;
• tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish lartibini o‘rganish, ulami takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini asoslab berish;
• qishloq xo‘jaligida qilinadigan doimiy va o‘zgamvchan, o‘rtacha xarajatlarni, ulaming tarkibi va kamaytirish yo‘llarini, yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini o‘rgatish;
• tarmoqda iqtisodiy munosabatlami amalga oshirishda l'oydalanilayotgan baholar tizimini, daromad va foydani aniqlash, ulami oqilona laqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish;
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslashganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashganligini va boshqa masalalarini o‘rganish.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z predmetini o‘rganishda quyidagi usullardan foydalanadi:
a) dialektika usuli. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘zining maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni dialektika qonuniga asoslangan holda tadqiq etadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar o‘zaro bogiiqlikda va doimiy rivojlanishda deb qaraladi.
b) deduksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi nazariy g‘oyalarga asoslangan holda ulami amaliyotga tatbiq qilish mexanizmini o‘rganish deduksiya usulining mohiyatidir.
d) induksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumoto‘rganib, shular asosida nazariy g‘oyalami yaratish jarayoni induksiya usulining mohiyatidir.
Demak, qishloq xo‘jaligida har qanday iqtisodiy muammoni avval uning nazariyasidan, ya’ni g‘oyasidan amal qilishiga qarab o‘rganish yoki bu muammoning amaliyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi holatiga asoslangan holda g‘oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib borish mumkin. Ikkala holatda ham iqtisodiy muammolaming yechimi samarali aniqlanishi kerak. Yuqorida ta’kidlangan tadqiq qilish, o‘rganish usullari qo‘llangan holda muammoni hal etishning iqtisodiy strategiyasi belgilanadi. Tanlab olingan tadqiqot strategiyasini joriy etish mexanizmlari va ulami amalga oshirish usullarini iqtisodchilar mukammal o‘rganishlari lozim. Masalan, respublika qishloq xo‘jaligida mulkning turli shakllarini barpo etish g‘oyasi bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi nazariy g‘oyalarga va ularning amaliyotda hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotidagi holat, ma'lumotlar asos qilib olinib, bu jarayon tobora rivojantirilmoqda.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslarini, yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‘rgatish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni rivojlantirishga oid muammolami qo‘yish va uni hal etish, samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashadi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda barcha iqtisodiy fanlar, shu jumladan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi», «Statistika», «Marketing», «Menejment», «Iqtisodiy tahlil» kabi fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o‘rganmasdan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini, unda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, ulaming ahamiyatini baholab bo‘lmaydi. Iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ulaming har birining mazmunini, amal qilish mexanizmini o‘zlashtirmasdan qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish, mehnatni tejash va uning unumdorligi rivojlantirilishini belgilash qiyin. «Mikroiqtisodiyot» fanidan talab vti taldif kabi iqtisodiy qonunlaming korxonalarda amal qilishini o‘rganmasdan t|ishloq xo‘jaligida qanday mahsulotni, qayerda, qancha miqdorda yetishtirish /.arurligmi to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. ‘‘MILLIY VA JAHON IQTISODIYOTI’’ o‘quv qo‘llanma Z.Yo‘ldoshev X.Xalilova . TOSHKENT – 2013. 2. ‘‘FERMER XO‘JALIGI IQTISODIYOTI’’ 0 ‘. P. UMURZOQOV, A. J. TOSHBOYEV, A. A. TOSHBOYEV. T O S H K E N T «IQ T ISO D —M OLIYA» 2007. 3. ‘‘QISHLOQ XO‘ JALIGI IQTISODIYOTI’’ R.X.ERGASHEV. T O S H K E N T - “ E X T R E M U M P R E S S ” – 2011. 4. ‘‘QISHLOQ XO‘JALIGIIQTISODIYOTI’’ Nurmaiov N.J., R o‘ziyev O.A., Gulmatov J.Q., Berdiyev S.R. «TAFAKKUR» nashriyoti Toshkent – 2011. www.ziyouz.com www.yuz.uz www.kun.uz www.fayylar.org