Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuv- chilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbir- lari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida amalga .oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.