2. Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari. Tayanch tushunchalar



Yüklə 23,1 Kb.
səhifə1/6
tarix12.02.2023
ölçüsü23,1 Kb.
#83948
  1   2   3   4   5   6
114452 1 mavzu


1 mavzu Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida saxnalashtirish faoliyati
Reja:
1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
3. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari.

Tayanch tushunchalar: personaj, emotsional, ijodiy o‘yinlar, sahnalashtirilgan o‘yinlar, siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar, qurish-yasash o‘yinlari

1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi.
Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug’at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi.
Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Mazmunining g’oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko‘p bo‘lsa, asar shuncha ahamiyatlidir).
4. Mazmuni yaxshi bo‘lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko‘p bo‘lishi.
5. Ifodali o‘qishga mos bo‘lishi.
6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog’langan bo‘lmo g’i zarur.
Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko‘radilar. Masalan, «Sholg’om», «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g’irsoq» va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda (qo‘g’irchoq, soya, soya teatri orqali) sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta qo‘yib berish, sahnada ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g’ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o‘yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. o‘yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag’batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar.
Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarning roli kattadir. Pedagoglardan Z.V. Lishtvan, V.G. Nechaeva o‘z tadqiqotlarida qurish-yasash o‘yinlarining o‘ziga xos tomonlari va ahamiyatini yoritib berganlar. Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar kabi turli ko‘rinishdagi ko‘rgazmali qo‘llanmalarni chop etmoqdalar.

Yüklə 23,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin