Sahnada bajarilayotgan harakat uch xil holatda bo‘ladi: 1. Jismoniy harakat bajariladigan ishning tashqi holati (kiyinish, gul taqdim qilish, o‘smaqo‘yish va boshqalar). Bu harakat asosan psixik
harakatni amalga oshirish uchun moslama sifatida xizmat-qiladi.
2. Psixik harakat insonongiga, ruhiga, holatiga ta'sir qilib, uni o‘zgartirishga olib keladi (tushuntirish, maqtash, rad etish, kulish
va h.k.).
3. So‘zli harakat so‘z bu fikr bayoni. So‘zni sahnada aniq maqsadga erishmoq uchun aytiladi. So‘z inson psixikasiga, ya'ni intellektiga, tasavvuriga va his-tuyg‘usiga har tomonlama ta'sir qilish kuchiga ega.
Fizik, psixik va so‘zli xatti-harakatlarning barchasi sahnada bir maqsadga erishish uchun yo‘naltiriladi.
Qo‘g‘irchoq teatri saxnalashtirishda qo‘g‘irchoqboz jonsiz o‘yinchoqqa jon baxsh etadi. Qo‘g‘irchoqboz soatlab oyna oldida mashq qilib, obrazni jonlashtirishga harakat kiladi. Shuning uchun qo‘g‘irchoqboz jismoniy sog‘lom, qo‘l va barmoqlari abjir, epchil bo‘lishi kerak. Chunki, qo‘g‘irchoqbozning har bir qo‘l harakati qahramon fikrini ifodalab berishi kerak. Qo‘g‘irchoqboz har xil holatda, tizzalab o‘tirgan holatda, yotgan holda to‘siq ortida rol ijro etadi.
Ishtirokchilarning bo‘yiga moslab to‘siq yaratish kerak. To‘siq qanday balandlikda bo‘lishidan qat'iy nazar, uning ustki qismiga biriktirilgan taxta reyka qo‘g‘irchoq uchun taxminiy yuradigan maydon hisoblanadi. Aktyor sahnada qanday yursa, qo‘g‘irchoq ham shartli maydonda xuddi shunday yurishi kerak, ya'ni reykadan pastga tushib ham, chiqib ham ketmasligi kerak. To‘siqdan qo‘g‘irchoqni uchdan ikki qismi tomoshabinga aniq ko‘rinishi shart. Sahna ichkarisiga uzoqlashgani sari qo‘g‘irchoqni balandroq ko‘tarish kerak, chunki to‘siqdan uzoqlashganda qo‘g‘irchoq tomoshabinga kichrayib ko‘rinadi.
Qo‘g‘irchoq teatri saxnalashtirishda dekoratsiyalari ixcham bo‘lishi kerak. To‘siqda jihozlar qancha kam bo‘lsa shuncha yaxshi, chunki qo‘g‘irchoqlar harakati va ijrochilari uchun erkinlik va osonlik tug‘iladi.
Qo‘g‘irchoq spektaklini saxnalashtirishda musiqasiz tasavvur qilish qiyin, musiqa parda ochilganda, yopilganda, ko‘rinish o‘rtasida, sahna o‘zgarishidagi bo‘shliqlarni to‘ldirib turadi, spektaklni mukammalashtiradi.