Jag‘li maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik va o‘rta maydalash uchun ishlatiladi. Jag‘li maydalagichlarda ma’danni maydalash qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas yuzalar (plitalar) orasidagi bo‘shliqda ezilish, qisman parchalanish va sinish natijasida sodir bo‘ladi.
Ma’dan yuqori tarafdan plitalar orasidagi bo‘shliqqa beriladi va ularning yaqinlashishi vaqtida maydalanadi, maydalangan mahsulot esa qo‘zg‘aluvchi yuza har safar qo‘zg‘almas yuzadan uzoqlashganda bo‘shatish tuynugi orqali tushirib olinadi.
Jag‘li maydalagichlar sanoatda oddiy va murakkab harakatlanuvchi yuzali qilib ishlab chiqariladi. Bu yuz sharnirli o‘q yoki ekssentrik valga osilgan bo‘lib, qo‘zg‘almas yuzga goh yaqinlashib, gox undan uzoqlashib tebranishlar hosil qiladi (6-rasm).
Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng qo‘llanilib, ikkinchi turdagisi esa faqat laboratoriya va yarim sanoat tadqiqotlari uchun tayyorlanadi. Tebranuvchi harakatni yuza uzatuvchi mexanizm orqali ekssentrik valdan oladi. Murakkab harakatlanuvchi qo‘zg‘aluvchi yuzali maydalagichlarda bu yuza uzatuvchi ekssentrik valga sharnir orqali osilgan bo‘lib, uning pastki qismi esa tirgakli plita orqali sharnirga ulangan.
Jag‘li maydalagichlarda maydalangan mahsulotning yirikligi, bo‘shatish tuynugining kengligi (yuzalar orasidagi minimal masofa) bilan aniqlanadi.
6-rasm. Jag‘li maydalagichning kinematik sxemasi:
a) yuqorida osilgan sodda harakatlanuvchi yuzali; b) pastga tayangan sodda xarakatlanuvchi yuzali; v) yuqorida osilgan murakkab harakatlanuvchi yuzali maydalagichlar: 1-qo‘zg‘almas yuza; 2-qo‘zg‘aluvchi yuza; 3-tirgakli plita.
Boyitish fabrikalari, ochiq kon va shaxtalarda ma’danni va boshqa mahsulotlarni yirik maydalashda yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi qo‘zgaluvchi yuzali maydalagichlar keng qo‘llaniladi. Bu yuqori quvvatli maydalagichlar sodda tuzilishga va uncha katta bo‘lmagan balandlikka ega bo‘lib, ular ishlashda ishonchli hisoblanadi (7-rasm).
Yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagichning korpusi (qutisi) old 1 , orqa 8 va ikkita yonbosh 16 devorlardan iborat. Oldingi devor qo‘zg‘almas yuz rolini o‘ynaydi. Qo‘zg‘aluvchi yuz ikkita podshipnikka tayangan o‘q ga osilgan.
Maydalagich ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh devorlarining ichki yuzasi marganesli po‘lat yoki toblangan cho‘yandan yasalgan almashinuvchi plitalar 2 bilan qoplangan.
Podshipniklarga mahkamlangan ekssentrik val 6 ga vertikal yo‘nalishda qaytarma-ilgarilama harakat qiluvchi shatun 7 ning boshi o‘rnatilgan.
Shatun yuqoriga harakatlanganda plitalar orasidagi burchak kattalashadi va qo‘zg‘aluvchi yuza qo‘zg‘almas yuzaga yaqinlashadi. Bunda mahsulot ezilish, qisman esa siljish va bukilish hisobiga maydalanadi. Deformasiyaning siljish va bukilish kabi turlari qoplovchi plitalar yuzasining qirraligi bilan tushuntiriladi.
7-rasm. Jag‘li maydalagich
Maydalagich ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh devorlarining ichki yuzasi marganetsli po‘lat yoki toblangan cho‘yandan yasalgan almashinuvchi plita (2) lar bilan qoplangan. Podshipniklarga mahkamlangan ekssentrik val (6) ga vertikal yo‘nalishda qaytarma-ilgarilama harakat qiluvchi shatun (7) ning boshi o‘rnatilgan. SHatunning teshiklarida vkladish (14) lar bo‘lib ular tirgakli plitalarning uchlari (12) va (15) ga, plitalarning ikkinchi uchlari esa (17) vkladishga o‘rnatilgan.
Maydalagich korpusining yon devorlari silliq plitalar bilan qoplanadi. SHatun pastga harakatlanganda qo‘zg‘aluvchi yuza og‘irlik kuchi va tyaga orqali buferli prujina (10) ta’sirida qo‘zg‘almas yuzadan uzoqlashadi. Bunda maydalangan mahsulot to‘kiladi.
Bo‘shatish tuynugining kengligini o‘zgartirish boshqaruvchi ponalar yordamida yoki tirgakli plitalarni almashtirish orqali amalga oshiriladi. Val (6) ga ikkita maxovik (g‘ildirak) (5) o‘rnatilgan. Maxoviklarning biri shkiv rolini bajaradi.
Jag‘li maydalagichlar elektrodvigatel (9) dan ponasimon tasmali uzatma (klinoremennaya peredacha) orqali harakatga keltiriladi.
Asosiy podshipnik va shatun kallagining podshipniklari suyuq moy bilan, qo‘zg‘aluvchi yuzaning podshipniklari va tirgakli plita vkladishlari konsistent moy bilan moylanadi. Suyuq moy podshipnikka avtomat ravishda ishlaydigan stansiyadan tushadi. Bu stansiya bakdan, yog‘ nasosi, elektrodvigatel, filtrsovutgich va kontrol-o‘lchov apparatlari (termometr-rele, bosim relesi, monometr va h.k) dan iborat. Konsistent moy quvurlar orqali yoki qo‘lda moy stansiyalaridan beriladi.
Keyingi yillarda murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar qo‘llanila boshlandi (8-rasm).
Qo‘zg‘almas yuza (1) maydalagich staninasining bir qismi hisoblanadi.
8-rasm. Yuzasi murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagich.
1-qo‘zg‘almas yuza; 2-ekssentrik; 3-podshivnik; 4-shkiv; 5,6-vint; 7-pona; 8tayanch;9,12-vkladish; 10-tyaga; 11 13-qo‘zg‘aluvchi yuza; 14,15-almashtiruvchi plitalar.
Qo‘zg‘aluvchi yuza (13) qo‘zg‘aluvchi podshipnik yordamida (soat strelkasi bo‘yicha aylanuvchi) ekssentrik val (2) ga osilgan. Tirgakli plita bir uchi bilan qo‘zg‘aluvchi yuzning vkladishi (12) ga, ikkinchi uchi bilan tayanch (8) ning vkladishi (9) ga suyanadi. Maydalagichning bu tayanchi va staninasi o‘rtasida gaykalar bilan ikkita vint (5) da mahkamlangan pona (7) joylashgan. Bu ponaning holatini vertikal yuzada o‘zgartirib maydalagich bo‘shatish tuynugining kengligi idora qilinadi.
Qo‘zg‘aluvchi yuza va tirgakli plita orasidagi kerakli bog‘lanish prujinali tyaga (10) orqali amalga oshiriladi. Korpusning asosiy podshipniki (3) ga o‘rnatilgan ekssentrik val (2) ponasimon-tasmali uzatma va shkiv (4) orqali harakatga keltiriladi. Ishchi holatda qo‘zg‘aluvchi yuza qo‘zg‘almas yuzaga goh yaqinlashadi, goh undan uzoqlashadi. SHu bilan birga u qo‘zg‘almas yuza bo‘ylab harakat qiladi. Shuning uchun bunday maydalagichlarda mahsulotning bo‘linishi ezilish va ishqalanish hisobiga sodir bo‘ladi.
Maydalangan mahsulotni bo‘shatish tuynugidan majburan chiqarish hisobiga (ishqalanish kuchi pastga yo‘nalgan) murakkab tebranuvchi jag‘li maydalagichlar oddiy tebranuvchi jag‘li maydalagichlarga nisbatan yuqori mehnat unumdorligiga ega. Maydalagichning ichki ishchi yuzasi almashtiruvchi plita 14 va 15 bilan qoplangan.
Qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas yuzalar orasidagi burchak qamrash burchagi deyiladi. Uning chegaraviy (eng katta) ma’nosi itaruvchi kuchlarning ishqalanish kuchlari bilan to‘liq muvozanatlashgandagi holat bilan aniqlanadi, bu bilan mahsulotning maydalagichdan otilib chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9-rasm. Yuzalar siqib kolgan maydalanuvchi bo‘laklarning muvozanati.
Qamrash burchagining chegaraviy ma’nosini maydalagich yuzlari qisib qolgan mahsulot bo‘lagining muvozanat shartidan aniqlash mumkin.
Qo‘zg‘aluvchi yuza asosan qo‘zg‘almas yuzadan uzoqlashganda og‘irlik kuchi ta’sirida mahsulotning DCFE tekislikdan pastda joylashgan bo‘laklari bo‘shatiladi deb faraz qilib maydalagich valining optimal aylanish chastotasi n/min-1 ni aniqlash mumkin (10-rasm).
Qo‘zg‘aluvchi yuzaning o‘ng tarafga eng katta uzoqlashish vaqti val aylanishining yarim vaqtiga teng:
t=30/n
Bu vaqt maydalangan mahsulotni h chuqurlikkacha tushirib olish uchun etarli bo‘lishi kerak.
Jismning erkin tushishi sharti bo‘yicha
Ifodaning o‘ng qismini t ga tenglashtirib, quyidagi formulani olamiz:
h ning balandligini to‘g‘ri burchakli uchburchak VVS dan topamiz.
va uni n ning ifodasiga qo‘yib
ni olamiz, bu erda S2 va S1 – bo‘shatish tuynugining minimal va maksimal
kengligi, m.
Bu tebranish maydalagichning maksimal ishlab chiqarish unumdorligiga mos keladi.
Maydalagich vali bir marta aylanganda bo‘shatib olinadigan mahsulot hajmi V1 AVSDEFGM prizmaning xajmiga teng.
10-rasm Jag‘li maydalagichdan maydalangan mahsulotni tushirish.
Bu erda L - maydalagich ishchi maydonining uzunligi, m.
h ning qiymatini qo‘yib, quyidagi formulani olamiz
Maydalagichning hajmiy ishlab chiqarish unumdorligi, (m3/soat):
Maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligi
Bu erda k–mahsulotning maydalagichdan chiqishdagi g‘ovaklanish koeffitsienti(0,25-0,70):
Bu formula dastlabki mahsulotning fizik xossalarini maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sirini hisobga olmaydi.
Jag‘li maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi odatda empirik formulalar, mashinasozlik zavodlari katalogidan yoki tajriba yuli bilan aniqlanadi.
Jag‘li maydalagichning hisoblab aniqlanadigan to‘liq ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi empirik formuladan aniqlanadi:
bu erda: ky kn kk – maydalanayotgan mahsulotning yirikligi, namligi va qattiqligini hisobga oluvchi koeffitsient.
(150+750 V) – solishtirma tajribaviy ishlab chiqarish unumdorligi, m/m2 soat. V – qabul qilish tuynugining uzunligi, e – bo‘shatish tuynugining kengligi, m; δs – sochma zichlik, t/m3.
Dvigatelning quvvati quyidagi empirik formuladan aniqlanadi:
bu erda: L va V – qabul qilish tuynugining uzunligi va kengligi, m. s – qabul qilish tuynugining kengligiga bog‘liq koeffitsient.
2-jadval.
Maydalash sharoiti uchun tuzatish koeffitsentlari
Koeffitsient
|
Ruda
|
Yumshoq
|
O‘rtacha qattiqlikka ega
|
Qattiq
|
O‘ta qattiq
|
M.M. Protodyakov shkalasi bo‘yicha qattiqlik.
Rudaning qattiqligiga tuzatish koeffitsienti kk
|
5-10
2,1
|
10-15
1,2
|
15-18
0,95
|
18-20
0,90
|
Rudaning namligiga tuzatish koeffitsienti kk
|
Rudaning namligi %
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
1
|
1
|
0,95
|
0,9
|
0,85
|
0,8
|
0,75
|
0,65
|
Rudaning yirikligiga tuzatish koeffitsienti
|
Rudaning nominal yirikligi dn ni bo‘shatish tuynugi kengligi V ga nisbati.
|
0,3
|
0,4
|
0,5
|
0,6
|
0,7
|
0,85
|
1,5
|
1,4
|
1,3
|
1,2
|
1,1
|
1,0
|
Jag‘li maydalagichlarda maydalash darajasi odatda 3 dan 4 gacha va u maydalagich bo‘shatish tuynugining kengligini o‘zgartirib boshqarilishi mumkin. Jag‘li maydalagichlar rudaning qattiqligiga, qoplovchi plitalarning xolatiga bog‘lik holda keragidan ortiqcha mayda zarrachali mahsulot beradi. Jag‘li maydalagichlarda maydalangan mahsulot yirikligining namunaviy xarakteristikasi 24-rasmda keltirilgan.
11-rasm. Jag‘li maydalagichda maydalangan mahsulot yirikligining namunaviy xarakteristikasi
1-qattiq rudalar; 2-o‘rtacha qattiqlikdagi rudalar; 3- yumshoq rudalar.
Absissa o‘qiga zarrachaning nisbiy yirikligi z, ordinata o‘qiga esa sinflarning plyus bo‘yicha umumiy chiqishi joylashtirilgan.
Maydalangan mahsulot zarralarining shartli maksimal yirikligi deb 95% material o‘tadigan elak ko‘zining o‘lchami qabul qilingan. Bunda maydalangan mahsulotning yiriklik xarakteristikasi maydalagich ishiga va elak ishining samaradorligiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |