2-seminar mavzusi: Boshlang`ich sinflarda asosiy miqdorlarni o’rgatish metodikasi. Uzunlik va yuza o’lchov birliklarini o`rgatishga doir topshiriqlar. Massa va sig’im o’lchov birliklarini o`rgatishga doir amaliy turdagi misol va masalalarni



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix25.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#89768
  1   2   3   4   5   6   7   8


2-seminar mavzusi: Boshlang`ich sinflarda asosiy miqdorlarni o’rgatish 
metodikasi. Uzunlik va yuza o’lchov birliklarini o`rgatishga doir topshiriqlar. 
Massa va sig’im o’lchov birliklarini o`rgatishga doir amaliy turdagi misol va 
masalalarni bajarish. Vaqt o’lchov birliklarini o`rgatish metodikasi. 
BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKASIDA VAQT TUSHUNCHASINI 
O`RGATISH
REJA: 
Kirish
 
1. Vatq tushunchasini o‘rgatish metodikasi. 
Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning umumiy metodikasi. 
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish
metodikasi. 
3. Uzunlik va uning o‘lchov birliklari.
4. Yuza va uning o‘lchov birliklari. 
5. Hajm (sig‘im) va uning o‘lchov birliklari 
Xulosa 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 


 
Kirish 
Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli 
miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin 
emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan. 
Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki 
hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga 
ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega. 
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning
vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. 
Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan
xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak 
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida 
dastlabki tasavvurlar beriladi. 
Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud 
bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish
miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu 
uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul 
qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun 
umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.
Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rganish bo‘yicha darsni tashkil etish rejasi 
taxminan quydagi bosqichlardan iborat. 



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin