2. Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari. Tayanch tushunchalar


Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari



Yüklə 23,1 Kb.
səhifə3/6
tarix12.02.2023
ölçüsü23,1 Kb.
#83948
1   2   3   4   5   6
114452 1 mavzu

3. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg’om», «Bo‘g’irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qanday asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg’usi sahnalashtiriladigan o‘yinlar jonlantiriladi.

Non isi
Alisher Navoiy
Sahnada saroy ko‘rinishi tasvirlanadi. «Non isi» rivoyatini sahnalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar hozirlanadi. Ishtirokchilarning barchasi o‘z o‘rnini egallaydi.
- Bir kuni podshox Husayn Boyqaro o‘z huzuriga vazirlarini chaqiribdi. Dunyodagi eng xushbo‘y narsani keltiring!
O‘ng qo‘l vaziri bir dasta atirgul keltiribdi.
Vazir: - Mana shoxim.
Shoh: - Yo‘q, men aytgan narsa bu emas.
Chap qo‘l vaziri qalampirmunchoq keltiribdi.
Vazir: - Mana, shoxim, marhamat.
Shox: - Yo‘q. Men aytgan narsa bu emas. Sizlarga uch kun muhlat: topsalaringiz – topdingiz, topmasalaringiz, hammangizni jazolaymen!
Vazirlar nima qilishlarini bilmay, rosa boshlari qotibdi. O‘ylay-o‘ylay, Alisher Navoiyning huzuriga borib, maslahat so‘rashga qaror qilishibdi.
- Assalomu-alaykum, taxsir.
- Vaalaykum assalom. Kelinglar, xush ko‘rdik, marhamat.
Vazir: - Ey, mehribon ustoz! Bizni jazodan qutqaring. Shoximiz dunyoda eng xushbo‘y isli narsani keltirishimizni buyurib edilar. Shuni hech topa olmayapmiz. Panoxingizga oling.
Navoiy: - Bu jumboqni ochadurg’on kishi – Dehqon bobodur. Qani, yuringlar-chi, so‘raymiz.
Hammalari birgalashib, Dehqon bobo huzuriga boribdilar.
Dehqon: - Otam rahmatli tandirdan yangi uzilgan non isidan hushbo‘yroq narsa yo‘q, deguvchi edilar. Yangi yopilgan non olib boringlar-chi, shoxga ma’qul kelsa, ajabmas.
Navoiy yangi uzilgan nonni savatga solib, shox huzuriga kiribdi.
Navoiy: - Mana, shohim. Dunyoda hushbo‘y hidli narsa – tandirdan yangi uzilgan nondir.
Shox: - Rahmat, do‘stim, ko‘nglim istagan narsani siz topib keltiribsiz.
Navoiy: - Shoxim, rahmatni menga emas, Dehqon boboga ayting, ko‘nglingizning istagini shu kishi topdi.
Shox chapak chalib, mulozimlarini chaqiribdi.
Shox: - Dehqonga sarpo kiydiring!
Shox xazinaboni dehqonga sarpo kiydiribdi.
Dehqon: - Qulluq, shoxim, qulluq.


Yüklə 23,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin