2. Qiyshiq burchakli yordamchi proyeksiyalash



Yüklə 136,5 Kb.
səhifə2/4
tarix30.05.2022
ölçüsü136,5 Kb.
#60028
1   2   3   4
Modelning berilgan uchala proyeksiyasini qurish , qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiyasini bajarish

b) v)
rasm

5.3-rasm, a) da P tekislik izlari orqali va unga perpendikulyar AB to’g’ri chiziq kesmasi berilgan. AB to’g’ri chiziqning P tekisligi bilan kesishish nuqtasini topish va P tekisligini uning frontal izi PV atrfida aylantirib V proyeksiyalar tekisligi bilan ustma-ust qo’yish (jipslashtirish) talab qilinsin. Bu masalani yechish bir necha bosqichda bajariladi.


1. AB to’g’ri chiziq orqali P(PH ;PV) tekisligini o’tkazamiz;
2. Yordamchi tekislik R bilan P tekislikning kesishish chizig’i 12 (1121;1222) ni topamiz;
3. Kesishgan chizig’i bilan AB ning o’zaro kesishish nuqtasi K ni aniqlaymiz (chizmada uning frontal proyeksiyasi K2 ko’rsatilgan).
Endi P tekislikni PV atrofida aylantirib, uni frontal proyeksiyalar tekisligi V bilan jipslashtirish uchun PH da yotgan 1(11;12) nuqtani tanlaymiz. Tanlangan 1(11;12) nuqta orqali aylantirish o’qi PV ga perpendakulyar harakat tekisligi S(SV) ni o’tkazamiz, u PV bilan kesishib, 1 nuqta uchun aylanish markazi 0(01;02) ni hosil qiladi. So’ngra PX nuqtani markaz qilib R=PX11 radius bilan yoy chizamiz va uning 0212 bilan kesishish nuqtasi 1'2 ni belgilaymiz. Topilgan 1'2 nuqtani PX bilan birlashtirib berilgan P tekislikning gorizontal izi PH ning V tekislik bilan ustma-ust tutashgan yangi PH1 iziga ega bo’lamiz. O’zaro perpendikulyar R va P tekisliklarining kesishish chizig’i 12, berilgan P tekisligi uchun eng katta og’ma chiziqdir, chunki u PH ga perpendikulyar. Demak, u (ya’ni 12) PH1 ga ham perpendikulyar bo’lib qoladi. A2B2 ni davom ettirib 1222 bilan kesishish nuqtasi K2 ni belgilaymiz. A2B2 ning 1'222 bilan kesishgan K'2 nuqtasi K2 nuqtaning V tekislik bilan ustma-ust tushgan holati bo’ladi.
Agar 221'2 to’g’ri chiziqni davom ettirilsa u A1B1 bilan 3 nuqtada kesishadi. Hosil bo’lgan 3 nuqtani PX bilan birlashtirsak birlamchi, ya’ni boshlang’ich, proyeksiya bilan berilgan tekislikning V bilan ustma-ust qo’yilgandagi holati orasida bir qiymatli moslik o’rnatuvchi N o’qiga ega bo’lamiz. Bu o’q moslik o’qi deb atalib, u aslida P va V tekisliklar orasidagi bissektor tekislikning gorizontal izi bo’ladi.
Endi P tekislikdagi biror nuqtaning ortogonal proyeksiyasini va uning P tekislik bilan birgalikda V bilan jipslashgan holatini quyidagi algoritm asosida bajarish mumkin. Buning uchun 1 nuqtaning gorizontal proyeksiyasidan A1B1 ga parallel o’tkazib, uning N bilan kesishish 3 nuqtasi orqali 1'222 ga parallel o’tkaziladi va uning frontal proyeksiyasi orqali A2B2 ga parallel to’g’ri chiziq bilan kesishish nuqtasi, ya’ni talab qilingan nuqtaga ega bo’linadi. 1'222 to’g’ri chiziq elito’vchi to’g’ri chiziq deb ataladi. 4.3-rasm, a) dagi PV va RV tekisliklar izlarini olib tashlasak chizma 4.3-rasm, b) dagi ko’rinishga kelib ancha ixchamlashadi. Bu chizma Kolotov diagrammasi deb nom olgan. Moslik o’qi N ni o’ziga parallel holda istalgan joyga ko’chirish mumkin.
1-misol. ABC(A1B1C1;A2B2C2) va ABD(A1B1D1;A2B2D2) uchburchak tekisliklari orasidagi ikkiyoqli burchakning haqiqiy kattaligi aniqlansin. Bu burchakning haqiqiy kattaligini aniqlash uchun berilgan uchburchaklarni, ularning kesishish chizig’i AB ga perpendikulyar bo’lgan tekislikka proyeksiyalaymiz.


Yüklə 136,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin