4. Yuza va uning o‘lchov birliklari
Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash tushunchasini
kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 4-sinfda o‘rganiladi. Yuza
haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik ishi 1-2-sinflardayoq
boshlanadi.
Bosma aosdagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat darslarida
qog‘ozdan figuralar qirqib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani
tekislikning yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi sifatida qabul qilinishiga
imkon beradi. Bolalar ko‘pincha yuzani o‘lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash
bilan aralashtirib yuboradilar. “To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini o‘lchash nima?” olgan savolga
ko‘pincha bolalar “ bu uning bo‘yini va enini o‘lchab ularni ko‘paytirish ” deb javob
beradilar. Biroq to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuza birligi (sm
2
,
m
2
) necha marta joylashgan ekanini aniqlash demakdir. O‘qituvchi bolalarni yuza
tushunchasi va yuza atamasi bilan tanishtirishda amaliy ishdan foydalaniladi: stollar,
partalar, kitob va daftarlar, turli figuralar sirti, yuzasi birligini, ularni matematikada
“yuza” (yuz) deb atalishini suhbat mobaynida tushuntiradi. (17 rasm)
Umumlashtirish. Biz figuralar va narsalarning yangi hossasi-yuzasi bilan tanishdik.
Yuza figura qanday joy egallaganini ko‘rsatadi. Yuza-bu miqdordir, chunki u bo‘yicha
figuralarni taqqoslash mumkin.
Yuza o‘lchov birligi kvadrat santimetr bilan tanishtiruvchi dars fragmenti
(parchasi)ni keltiramiz. O‘qituvchi. Biz narsalarning bir necha hossalarini va ularni
ifodalaydigan miqdorlarni bilamiz (uzunlik, massa, sig‘im).
To‘g‘ri chiziq kesmasi uzunlikka ega to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doira,
bayroqcha esa yuzaga ega. Yuzalarni o‘lchash uchun katakchalarga bo‘lingan paletkadan
foydalanamiz.
Agar paletkaning har bir katagi tomoni 1 sm dan bo‘lgan kvadrat bo‘lsa, yoki 4 ta
daftar katakchasini o‘z ichiga olsa, uni 1 kvadrat santimetr deyiladi. (18 rasm).
1 kvadrat
santimetr
18 rasm
O‘quvchilar bilan frontal ish tashkil etiladi. Ularga orqa tomonlari
katakchalarga bo‘lingan quyidagi shakllar tarqatiladi ( 18 rasm)
Topshiriq. Paletka yordamida (18 rasmdagi) quyidagi figuralar yuzalarini
o‘lchang. Ustma-ust tushadigan figuralar teng figuralar, ustma-ust tushmaydigan
figuralar (yuzalari teng) tengdosh figuralar deyiladi
1
2
1
2
3 3
18 rasm
Yuqoridagi I va II varianlardagi 1-figuralar teng , 2-figuralar tengdosh, 3-
figuralar teng ham emas, tengdosh ham emas.
So‘ngra kvadrat detsimetr bilan tanishtiriladi. Buning uchun 10x10 (kvadrat
santimetr) li taxtachadan foydalanamiz, u 100 ta 1 kv – sm li kataklarga ega. Uning
tomonlari 10 sm =1 dan bo‘lgani uchun uni 1 kvadrat detsimetr deyiladi.
1 dm
2
10 · 10 = 100 sm
2
Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidan munosabat ham shu tariqa
o‘rnatiladi.
1m
2
= 100 dm
2
. 1m
2
= 100 sm
2
· 100 = 10000 sm2
Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidagi munosabat ham shu tariqa
o‘rgatiladi.
1m
2
= 100 dm
2
. 1m
2
= 100 sm
2
- 100 = 10000 sm2
Eng so‘ngi bosqichda to‘g‘ri to‘rtburchak yuzasini topish o‘rganiladi. To‘g‘ri
to‘rtburchakning yuzini topish uchun uning tomonlari (bo‘yi va eni) ni o‘lchab, ularni
ko‘paytiramiz. ( 19 rasm).
19-rasm
Yuza birligini kiritishga tayyorgarlik davrida beriladigan topshiriqlar quyidagicha
bo‘lishi mumkin
5
.
1.Quyidagi figuralar yuzalarini taqqoslang.
Bu ishni ular bo‘lingan kvadratchalar sonini sanash orqali amalga oshirish mumkin.(
20-rasm )
20-rasm
5
Bikboyeva N.U. va boshqalar. ”Matematika” 3-sinf uchun darslik Toshkent: O`qituvchi” -2003 yil
21-rasm
SHu figuralar yuzalarini taqqosla. Buning uchun shu figuralar qancha
kvadratdan iborat ekanini aniqlang.
1 sm
2
– yuza birligi kiritilgandan keyin beriladigan topshiriqlar
quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1.Uzunligi 5 sm va eni 1 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat santimetrlarga 22 –
rasmda ko‘rilgandek bshlgan. Nechta kvadrat santimetr hosil bo‘ldi. Bu to‘g‘ri
to‘rtburchak yuzi 5 sm
22-rasm
Dostları ilə paylaş: |