Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarlan iborat?
2. Adabiy asarlarni tanlashga qo‘yiladagigan talablarni bilasizmi?
3. Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarda qaysi sifatlarni tarbiyalashda yordam beradi?
4. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlashda nimalarga rioya qilish kerak:
5. Sahnalashtirish ishini qanday bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish mumkin?
6. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullarini aytib bering.
Maktabgacha ta'lim muassasasalarda qo‘g‘irchoq teatrini saxnalashtirish.
Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Maktabgacha ta'lim muassalarida katta spektakllarni qo‘yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o‘zlarining o‘yinchoqlari yordamida qo‘yish mumkin. Bu kichik ko‘rinishlarning har biri ham bolalarda katta taassurot uyg‘otadi va bayram ertaklariga ko‘tarinki rux baxsh etadi. Har qanday badiiy asar qo‘g‘irchoq teatri orqali ko‘rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo‘ladi
Qo‘g‘irchoqlar turlari Qo‘lqopli qo‘g‘irchoq turi.
Trossli qo‘g‘irchoq turi (simli).
Iplar yordamida (marionetka) boshqaradigan qo‘g‘irchoq turi.
Ochiq usulda boshqariladigan (planshetli) qo‘g‘irchoq turi.
6. Niqob (maska) bilan ishlanadigan qo‘g‘irchoq.
Qo‘g‘irchoqlarni o‘ynatishda qo‘l harakati. Qo‘g‘irchoq teatri aktyori uchun eng zarur bo‘lgan yo‘nalish bu uning qo‘l harakatchanligidir. Xaqiqatdan ham inson xatti-harakatining eng faol ijrochisi bo‘lgan qo‘l qo‘g‘irchoq teatrida o‘zining mo‘jizakorligi, sehrgarlik kuchini yanada yaqqol namoyon qiladi. Drammaturg asaridagi qiyofalar musavvir va qo‘g‘irchoq ustasining ijodiy ko‘magida dunyoga kelgan qahramonlar qo‘g‘irchoq teatri aktyori qo‘li bilan jonlanib, mantiqli, maqsadli hatti-harakatga moyil qilinadi. Bu o‘z o‘rnida qo‘g‘irchoq teatri aktyoridan qo‘llarining naqadar harakatchan, chiniqqan, chidamli bo‘lishini taqozo etadi. Shuning uchun qo‘g‘irchoqlarni katta mahorat bilan boshqarib, turli mantiqli hatti-harakatlar sodir qilish bilan birga, qo‘l yalang‘och holda, qo‘lqopli holatda yoki dumaloqcha kiygan holatda turli harakatlarni amalga oshirib, turfa obrazlar yaratadi va boy imkoniyatlarini namoyon etadi. Demak, qo‘g‘irchoq teatri aktyorning qo‘l harakatchanligi cheksiz imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak.